Qashqadaryo viloyati Koson tumani XTBga qarashli 9-umumiy o’rta ta’lim maktabining Fizika fani o’qituvchisi Ruzimurodova Zeboning “Yarimo’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchanlik. Aralashmali o’tkazuvchanlik” mavzusida dars ishlanmasi Ta’limiy maqsad: O’quvchilarda yarimo’tkazgichlar, yarimo’tkazgichlarning tuzilishi, electron o’tkazuvchanlik, kovakli o’tkazuvchanlik, xususiy o’tkazuvchanlik, aralashmali o’tkazuvchanlikni tushuntirishda bilim, ko’nikma , malaka hosil qilish; Tarbiyaviy maqsad: Yarimo’tkazgichlarning tabiatdagi ahamiyatini tushuntirish; Tez va aniq fikrlashga o`rganish . Aqliy tafakkurni o`stirish, o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirish. o‘rganish orqali o‘quvchilarda mehnatsevarlik, ijodkorlik, o‘ziga ishonch, jamoaga hurmat, o‘zaro yordam hissiyotlarini tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad: yarimo’tkazgichlardan texnikada foydalanish usullarini tushuntirish; Mantiqiy va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish, umumlashtirish va xulosalar chiqara olish, hodisaning mohiyatini anglab yetish, kuzatuvchanlik, diqqatni to‘plash, solishtira olish kabi hislatlarini rivojlantirish. Darsning vazifasi: Barcha o’quvchilarni dars jarayonida faol ishtirokini ta’minlash, maqsadga erishishning samarali metod va usullardan foydalanish, kasbga yo’naltirish, Kompetentlikni shakllantiruvchi maqsad: axborot bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish; Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish kompetensiyalarini shakllantirish
Darsning maqsad:
“Domino metodi”, “Bo’mirang texnologiyasi”,Formulalarni shifrlash”, “Tezkor savol-javob ” Darsning jihozi: Didaktik jihozlar: tarqatma materiallar, darslik 10 N.SH. Turdiyev, Mendeleyev jadvali, Fizika bukleti Texnik vositalar: Kompyuter, ekrah, videoproyektor, taqdimot.
Darsning metodlari:
Darsning shiori: “Inson aql chirog’i, qolaversa butun koinot ko’zining nuridir.” Ibn Sino “Oltin qoidalar” 1. O`zaro hurmat 2. O`zgalar fikrini hurmat qilish 3. Erkin fikrlash 4. Intizomlilik 5. Topqirlik 6. Hozirjavoblik
Do'stlaringiz bilan baham: |