GRANT Komandasi
GRANT komandasining 4 formati mavjud bo‗lib, ulardan biri konkret
ob‘ekt ustidan, konkret foydalanuvchilarga konkret imtyozlar berish bo‗lib,
quyidagi ko‗rinishga ega:
GRANT privilege ON [creator.]tablename TO userid, ... [WITH GRANT
OPTION]
Bu erda
-privilege – tayinlanayotgan imtiyozlar ro‗yxati,
-tablename - jadval nomi,
-userid – imtyozlar olgan foydalanuvchilar ro‗yxati.
Masalan: GRANT SELECT, INSERT ON Orders TO Adrian, Diane;
Ma‘lum foydalanuvchilarga imtiyozlarni SQL Central da ikki usul bilan
tayinlash mumkin. Birinchidan Users & Groups papkasini tanlash va ma‘lum
foydalanuvchi xossalarini ro‗yxatdan chaqirish (sichqoncha o‗ng klavishchasini
bosish va menyu Properties punktini tanlash). So‗ngra Permissions qo‗shimcha
65
sahifasida kerakli jadvalni tanlab imtiyozni o‗rnatish. Ikkinchidan Tables yoki
Views papkasida ma‘lum jadval yoki tasavvur xossalar oynasini chaqirish, so‗ngra
Permissions qo‗shimcha sahifasiga o‗tish va GRANT tugmasi yordamida kerakli
foydalanuvchini tanlab, imtiyozni o‗rnatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |