Fizika savollar va javoblar 1 elektr maydon va kuclanganlik haqida malumot
Download 0.76 Mb.
|
Fizika savollar va javoblar
Barcha kuchlanishlar musbatmi?
Balki, siz hayron qolayotgandirsiz: qanday qilib barcha element kuchlanishlari musbat boʻlishi mumkin, agar ularning yig‘indisi nolga teng boʻladigan boʻlsa? Gap shundaki, kuchlanish yoʻnalishlari (strelkalar) va ishoralari ixtiyoriy tanlab olingan va zanjir analizi yakuniga yetgach bir yoki bir nechta element kuchlanishlar manfiy boʻladi va mos ravishda yoʻnalishi ham oʻzgaradi. Kuchlanishlarning haqiqiy ishorasi hisoblash davomida kelib chiqadi. 8ELEKTR yurutuvchi kuch (E.Y.U.K) ELEKTR YURITUVCHI KUCH — (EYUK) o’zgaruvchan yoki o’zgarmas tok energiya manbalarida tashqi (potentsial) kuchlar ta’sirini ifodalaydigan fizik kattalik. O’tkazgichdan tok o’tishi uchun unda elektr maydon hosil qilinib saqlanadi. Buning uchun tok manbai yordamida o’gkazgich uchlarida potentsiallar farqi (f,—F2) uzluksiz tiklab turiladi. Bu esa tok orqali oqib keluvchi musbat zaryadlarni o’tkazgichning kichik potentsial F 2 li uchidan uzluksiz olib ketish va katta potentsial f, li uchiga uzluksiz keltirib turish zarurligini anglatadi. Demak, zaryadlarning berk yo’l bo’ylab harakati vujudga keladi. Bunda faqat elektrostatik (ichki) kuchlarning o’zi etarli emas, chunki bu kuchlarning zaryadlarni berk kontur bo’ylab ko’chirishda bajargan ishi nolga teng. Demak, berk konturda zaryadlar oqimini ta’minlash uchun noelektrostatik (tashqi) kuchlar mavjud bo’lishi kerak. Tashqi kuchlar Kulon kuchlaridan farq qilib, turli ishorali zaryadlarni birlashtirmaydi, aksincha ularning ajralishini yuzaga keltiradi va to’g’ri chiziq uchlarida potentsiallar farqini birday saqlab turadi. Tashqi kuchlarning ta’siri Elekt yurituvchi kuch bilan ifodalanadi. Tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni berk zanjir bo’ylab ko’chirishda bajargan ishi (e = $ E’D.1 o’lchanadigan e kattalik) e.yu.k., tok manbai Elekt yurituvchi kuch manbai deb ataladi, bunda E’— tashqi kuchlarning noelektrostatik elektr maydoni kuchlanganligi, D1— kontur elementi. Tashqi kuchlarning noelektrostatik elektr maydonini elektr energiya manbai hosil qiladi. Demak, Elekt yurituvchi kuch tashqi quchlar ta’sirida tok zanjiriga kiritilgan energiya ekan. Masalan, galvanik element va akkumulyatorlar, o’zgarmas tok generatorlari, yarimo’tkazgichli termoelementlar, fotoelementlar va boshqalar elektr manbai bo’la oladi. Elekt yurituvchi kuch voltlarda o’lchanadi 9)MAGNIT INDUKSIYA VEKTORI Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling