Fizika predmeti. Moddiy nuqtaning ilgarilanma harakati
Download 15.03 Kb.
|
FIZIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy nuqta
- Ilgarilanma harakat
Fizika predmeti. Moddiy nuqtaning ilgarilanma harakati. Fizika fani materiyaning turli shakllarini, ularning tuzilishi, harakat qonunlari va bir-biri bilan bog‘lanishini o‘rganadi. Fizika boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, uning fan-texnika taraqqiyotdagi o‘rni juda katta. Fizika qonunlari texnikada juda keng qo‘llaniladi, shuning uchun ham fizika texnikaning asosidir. Fizika qonunlarini yaratish uchun tabiat hodisalari kuzatiladi, fizik kattaliklarning munosabati hisobga olinadi. Fizik kattaliklarning ko‘p turlari mavjud. Ularning ba'zilari o‘zgarmas kattalik hisoblansa (masalan: elektromagnit to‘lqinlarning vakuumdagi tezligi, Plank doimiysi, elektronning zaryadi va massasi, elektr va magnit maydon doimiylari va h.k.), boshqalari o‘zgaruvchan bo‘lib, jismning yoki fazoning turli miqdoriy xossalarini tavsiflaydi (masalan: massa, harorat, zichlik, elektr zaryadi, magnit maydon kuchlanganligi va h.k.). Moddiy nuqta deb, ma’lum massaga ega bo’lgan, o’lchami o’rganiladigan masofalarga nisbatan juda kichik bo’lgan jismga aytiladi. Moddiy nuqta tushunchasi abstraktdir. Masalan, Yerning o’lchami Quyoshgacha bo’lgan masofaga nisbatan juda kichik bo’lgani uchun, Quyosh atrofidagi harakatida uni moddiy nuqta deb faraz qilish mumkin. Bunda Yerning butun massasi uning geometrik markazida mujassamlangan, deb hisoblanadi. Jismlar biri-biri bilan o’zaro ta’sirlashganda ularning shakli va o’lchamlari o’zgarishi mumkin. Har qanday sharoitda deformatsiyalanmaydigan jism absolyut qattiq jism deb ataladi. Qattiq jismning qismlari yoki ikki nuqtasi orasidagi masofa o’zgarmasdir. Qattiq jismlarning istalgan harakati ilgarilanma va aylanma harakatlar majmuasidan iborat. Ilgarilanma harakat – bu shunday harakatki, unda harakat qilayotgan jism bilan mustahkam bog’langan istalgan to’g’ri chiziq boshlang’ich holatiga nisbatan parallelligini saqlab qoladi. Download 15.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling