Fizika I (laboratoriyadan) 212-20 a guruhi uchun 3-topshiriq talabalarga izoh


Download 19.8 Kb.
bet1/2
Sana12.12.2021
Hajmi19.8 Kb.
#180119
  1   2
Bog'liq
Fizika (Laboratoriya 212-20 A


FIZIKA I (LABORATORIYADAN) 212-20 A GURUHI UCHUN 3-TOPSHIRIQ
Talabalarga izoh: Quyidagi jadvalda oflayn va onlayn topshiriqlar uchun baholash mezonlari keltirilgan. Oflayn topshiriqlar dars davomida talaba tomonidan bajariladi. Onlayn topshiriqlar masofaviy taʻlimda bajarish imkoniyati yoʻqligi uchun, hisoblash ishlari va jadval toʻldirilmaydi. Talaba uning oʻrniga laboratoriya ishidagi mavjud formulalardagi kattaliklar va o‘lchov birliklarini nomini yozma ravishda to‘liq yozishi kerak boʻladi. Talaba oflayn shaklda oʻqiyotgan boʻlsa, oflayn topshiriqlarni baholash mezonlari asosida, agar talaba onlayn shaklda oʻqiyotgan boʻlsa, onlayn topshiriqlarni baholash mezonlari asosida ballanadi.Quyidagi jadvalda topshiriq mavzulari keltirilgan. Talabalarning familiya va ismi qaysi mavzu topshirigʻiga biriktirilgan bo‘lsa, shu topshiriqni bajarishi kerak. Talaba boshqa mavzuni bajarsa ballanmaydi. Topshiriq daftarga yoki A4 varag‘iga yozilishi kerak. Topshiriq qo‘lyozma, kompʼyuter yoki taqdimot shaklida tayyorlanishi mumkin. Topshiriqning ustida titul varag‘i va unda barcha ma‘lumotlar bo‘lishi zarur. Talaba titul varagʻi ustiga oflayn shaklda oʻqiyotgan boʻlsa oflayn topshiriq, agar talaba onlayn shaklda oʻqiyotgan boʻlsa onlayn topshiriq deb yozib qoʻyishi kerak. Talaba topshiriqni tizimga yuklashdan oldin o‘zi tayyorlagan topshiriq faylini ochilishini tekshirib ko‘rishi lozim. Talaba tomonidan tizimga yuklangan topshiriq fayli ochilmasa, o‘qituvchi ball qo‘yishga kafolat bermaydi.

Eslatma: Talabalar topshiriqni o‘zlari mustaqil o‘zlashtirishlari va tayyorlashlari zarur, bir-biridan ko‘chirishlari kuzatilganda ko‘chirgan va ko‘chirishga imkon beruvchilar ballanmaydi.

Download 19.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling