Fizika-tehnika


Download 5.14 Mb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi5.14 Mb.
#1573515
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
783710 (2)

Kurs ishi vazifasi:

1.Lyuminetsensiya hodisasi haqida umumiy ma’lumot. 2.Lyuminetsent tahlilining tasnifi.
3.Lyuminetsent titrlashda eritmasini tayyorlash. 4.Lyuminetsent tahlilning mohiyati
Kurs ishi tuzilmasi:Kirish, 2 ta bob, Xulosa, Foydalanilgan adabiyotlar

3


I.bob.Lyuminetsensiya hodisasi

1.1.Lyuminetsensiya hodisasi haqida umumiy ma’lumot. Optika.
Optika (yunoncha: optike — koʻrish haqidagi fan) — fizikaning yorugʻlikning tabiatini, yorugʻlik hodisalari qonuniyatlarini, yorugʻlik bilan moddalarning oʻzaro taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi. Yorugʻlikning toʻgʻri chiziq boʻylab tarqalishi qadimda Mesopotamiya va qad. Misrda maʼlum boʻlgan hamda undan qurilish ishlarida foydalanishgan. Tasvirning koʻzguda hosil boʻlishi bilan miloddan avvalgi 3-asrda Aristotel, Platon, Yevklidlar shugʻullanishgan. OPTIKAning rivojlanishi I. Nyuton, R. Guk, F. Grimaldi, X. Gyuygens va boshqalarning ishlari bilan bogʻliq. 11-asrda arab olimi Ibn al-Xaysam (Algazen) OPTIKA toʻgʻrisida risola yozgan boʻlsada, yorugʻlikning sinishi qonunini ifodalay olmagan. Faqat1620-yillarda buqonunnitajriba yoʻlibilangollandolimiV. Snellius va R. Dekart isbotladi. 17-asrdan yorugʻlik haqida korpuskulyar va toʻlqin nazariyalar paydo boʻla boshladi. Yorugʻlik korpuskulyar (zarra) nazariyasining targʻibotchisi X. Gyuygens edi.


Yorugʻlikning toʻlqin tabiati haqidagi tasavvurlar M. Lomonosov va L. Eyler tomonidan rivojlantirildi. 19-asr boshlarida ingliz olimi T. Yung va OPTIKA Frenel ishlari yorugʻlik toʻlqin nazariyasining uzil-kesil gʻalabasiga olib keldi. OPTIKA Frenel kristallooptika hodisalariga toʻlqin nazariyasini qoʻlladi. T. Yung yorugʻlik interferensiyasi hodisasini kuzatdi. Bu hodisa yorugʻlik toʻlqin tabiatiga ega ekanligini koʻrsatdi. OPTIKA Frenel yorugʻlik interferensiyasi asosida yorugʻlikning toʻgʻri chiziq boʻylab tarqalishini, turli difraksiya xrdisalarini va boshqalarni tushuntirdi. Yorugʻlikning sinishi va qaytishida yorugʻlikning qutblanishini fransuz olimi E. Malyus kuzatdi (1808) va fanga "yorugʻlikning qutblanishi" terminini kiritdi. M. Faradey yorugʻlik qutblanish tekisligining magnit maydonda burilishini kashf qildi (1846) va elektromagnetizm bilan OPTIKA orasidagi bogʻlanishni, tok kuchi elektromagnit birligining elektro-statik birligiga nisbati yorugʻlik tezligiga tengligini (3-10°sm/s) topdi.

4
J. K. Maksvell elektromagnit maydon tushunchasini rivojlantirdi, yorugʻlik ham



elektromagnit toʻlqindan iborat, degan nazariyani yaratdi. U yorugʻlikning elektromagnit nazariyasiga asoslanib, yorugʻlikning hatto bosimi boʻlishini aytdi va uning son miqdorini nazariy aniqladi (1873). Uning nazariy tekshirishlari elektromagnit maydonning yorugʻlik tezligiga teng tezlik bilan tarqalishini koʻrsatdi. Italyan olimi A. Bartoli esa 1876-yilda yorugʻlik bosimining termodinamik asosini yaratdi. 1899-yilda P. N. Lebedev birinchi boʻlib tajriba yoʻli bilan yorugʻlik bosimini aniqladi. 1888-yil da G. Gers vakuumda tarqalayotgan elektromagnit maydonning tezligi yorugʻlik tezligiga teng ekanligini aniqladi va J. Maksvell nazariyasini tajriba yoʻli bilan tasdikladi.

Yorugʻlikning modsalar bilan taʼsirlashuvini 19-asr 90-yillarida juda koʻp olimlar, jumladan, nemis olimi E. Drude, G. Gelmgols va G. A. Lorents tekshirdilar. Lorents modda va yorugʻlikning elektromagnit nazariyasini yaratdi. Shu nazariya asosida OPTIKAdagi qator hodisalarni, mas, yorugʻlikning dispersiya hodisasi, dielektrik singdiruvchanlik ye ning elektromagnit toʻlqin uzunligi X ga bogʻliq boʻlishi va h.k.ni tekshirish va tushuntirish mumkin boʻldi.




Klassik elektron nazariya ayrim optik hodisalarni tushuntirib bera olmadi va nazariya natijalari tajriba natijalariga, mas, mutlaq qora jismning issiklik nurlanishi spektrida energiya taqsimoti va boshqalarga mos kelmay qoldi. Bunday qiyinchilikni bartaraf qilish uchunM. Plankyorugʻlikningkvantnazariyasini yaratdi (1900). OPTIKAningkeyingirivojlanishikvantmexanika nazariyalaribilanbogʻliq. Fotoeffekt hodisasi uchun Plank nazariyasini A. Eynshteyn rivojlantirib, yorugʻlik kvanti — foton tushunchasini fanga kiritdi (1905). Yorugʻlikning elektromagnit nazariyasi nisbiylik nazariyasining yaratilishiga mos boʻldi.


OPTIKA shartli ravishda geometrik OPTIKA va toʻlqin OPTIKAsiga, fiziologik OPTIKA, nochiziqli OPTIKA va boshqa xillarga boʻlinadi. Geometrik OPTIKAda yorugʻlikning qaytishi va sinishi qonunlari asosida, yaʼni ikki muhit chegarasida yorugʻlikning sinishi va qaytishi natijasida obʼyektlarning tasviri hosil boʻlishini tushuntirish mumkin. Unda fotometriya, yorugʻlik oqimi, yorugʻlik kuchi,
5
yoritilganlik va yorugʻlikni miqsoriy ifodalovchi boshqa kattaliklar qaraladi.

Geometrik OPTIKAfotometriya bilanbirgaOPTIKAtexnikasi, yaʼnioptikasboblar nazariyasi va ratsional yoritish, yorugʻlik dastasini taqsimlash va yoʻnaltirish taʼlimotining ilmiy asoslari bilan ham shugʻullanadi.


Toʻlqin OPTIKAsida interferensiya, difraksiya va yorugʻlikning qutblanishi



kabi yorutlik tabiati bilan bogʻliq boʻlgan hodisalar oʻrganiladi. Bu hodisalar nazariyalarining rivojlanishi yorugʻlik tabiatini toʻla ochib berish bilan birga, yorugʻlikning qaytishi va sinishi qonunlarini ham tushuntirib bera oldi. Yorugʻlikning modda bilan taʼsiri tufayli har xil effektlar — mexanik (yorugʻlik bosimi, Kompton effekti), xususiy optik (yorugʻlikning sochilishi, fotolyuminessensiya), elektr (fotoelektr hodisa), kimyoviy (foto-kimyo va fotografiya effektlari), shuningdek, yorugʻlikning yutilishi va sochilishi, issiklik nurlanishi va boshqa kuzatiladi.

Yorugʻlikning yutilishi va sochilishi rang haqidagi taʼlimot asosini tashkil qilib, rassomlik sanʼatida keng ishlatiladi. Mas, tiniq boʻlmagan muhitda yorugʻlikning sochilishi fotolyuminessensiya uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Lyuminessensiya hodisasi hozirgi zamon gaz razryad va lyuminessensiya yorugʻlik manbalarini yara-tish maqsadida qoʻllaniladi. Bu yorugʻlik manbalari elektr energiyani ancha tejaydi. Ulardan lyuminissensiyalanuvchi ekranlar tayyorlashda foydalaniladi. Bu ekranlar rentgenologiya, televideniye, oʻlchov asboblari va harbiy texnikada ishlatiladi. Fotoelektr hodisaga asosan oʻlchov asboblari, har xil yorugʻlik relelari ixtiro qilindi. OPTIKA texnikasi va mashinasozlikda metall yoki obʼyektni nazorat qilish yorugʻlik intenferensiyasi hodisasiga asoslangan. Yorugʻlik difraksiyasi hodisasi arxitektura akustikasida ultraakustik toʻlqinlarni optik qayd qilishga imkon beradi. Rentgen nurlarining molekulalar, ayniqsa, kristallardagi difraksiyasi moddalar strukturasini tahlil qilishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Fiziologik OPTIKAda odam koʻzining optik xususiyatlari, koʻz nuqsonlarini optik vositalar (koʻzoynaklar, linzalar va boshqalar) yordamida toʻgʻrilash, koʻz


6
kasalliklarining kelib chiqishiga koʻz optik xususiyatlari buzilishining taʼsiri va

boshqa masalalar oʻrganiladi.



OPTIKAning amaliy qoʻllanish sohasi keng , mas, spektral taxlil sohasida atom va molekulalarning spektrini tekshirish natijasida moddalarning tuzilishini aniklash mumkin. Spektraltahlil astronomiya, geol.,biol.,tibbiyot, tuproqshunoslik, sanʼatshunoslik va kriminalistika ishlarida; metallurgiya, mashinasozlikda, neft, kimyo sanoati, yengil sanoat, geologiya-qidiruv ishlari va boshqa da qoʻllaniladi.


Oʻzbekiston FA tarkibida akad. P. Q. Habibullayev rahbarligida "Issiklik

fizikasi" boʻlimining tashkil kilinishi (1977) respublikada OPTIKAning zamonaviy



fundamental yoʻnalishlari boʻyicha i.t.ning keng rivojlanishiga asos yaratdi. Jumladan, lazer OPTIKAsi, molekulyar tizimlar fizikasi, kondensatlangan muhitlar OPTIKAsi, spektroskopiya, toʻlqin jarayonlar fizikasi va boshqalarga oid i.t. ishlar bajarildi. Boʻlimda moddalar yuqori temperaturaturaviy sintezi, strukturasi va xossalarini lazer nuri bilan boshkarishning yangi usullari ishlab chiqildi va ularning me-xanizmi, lazer nurining atomar muhitlar bilan taʼsiri oʻrganildi (D. T. Alimov). 5 — 1000° va 80 — 2000° temperatura intervalida ishlaydigan pirometr (A. E. Aliyev), infraqizil jiyemning nurlanishini qayd qilishda ishlatilishi mumkin boʻlgan yangi tur priyomnik yaratildi (A. T. Mamadalimov, A. S. Zoki-rova va X. T. Egamberdiyev). Kondensatlangan muhitlar optikasi sohasida oʻta toza shaffof muhitlarda lazer nurining tarqalishi bilan bogʻliq optik hodisalar oʻrganilib, unda yangi hodisa — tezkor keng polosali lyuminissensiya topildi. Nochizigʻiy modulyasi-on nur tolalar Oxi yaratildi (M. A. Qosimjonov, E. A. Zohidov va S. S. Qurbonov). Lazer spektroskopiyasi sohasida nochizigʻiy muhitlarda lazer nurining anomal ogʻishi va oʻz-oʻzidan fokuslanishi hodisalari kashf qilin-di (T. Usmonov, S. A. Baxromov), tibbiyotda va ilmiy izlanishlarda keng qoʻllaniladigan eksimer lazerlar yaratildi (T. U. Arslonbekov). Muntazam bir jinsli boʻlmagan muhitlarda nurlar tartibsizligi xodisasi aniklandi (S. S. Abdullayev). Shuningdek, OʻzMU hamda SamDU fizika f-tlarida qattiq va suyuq (yumshoq) muhitlar strukturasini hamda ulardagi relaksatsiyaviy jarayonlarni optik usullar bilan oʻrganish sohasida

7
keng qoʻlamli tadqiqotlar olib borildi (B. M. Nosenko, A. A. Ayvazova, Sh.



OPTIKAOta-jonov, U. V.Valiyev —OʻzMU;A. Q.Otaxoʻjayev, F. X. Tuxvatullin, L. M. Sobi-rov, A. Jumaboyev va boshqa — SamDU).



Download 5.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling