Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi “Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor


Download 1.95 Mb.
bet22/81
Sana19.09.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1680986
TuriРеферат
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
Bog'liq
Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi “Tasdiq

JORIY BAHOLASh (JB)
JBda fanning har bir mavzusi bo’yicha talabaning bilimi va amaliy ko’nikmalarini aniqlab borish ko’zda tutiladi va u laboratoriya mashg’ulotlarida amalga oshiriladi. Baholashda talabaning bilim darajasi, mashg’ulot materiallarini o’zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv usullarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek amaliy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi (ya’ni nazariy va amaliy yondashuvlar) hisobga olinadi.
Joriy baholash bo’yicha nazorat 50 balli reyting tizimidagi aniq mezonlarga muvofiq gurux jurnaliga xar bir mashg’ulot uchun olgan ballari qo’yib boriladi. Talabalarning xar bir mashg’ulotda olgan maksimal ballari quyidagilardan tashkil topgan bo’ladi.
1. Mavzu bo’yicha talabani amaliy va nazariy tayyorgarlik natijasini tekshirish 2 ball.
2. Talabani amaliy ishni bajarish darajasi, xosil qilgan ko’nikmasi 2 ball.
3. Ma’ruza matnining mavjudligi 1 ball
Jami : 5,0 ball
JN da talabalarning mashg’ulotga tayyorgarlik darajasi og’zaki suxbat orqali tekshiriladi. Laboratoriya ishini bajarganligi va uning hisoblash natijalarini o’qituvchiga topshirganidan keyin baholanadi. Ko’nikma esa talabani ishni qanday bajarganligini so’rash orqali baholanadi. Agar talabada ma’ruza matni bo’lmasa yoki ma’ruzaga qatnashmagan bo’lsa, shu ma’ruzaga to’g’ri keladigan amaliy mashg’ulotdan 1,0 ball olib tashlanadi. Talaba laboratoriya ishini qayta topshirganda olgan ballari 0,8 koeffisientga ko’paytiriladi. Ma’ruzani qayta topshirishda 0,5 koeffisient qo’llaniladi.


Mavzu bo’yicha JN quyidagicha amalga oshiriladi:
4,30 dan – 5 gacha a’lo
3,55 dan – 4,25 gacha yaxshi
2,80 dan – 3,50 gacha qoniqarli
2,75 dan kam - qoniqarsiz
Fan bo’yicha JN quyidagicha amalga oshiriladi:
38,7 dan – 45 gacha a’lo
31,9 dan – 38,7 gacha yaxshi
24,7 dan – 35,5 gacha qoniqarli
24,7 dan kam - qoniqarsiz

JB har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda og’zaki, yozma ish, test yoki ularning kombinasiyasi shaklida amalga oshiriladi.


Har bir mashg’ulotda barcha talabalar baholanishi shart.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling