Fizika fanidan virtual laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy
Download 0.56 Mb.
|
3-virtual lab (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent‐2013
- LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA TALABALARNING VAZIFALARI
O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TЕLЕKOMMUNIKATSIYA TЕXNOLOGIYALARI DAVLAT QO’MITASI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Fizika kafedrasi FIZIKA FANIDAN VIRTUAL LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO`LLANMA Toshkent‐2013 1 Ushbu qo’llanmada fizika fanining “Mexanika”, “Elektr va magnetizm”, “Molekulyar fizika”, “Optika”, “Kvant optikasi”, “Atom fizikasi” bo’limlari bo’yicha virtual laboratoriya ishlarini bajarishga oid uslubiy ko’rsatmalar keltirilgan. Bu qo’llanma fizika fani bo’yicha “Informatika va axborot texnologiyasi”, “Telekommunikatsiya”, “Radiotexnika”, “Televideniye, radioaloqa va radio‐ eshittirish”, “Axborot xavfsizligi”, “Elektron tijorat”, “Pochta xizmati”, hamda “Kasb ta’limi” yo’nalishlari bo’yicha birinchi bosqich bakalavrlari uchun ishlab chiqilgan ishchi dasturga mos ravishda tayyorlangan. Unda talabalar o’zlashtirgan nazariy bilimlarni tekshirish uchun nazorat savollari va zaruriy adabiyotlar ro’yxati berilgan. LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA TALABALARNING VAZIFALARI Fizika fanidan laboratoriya ishlarini bajarishdan maqsad talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, fizika qonunlarini kundalik turmushda hamda ishlab chiqarishda qo‘llay bilishlariga zamin tayyorlash, amaliy ko‘nikma va o‘lchash malakalarini hosil qilishdan iborat. Shuning uchun ham barcha talabalar fizikadan laboratoriya ishlarini bajarishlari zarur! Laboratoriya ishlarini to‘liq bajarib, o‘qituvchiga hisobot bergan talabalargina fizikadan nazariy kurs bo‘yicha oraliq va yakuniy nazoratga qo‘yiladilar. Laboratoriya ishlarini bajarishda quyidagi qoidalarga rioya qilish shart! Laboratoriya ishlari uchun alohida daftar tutish zarur. Talaba laboratoriya darslariga kech qolmasdan, bajaradigan ishga tayyorlangan holda kelishi shart! Talaba bajariladigan ish bo‘yicha o‘qituvchi bilan suhbatlashgandan so‘ng, ruxsat berilsa, laborantdan kerakli asboblarni olib, ish bilan mukammal tanishib chiqadi. Suhbat vaqtida ishning maqsadini va bajarish tartibini bilmagan talaba ish bajarishga qo‘yilmaydi. Tuzilgan elektr zanjir tok manbaiga faqat o‘qituvchi yoki laborant ishtirokida ulanadi. Ishni bajarish vaqtida talabalar tinchlikni saqlashi va ish joyini tashlab ketmasligi kerak, zanjirni tok manbaiga ulangan holda qoldirish mumkin emas. Ishni bajarib bo‘lgandan so‘ng zanjir tokdan uziladi. Olingan ma’lumotlarning bittasi asosida aniqlanishi kerak bo‘lgan kattalik hisoblanadi. Natijalar o‘qituvchiga ko‘rsatiladi va qo‘l qo‘ydirib olinadi. Olingan asboblarini laborantga topshiriladi. Bajarilgan ishlar bo‘yicha o‘qituvchiga hisobot beriladi. Kelgusi darsga vazifa olinadi. Agar dars oxirigacha biroz vaqt qolsa, talabalar mustaqil shug‘ullanadilar. 3
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling