Fizika fanidan sinfdan va darsdan tashqari ishlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi. Reja
Download 26.66 Kb.
|
1 2
Bog'liqsBLncNaTEEWKFHQ8c6xcNtsbCCUMyJGuddV4LjF2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fizik tanlovlar va masofaviy ta’lim internet resurslari.
Fizika fanidan sinfdan va darsdan tashqari ishlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi. Reja: Fizik tanlovlar va masofaviy ta’lim internet resurslari. Fizikadan olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish Fizika fanidan olimpiada masalalaridan namunalar Tayanch so’zlar: Fizik tanlovlar, masofaviy ta’lim internet resurslari, fizikadan olimpiadalar, fizik masala, mexanika, elektr. Annotatsiya Ushbu mavzuda Fizikadan olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish bo’yicha yo’riqnoma bayon etilgan. Shu bilan birga fizikadan fan olimpiadalari bir nechta masalalarining yeshilishlari keltirilgan Fizik tanlovlar va masofaviy ta’lim internet resurslari. Respublikamizda tashkil qilingan www.sobo.uz saytidagi onlayn tanlov. “Kvant” (Rossiya), “Matematika, fizika va informatika” ilmiy ommabop jurnallari sahifalarida. Ta’lim-tarbiya ham shunga hamohang bo’lmog’i kerak. Aks holda, farzandlarimiz - yoshlarimiz yangi davrga mos hayotiy mo’ljallarini belgilashda chalg’ishi, jadal rivojlanayotgan axborot makonida o’zlariga kerakli manzilni topolmay adashishi hech gap emas. Tobora hal etuvchi kuchga aylanib borayotgan yoshlar ta’lim-tarbiyasi masalasi o’qituvchi-pedagog zimmasiga yuklatilgan bo’lib, aynan o’qituvchi o’quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o’z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog’lom raqobat ko’nikmalarini shakllantiradi. Shuni ta’kidlash joizki, maktabda sinfdan tashqari ishlar qanchalik yaxshi tashkil etilsa, o’quvchilar faolligi shunchalik oshib boradi, ular mustaqil fikrlashga o’rganadilar, eng muhimi u yoki bu fanga qiziqishlari ortadi, ayniqsa iqtidorli o’g’il-qizlar birin-ketin ko’zga tashlana boradilar. Bu, o’z navbatida iqtidorli bolalarni aniqlash va ular bilan alohida ish olib borishda o’qituvchiga katta yordam beradi. Fizikadan olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish ham sinfdan tashqari ishlardan biri hamda muhimi hisoblanadi. Birinchi marta fan olimpiadasini o’tkazish XX asrning 60-yillarida boshlanib fizikamatematika fani xissasiga to’g’ri kelgan. Bu ish o’zini oqlagandan keyin sekin-asta boshqa fanlardan ham olimpiadalar o’tkazila boshlandi. Olimpiadalar bir necha bosqichdan iborat bo’lib, avval maktab litseyda so’ng tuman miqyosida keyin shahar yoki viloyat miqyosida, so’ngra respublika miqyosida va nihoyat xalqaro miqyosda o’tkaziladigan bo’ldi. Olimpiada o’tkazilishidan avval o’quvchilar bilimini baholash uchun hay’at a’zolari tayinlanadi. Olimpiada vaqtida o’quvchilar bilimini hay’at a’zolari bir necha usullar bilan sinab ko’radi. I navbatda masalalar yechish orqali, II navbatda amaliy tayyorgarligini kuzatish maqsadida laboratoriya ishlarini bajarish hamda tushuntirib berishlari orqali va nihoyat test savollariga javob berish orqali sinab ko’riladi. Har bir holat uchun alohadi-alohida ball qo’yib boriladi, natijada qaysi o’quvchi ko’proq ball to’plagan bo’lsa, shu o’quvchi g’olib deb tanlanadi. O’rinlar shu asosda ketma-ket taqsimlanadi. Fizikadan olimpiadaga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish ham o’qituvchidan katta ma’suliyat, mehnatni talab qiladi. O’qituvchi avval parallel bir necha sinfdan fizikadan bilimi chuqur bo’lgan bir necha o’quvchini ajratib oladi, ya’ni 7-sinfdan, 8-sinfdan, 9-sinfdan, 10sinfdan, 11-sinfdan fizikaga qiziqqan bir necha o’quvchini ajratib oladi. Har bir sinf o’quvchilariga alohida-alohida ko’rsatmalar beradi, tushunmagan mavzularini tushuntirib beradi, uyga topshiriqlar beradi, xaftada, bir marta nazorat qiladi. O’zida bir bo’lgan fizikaga doir adabiyotlarni o’qib o’rganishlari uchun olib kelib beradi. O’quvchilar adabiyotlarni o’qib olimpiadaga tayyorgarlik ko’ra boshlaydilar. I tur olimpiada, ya’ni maktab miqyosida olimpiada o’tkazish muddati I chorak oxiriga, ya’ni 4-10 noyabrlarda o’tkaziladi. Bunda maktab fizika o’qituvchilaridan biri hay’at raisi bo’ladi. Rais boshchiligida olimpiada uchun masalalar tanlanadi. Qaysi kuni olimpiada o’tkazilishi e’lonlar doskasiga yozib qo’yiladi. O’quvchilarni bir sinfga yig’ib, o’qiydigan sinfiga qarab variantlar tarqatiladi. Ma’lum muddatdan keyin ishlar yig’ib olinadi. Ishlarni fizika o’qituvchilari tekshirib avvaldan kelishilgan shartga asosan ballar qo’yiladi. Eng yuqori ball olgan o’quvchilar ismi, shariflari va ishlari maktab rahbari buyrug’i asosida tuman olimpiadasiga yuboriladi. G’olib o’quvchi bilan o’qituvchi yanada jiddiyroq tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Tuman olimpiadalarini o’tkazish yanvar oylariga to’g’ri keladi. Bu yerda olimpiada ikki turda nazariy va amaliy bilimlarini sinash orqali o’tkaziladi. So’ngra shu asosda viloyat va respublika olimpiadalari o’tkaziladi. Respublika olimpiadalarida umumiy to’plangan ball barcha ballarning 75 % ortiq ball to’plagan o’quvchilarga o’rin beriladi va xalqaro olimpiadada qatnashish tavsiya etiladi. 1-masala Uzunligi l=50m, balandligi h=10m boʻlgan qiya tekislikdan m=60kg massali chana arqon bilan tushirilmoqda. Agar tepalikning etagida chana tezlikka erishsa va ishqalanish koeffisiyenti μ=0,1 ga teng boʻlsa, arqonning T taranglik kuchi topilsin. Berilgan: l=50m h=10m m=60kg μ=0,1 Topish kerak: T=? Yechilishi: Chanaga ta’sir qiluvchi kuchlar P=mg ogʻirlik kuchi, -chanani pastga sudrovchi kuch va -ishqalanish kuchlari. Chananing qiya tekislik boʻylab harakati uchun Nyutonning ikkinchi qonunini quyidagi koʻrinishda yozish mumkin: yoki bunda P=mg va kinematik munosabatdan tezlanish ga teng boʻladi. Demak, Arqonning taranglik kuchi T=44,1 N ga teng. 2. Idishda 10-7 mol kislorod va 10-6 gr azot gazi bor. Aralashma temperaturasi 1000C va bosimi 13,3·10-2 Pa boʻlsa, idish xajmi, kislorod va azotning porsial bosimlari hamda idishning 1sm3 hajmdagi molekulalar soni topilsin.
3-masala. Har bir uchiga musbat 2·10-9 C zaryad joylashtirilgan kvadratning markaziga qanday miqdordagi manfiy zaryad joylshtirilsa, zaryadlar sistemasi muvozanatda boʻladi? Download 26.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling