Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
O`lchashlar va natijalar ustida ishlash
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
O`lchashlar va natijalar ustida ishlash. Rasm 4. Vol'fram tolali Vol'fram tolali (spiralli) lampa 4 - rasmda ko`rsatilgan elektr zanjiriga ulanadi. Optik pirometr o`lchashlar o`tkazish uchun tayyorlanadi. Buning uchun quyidagilar bajariladi: a) Pribor strelkasi "nol" xolatga keltiriladi; b) Kalit K ning ochiq holatida r xalka chapga oxirigacha buralib, pirometr reostati R to`la qarshilikka qo`yiladi; v) Pirometr o`tkazgichlari B batareya qutblariga ulanadi; g) Oq okulyar, tubusi siljitilib etalon lampa L tolasining aniq tasviri hosil qilinadi. Tekshirilayotgan lampaga o`qituvchi kursatmasiga binoan ma'lum kuchlanish beriladi. Pirometrning Oδ oby`ektivini qizdirilgan lampa spiraliga yo`naltirib va ob`ektiv tubusini siljitib spiralning aniq tasviri hosil qilinadi. Bu tasvir pirometr tolasi tekisligida yotgan bo`lishi kerak. Okulyar oldida ko`zni biroz siljitib, bu shartni bajarilishni tekshirish mumkin. Agar bunda tola proeksiyasi spiral tasviriga nisbatan siljimasa u –to`gri o`rnatilgan hisoblanadi. Vol'fram spirali ravshanlik temperaturasi o`lchanadi buning uchun I reostat xalqasini aylantirish yo`li bilan etalon lampa tolasining razshanligi shu qadar o`zgartiriladiki, pirometr lampasining tolasi yoyining yuqori qismi qizdirilgan to`g`ri burchakli spiral fonida ko`rinmay qolsin. Shu xolatda shkalasidan temperaturasi (ta 0, C ) yozib olinadi. Bu temperatura absolyut -temperatura shkalasiga o`tkazilib ( T ya =t ya + 2730 ), 3-rasmdan foydalanib, xaqiqiy temperatura aniqlanadi. So`ngra I - rasmdan foydalanib aniq temperatura uchun at koeffitsenti aniqlanadi. T, a T , I va uning tajribada o`lchanilgan qiymatlarini (4) foromulaga qo`yib δ~ hisoblanadi. O`chashlar kuchlanishning turli qiymatlarida 5-6 marta takrorlandi. Bunda lampadagi tok kuchi 3,5 A dan to 5 A gacha o`zgartiriladi. O`lchashlar va hisoblar natijasida T, aT, I , T ya , U, δ ning olingan qiymatlari jadvalga yoziladi hamda absolyut va nisbiy xatoliklar hisoblanadi. NAZORAT SAVOLLAR: 1. Issiqlik nurlanishining muvozanatlik xossasini tushuntiring. 2.Issiqlik nurlanishinlng asosiy qonunlarini ta`riflang va tushuntiring. 3. Absolyut :qora jism nurlanish spektridagi energiya taqsimoti (Vin qonuni, Reley - Djins formulasi, Plank formulasi) xaqida gapirib bering. 4. Yo`qolib boruvchi tolali optikaviy pirometrning tuzilishi va ishlash prinsipi qanday? Adabiyotlar / 2,3,4 /. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling