Fizika-matematika fakulteti informatika kafedrasi


Download 37.02 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi37.02 Kb.
#1010303
1   2   3   4
Bog'liq
4-KURS KURS ISHI MADINA

Yan Amos Komenskiy (1592.28.3, Janubiy Moraviya, Nivnitse — 1670.15.11, Amsterdam) — chex gumanist-pedagogi, zamonaviy oʻqitish jarayoni asoschisi. Yan Amos Komenskiy har bir bola taʼlim olishi lozimligini uqtiradi, umumtaʼlim deganda xotin qizlarning ham tahsil olishini koʻzdatutadi. Yan Amos Komenskiy fikricha, tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iborat boʻlib, uni aqliy, axloqiy va diniy tarbiya bilan amalga oshirish mumkin. U bolaga samarali pedagogik taʼsir koʻrsatish uchun yosh xususiyatini hisobga olish lozimligini taʼkidlaydi. Yan Amos Komenskiy bolalarning oʻqish yoshini ona maktabi (tugʻilgandan 6 yoshgacha), xalq, maktabi (6—12 yosh), gimnaziya (12—18 yosh), akademiya (18—24 yosh) kabi bosqichlarga boʻladi. Yan Amos Komenskiy pedagogikasi mohiyati oʻqitishni bola yoshi, bilim darajasi, ruhiy holatiga uygʻun holda tashkil etishdan iborat. Uning bu karashlari "Buyuk didaktika" asarida oʻz ifodasini topgan boʻlib, unda koʻrsatmalilik, onglilik, izchillik kabi didaktik tamoyillar ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilgan. Yan Amos Komenskiy jahon taʼlimi tarixida birinchi boʻlib taʼlimning sinf-dars tizimini ishlab chikdi, taʼlim beriladigan vaqtning davomiyligini, bilim oladigan oʻquvchilar sonini, yoshini belgiladi. Darsning rejalashtirish, maqsadga muvofiq olib borish, taʼlim beriladigan vaqtni oʻquv yili, choraqlar hamda oʻqish kunlariga ajratish yoʻllarini koʻrsatdi. Taʼtillar va ularning davomiyligi, kundalik va yillik oʻquv soatlari miqdorini belgilab berdi. Uning pedagogik karashlari hozirgi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgan emas.
Ya.A.Komenskiyning yangi ta`lim tizimi qisqa vaqt ichida barcha mamlakatlar ta`limidan o`rin oldi. Hozirgi davrda sinf-dars shakli ta`limni tashkil etishning asosiy shakli sifatida qo`llanmoqda.
Dars - bevosita o`qituvchi etakchiligida muayyan o`quvchilar guruhi bilan o`tkaziladigan o`quv mashg`ulotidir.
Dars - o’quv ishlarining markaziy qismidir. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan sinf - dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib borilmoqda:
1. Dars mashg’uloti asosan 45 minutga mo’ljallangan bo’lib, qat’iy jadval orqali olib boriladi.
2. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko’ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo’ladi.
3. Dars bevosita o’qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib borila di.
4. Dars o’tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma - xil usullar orqali olib boriladi. Ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib tashkil etiladi. Darsning asosiy belgilaridan biri ilmiylikdir. Darsda o`rganiladigan bilimlar hozirgi zamon fani yutuqlarini o`zida aks ettirishi, ta`lim jarayoni maqsadi hamda bolalarning real bilish imkoniyatlariga mos bo`lishi zarur. Dars ijodiy jarayon Dars-jamoa mehnati jarayoni. Darsni ijodiy tashkil etish, vaqtdan unumli foydalanish, mashg`ulotlarni o`z vaqtida o`tkazish bolalarda jamoa bo`lib ishlay olish ko`nikmalarini shakllantirish, o`zaro yordam va bolalar o`rtasida hamkorlik o`rnatish yo`llari bilan mashg`ulotlar jamoa mehnati jarayoniga aylantiriladi.
Dars ta`limning boshqa shakllaridan o`zining ichki va tashqi hususiyatlariga ko`ra ajralib turadi. Ma`lum yoshdagi va ma`lum tayyorgarlikka ega bo`lgan o`quvchilar guruhi, rejim, dars tartibi, mashg`ulotlarni ma`lum honada o`tkazish kabilar darsning tashqi hususiyatlari, darsning maqsadi, ta`lim mazmunini his qilish, qiziqish, anglash, tushunish uning ichki hususiyatlari sanaladi. Dars ana shu ikki hil tashqi va ichki hususiyatlarning o`zaro uyqunlashuvi asosida tashkil etiladi.
Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg’ulot o’qituvchining kundalik o’quv materiallarini tizimli bayon qilib berishni, xilma - xil usullardan foydalanishni, o’quvchilarning bilim va ko’nikma, malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi.


Download 37.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling