—fizika ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisi daminova sayyora xursandovnaning bakalavr darajasini olish uchun yozilgan «suyuqliklar mexanikasining elementlarini laboratoriya qurilmalari yordamida tushuntirish»


Download 0.99 Mb.
bet14/20
Sana02.01.2022
Hajmi0.99 Mb.
#187727
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti

(2.1.1-rasm).

bo‘lgan ikki parallel cheksiz.uzun plastinkalarni olib qaraymiz. (Agar plastinkalarning uzunligi va kengligi ular orasidagi masofadan ancha katta bo‘lsa, ular cheksiz deb hisoblanadi.) Pastki plastinka qo’zg’almas,yo’qorigi plastinka esa unga nisbatan o’zgarmas tezlik bilan harakatlanadi plastinkaning tekis harakatini saqlab turish uchun unga harakat tomonga yo‘nalgan o‘zgarmas kuch bilan ta’sir qilish kerak ekan. plastinkani esa tinch xolatda ushlab turish uchun unga ham xuddi shunday,lekin qarama-qarshi yo‘nalgan kuch ta’sir qilishi kerak. Nyuton tomonidanoq eksperimental yo‘l bilan aniqlanganki, kuchning kattalik va tezlikka va plastinkaning yuziga proporsional, plastinkalar orasidagi masofaga esa teskari proporsionaldir:

(2.1.1)

Bu yerdagi –o‘zgarmas kattalik ichki ishkalanish koeffitsiyenti yoki suyuqlikning qovushoqlik koeffitsiyenti deb ataladi (qisqa qilib uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kovushoqlik deb ataladi). U plastinkalarning materialiga bog‘liq, emas va turli suyuqliklar uchun turlicha qiymatga ega.Berilgan suyuqlik uchun koeffitsient suyuqlikning ichki holatini xarakterlovchi parametrlarga va birinchi galda temperaturasiga bog‘liq bo‘ladi.

AB plastinkaning tinch turgan bo‘lishi shart emas. Ikkala plas­tinka ham bir-biriga parallel ravishda tekis harakat qilishi mum­kin. Agar AB plastinkaning tezligi ga va CD plastinkaning tezligi ga teng bo‘lsa(2.1.1) o‘rniga quyidagi umumiyroq formulani yozish mumkin:

(2.1.2)

Bunga ishonch hosil qilish uchun AB plastinka tinch turadigan sanoq, sistemasiga o‘tish kifoY.

Yana shuni ham qayd.qilib o‘tamizki, CD plastinka tekis harakat qilayotganida unga ta’sir qiluvchi to‘la kuch nolga aylanishi uchun suyuqlik unga — F kuch bilan ta’sir qilishi kerak. Demak, CD plas­tinkaning o‘zi suyuqlikka + F kuch bilan ta’sir qiladi. Shunga o‘xshab, AB plastinka suyuqlikka -F kuch bilan ta’sir qiladi. Bundan tashqari, tekshirishlar ko‘rsatadiki, qovushoqlikka ega bo‘lgan suyuqlik o‘zi tegib oqayotgan qattiq jismning sirtiga yopishib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, qattiq jismning sirtida turgan suyuqlik zarralarining jism sirtiga nisbatan tezliklari nolga teng bo‘ladi. Shu sababli(2.1.2) formulada F va—F kuchlarni plastinkalarga emas, balki ular orasidagi suyuqlik qatlamining chegaralariga qo‘yilgan deb hisoblash mumkin. Xuddi shuningdek, va tezliklarni suyuqlik qatlamidagi o‘sha chegaralarning.harakat tezliklari bilan aynanlashtirish mumkin. Shu tariqa qovushoqlik koeffitsiyenti tushunchasini kiritishda plastinkalar kerak bo‘lmay qoladi.

Qovushoq siqilmas suyuqlik to‘g‘ri chiziqli R radiusli si­lindrik truba bo‘yicha oqayotgan bo‘lsin. Oqim chiziqlari trubaning o‘qiga parallel. Agar ixtiyoriy cheksiz ingichka oqim nayini ajratsak, suyuqlikning siqilmasligi shartiga ko‘ra oqim nayining butun uzunligi bo‘yicha oqish tezligi bitta bo‘ladi — suyuqlikning tezli­gi truba bo‘yicha o‘zgara olmaydi. Ammo u trubaning o‘qiga tomon o‘zgara borishi mumkin. Shunday qilib, suyuqlikning tezligi r radiusning funksiyasi bo‘ladi.Trubaning o‘qini X o‘qi uchun

qabul qilamiz va uni suyuqlikning oqish tomoniga yo‘naltiramiz. Trubadan uzunligi dx va radiusi r bo‘lgan cheksiz kalta ixtiyoriy silindrik bo‘lakcha ajratib olamiz (2.1.2-rasm). Uning yon sirtiga harakat yunalishida ichki ishqalanishning urinma kuchi ta’sir qiladi.




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling