Fizika olamiga sayohat
Download 42.65 Kb.
|
Fizika olamiga sayohat nomli tadbir ssenariysi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 ballik
Urganch shahar 13-son umumiy o’rta ta’lim maktabining Fizika fani o’qituvchisi Babayazova Nazokatning 6-sinflar o’rtasida o’tkazgan “FIZIKA OLAMIGA SAYOHAT” Mavzusidagi bellashuvi. “Fizika olamiga sayohat”. Tadbir o’tkazilayotgan maktab faollar zali bayramona bezatilgan. Xonada turli fizik asboblar, texnika vositalari joylashtirilgan. Monitor orqali slayt lavhalar aks etib turibdi. Tadbirni o’tkazishdan maqsad o’quvchilarni fizika faniga qiziqishini orttirish, bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish. boshlovchi. Assalomu alaykum qadrli ustozlar, bilimga chanqoq o’quvchilar. boshlovchi. Assalom yurtimizning bilimga boy maskani. Assalom, ey ilm-u fanning sohib-u davronlari. Davramizga xush kelibsiz elning sharaf-shonlari. Siz kelajak bunyodkori topqir-u zukkolari. boshlovchi. Bugungi “Fizika olamiga sayohat” nomli tadbirimizga xush kelibsiz.. boshlovchi. Bugungi bellashuvimizda 6-“A” va 6-“B” sinf o’quvchilari o’zaro bellashadilar. boshlovchi. Endi sizlarga bugungi bellashuvimiz shartlarini tanishtirib o’tsak. Bizda jami 6ta shart bo’lib, 1-shartimiz tanishtiruv sharti. Bundao’quvchilar guruhlarini tanishtirib o’tadilar. Bu shart 5 ballik sistemada baholanadi. O’quvchilarni olgan ballari “Faollik jadvali” ga yozib baholanib boriladi. boshlovchi. 2-shartimiz “Kashfiyotlar olamiga sayohat “ deb nomlanadi. Bu shartimiz 15 ballik sistemada baholanadi. boshlovchi. 3-shartimiz “ Tushunchalar tahlili” deb nomlangan. Bu shartimiz ham 5 ballik sistemada baholanadi. boshlovchi. 4-shart “Innovatsion texnologiyalar” deb nomlanadi. Ushbu shartimiz 20 ballik sistemada baholanadi. boshlovchi. Bizning “Evrika” deb nomlangan 5-shartimizda qatnashchilar. 12 ballik sistemada baholanadi. boshlovchi. 6-shart “Uyga vazifa” sharti bo’lib, shartimiz 5 ballik sistemada baholanadi. O’quvchilarni olgan ballari “Faollik jadvali” ga yozib boriladi. Endi 1-shartimiz tanishtiruv shartini bajarish uchun o’quvchilarni sahnaga taklif qilamiz. boshlovchi. “Kashfiyotlar olamiga sayohat “ nomli 2-shartimizda Har guruhda 1 tadan o’quvchi chiqib, Fizika sohasida Nobel mukofotini olgan kamida 15 ta olim haqida ma’lumotlar berishadi. boshlovchi. Nobel mukofoti 1833-1896-yillarda yashab o’tgan shved olimi,ixtirochi va tadbirkor Alfred Nobelning vasiyati asosida ta’sis etilgan bo’lib, o’lar chog’ida o’zi yiqqan mol-mulkidan har yili ilm- fanda katta yutuqqa erishgan olimlarga mukofot tariqasida beriladigan jamg’arma tashkil etishni vasiyat qilgan. boshlovchi. Nobelning vasiytiga ko’ra, undan keyin qolgan mablag’ har yili 5 qismga teng bo’linib, irqi, millati va dinidan qat’iy nazar, fizika,kimyo,fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar, badiiy asarlar, xalqlar do’stligi va tinchlikni mustahkamlash yo’lida ko’rsatilgan faoliyat uchun beriladi. boshlovchi. O’quvchilarning 1-2- shartlarga ko’ra natijalarini belgilab olish uchun so’zni hakamlar hay’ati a’zolariga bersak. boshlovchi. Rahmat ustoz. 3- “ Tushunchalar tahlili” shartimizda o’quvchilarga o’tilgan mavzularga doir 5ta tushuncha beriladi. Ular guruh bo’lib ishlab,tushunchalarni tahlil qilib plakatni to’ldirishlari zarur bo’ladi.Shartni bajarish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. boshlovchi. “Innovatsion texnologiyalar” deb nomlangan ushbu shartimizda o’quvchilar o’zlari tayyorlab kelgan slaydlari orqali insoniyat tarixida hali kashf etilmagan kashfiyotlar va texnologiyalarni tanishtirib o’tadilar. boshlovchi. 3-4- shartlarga ko’ra olgan natijalarini belgilab olish uchun so’zni hakamlar hay’ati a’zolariga bersak. boshlovchi. Bizning “Evrika” deb nomlangan 5-shartimizda qatnashchilar o’tilgan mavzularga doir formulalarni topishlari va “Evrika” ya’ni “Topdim” deb ularni doskaga yozishlari zarur. boshlovchi. 1-tekis harakatda yo’l formulasi. 2-Tekis harakatda tezlik formulasi. boshlovchi. 3-Zichlik formulasi. 4- Mexanik bosim formulasi. boshlovchi. 5- Og’irlik kuchi formulasi. 6-Gidrostatik bosim formulasi. boshlovchi. 7-Tutash idishlar sharti. 8- Kinetik energiya formulasi. boshlovchi. 9-Mexanik quvvat formulasi. 10-Gidravlik press formulasi. boshlovchi. 11-Potensial energiya formulasi. 12-Mexanik ish formulasi. boshlovchi. 6-shartimizda o’quvchilar uyda tayyorlab kelgan qo’lda yasalagan ko’rgazmalarini ko’rsatib, ta’riflab berishlari zarur bo’ladi. boshlovchi. 5-6- shartlarga ko’ra olgan natijalarini belgilab olish uchun so’zni hakamlar hay’ati a’zolariga bersak. Tadbir so’ngida faol ishtirok etgan o’quvchilarga sovg’alar topshiriladi. Download 42.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling