Fizika-matematika fakulteti “fizika o’qitish metodikasi’’


Download 215.72 Kb.
bet5/5
Sana08.05.2023
Hajmi215.72 Kb.
#1445356
1   2   3   4   5
Bog'liq
metodika DILNURA

Rolli o‘yinlar metodi

,,Rolli o’yinlar “ metodi - o’quvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har- xil shart-sharoitlarini sahnalashtirib berish orqli ko’rsatib beruvchi metoddir .


,, Rolli o’yinlar “ metodida o’quvchilar o’qituvchi tomonidan ishlab chiqilgan senariydagi rollarni ijro kifoyalanishsa , ,,Ishbop o’yin” metodida rol ijro etuvchilar ma’lum vaziyatda qanday vazifalarni bajarish lozimligini o’zlari hal qilishadi .
Rolli o’yinda ham ishbop o’yin kabi muammoni yechish bo’ycha ishtirok-chilarning birgalikda faol ish olib borishlari yo’lga qo’yilgan .Rolli o’yinlar o’quvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi .
Rolli o’yinlar o’quv jarayonida o’quvchilarda mativatsiyani shakllantirishga yordam beradi . Quyida ,, Rolli o’yin “ metodining tuzilmasi keltirilgan (4- chizma ) .


Xulosa
Prezident Sh. Mirziyoyev o’z maruzalarida axborot - kommunikatsiya texnalogiyalarni rivojlantirish uchun qulay shart- sharoit yaratish va shu orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish muhimligini bir necha bor ta’kidlagan. Iqtisodiyot, konsalting va boshqa yo‘nalishlar masalalarining innovatsion yechimlari uchun yuqori texnologiyalar zarur bo‘ladi.

Ushbu texnologiyalarning rivojlanishida fizika muhim rol o‘ynaydi. “Fizikani qanday o‘qitish kerak?” maqolasida akademiklar R. Sagdeyev, V. Fabrikant, L. Gribov, S. Kapitsa shunday yozadi: “Fizikaning o‘zi fan sifatida kuchli matematik apparatga tayanib, nisbatan kam sonli tajriba prinsiplari asosida har qanday bilim sohasi uchun intilishi kerak bo‘lgan narsani namoyish etadi. Siz mantiqiy ravishda juda ko‘p oqibatlarni chiqarib tashlashingiz va dastlabki ma’lumotlardan yakuniy natijani aniq bashorat qilishingiz mumkin. Fizika kursini izchil o‘rganish, boshqa fanlarda ham juda samarali bo‘lgan fikrlash, intuitsiya, mantiqiy usulni rivojlantiradi”(“Izvestiya”,1975,30-sentabr).

Maqolada 45 yil oldin aytilgan masalalar hozirgi kun uchun ham dolzarb. Unda ko‘tarilgan g‘oyalar zamonaviy mutaxassislar tayyorlashda ham muhim ekanligiga e’tiborni qaratmoqchimiz. Maqolada texnika oliy o‘quv yurtlarida fizika kurslari o‘quv soatlarining kamayib ketishi masalasi ko‘tarilgan. Hozirgi vaqtda ham texnika oliy o‘quv yurtlarida fizikaga ajratilgan soatlar miqdorini oshirish masalasi ko‘tarildi.


XXI asr nanotexnologiyalarni sanoatda qo‘llash asri deb tan olingan. Shu bilan birga, nanotexnologiyani qo‘llash samaradorligida asosiy rol funksional materiallar va ularga asoslangan mahsulotlar zimmasiga yuklangan. XXI asrda magnit materiallari axborot texnologiyalari, elektron asboblar, ekologik toza, energiya tejamkor texnologiyalar, shuningdek, texnikalarning eng so‘nggi yutuqlarini ta’minlaydi.
Fizikaning qo‘llanilishiga misollarni yana juda ko’p davom ettirish mumkin. Texnika oliy o‘quv yurtlarida yuqori sifatli, kompetentli va yuqori texnologiyali mutaxassislarni tayyorlash uchun o‘quv dasturiga: magnitostrukturaviy tahlil, magnit defektoskopiya, kvant texnologiyasi, mikromagnetizm, nanotexnologiya, robototexnika asoslari fanlarini kiritish zarur deb hisoblaymiz. Bu esa raqamli iqtisodiyot uchun fizik, texnologik, kvant kompyuter texnologiyalarini egallagan, zamon talabiga javob beradigan muta­xassislar tayyorlash imkonini beradi.

Buning uchun avvalo fizikadan oliy texnika o‘quv yurtlaridagi mavjud kamchiliklarni hal etish kerak. Fizikadan dars soatlari kamayib ketgan, buni tuzatish lozim.



Foydalanilayotgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni 1-ilovasi https://lex.uz/docs/-3107036


2. Sh.M.Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib - intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. - 104 b.
3.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni (23.09.2020 yil-dagi O’RQ-637-son). https://lex.uz/docs/-5013007
4.Mamadaliyev.B “Fizika o’qitish uslubiyoti” Qo’qon 2001.65-67 bet , 71-73 bet
5.Yusupov A. “Fizikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar” Toshkent. “O’qituvchi”—2002 yil 110 bet.
6. Azizxo’jayeva N.N. “O’qituvchi mutaxassisligiga tayyorlashtexnologiyasi”. - T. 2000. 56 bet.
7.Yo’ldoshev.J.F., Usmonov S.A “Pedagogik texnologiya asoslari”-Toshkent-“O’qituvchi”-2004 yil. 89 bet.
8. Ishmuhamedov R.J.. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. – T.2004.192 bet
9. Ag’zamov A., Yusupov A. “O’quvchilarga bilim berishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” Toshkent-“O’qituvchi”—2004 yil.123 bet.
10.Yusupov A., Qodirov M. “Fizika darslarida innavatsion pedagogik texnolgiya elementlarini qo’llash”. Andijon. 2004 yil.88- bet.

Foydalanilgan internet saytlari



  1. https://www.yenka.com/technology/

  2. http://www.virtulab.net/index.php?option=com_content&view=article&id=349:2009-08-22-11-55-36&catid=40:17-&Itemid=100

  3. https://phet.colorado.edu/en/simulations/projectile-motion

  4. http://www.hozir.org/pedagogik-va-axborot-texnologiyalarining-talim-jarayoniga-jori.html?page=2

  5. https://hozir.org/mavzu-kompyuterli-oqitishni-maqsadli-yonalishlari-reja.html

Download 215.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling