Fizika-tehnika
Download 5.14 Mb.
|
783710 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lyuminessensiya hodisasi va uning qo‘llanishi” mavzusidagi K U R S I SH I Rahbar: __________________ ______________________ Lavozimi (F.I.O)
- Kirish Mavzuni n g d olzarb l i g i
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI “FIZIKA-TEHNIKA” FAKULTETI “FIZIKA” KAFEDRASI 21.12-guruh “Fizika” yo’nalishi talabasi Isroilov Jamshidbekning “OPTIKA” fanidan “Lyuminessensiya hodisasi va uning qo‘llanishi” mavzusidagi K U R S I SH I Rahbar: __________________ ______________________ Lavozimi (F.I.O) Farg’ona - 2023 Mavzu: Lyuminessensiya hodisasi va uning qo’llanishi. Mundarija: Kirish…………………………………………………………………………2 I. bob. Lyuminetsensiya hodisasi……………………………………………4 1.1.Lyuminetsensiya hodisasi haqida umumiy ma’lumot………………….4 1.2.Lyuminetsent tahlilining tasnifi………………………………………..12 II. bob. Lyuminetsent tahlil va titrashda eritmalar………………………..18 2.1.Lyuminetsent titrlashda eritmasini tayyorlash………………………..18 2.2.Lyuminetsent tahlilning mohiyati…………………………………….22 Xulosa………………………………………………………………………33 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………..34 Internet saytlari……………………………………………………………..35
Yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta‘siri tufayli yuz beradigan hodisalarni, ular bo‘ysunadigan qonunlarni o‘rganish yorug‘lik tabiatini, uning strukturasini va ichki mohiyatini chuqurroq bilish imkonini beradi. Yorug‘likning tabiati haqidagi tasavvurlarni tub o‘zgarishlarga olib kelgan yangi kashf etilgan va o’rganilgan hodisalar qatoriga issiqlik nurlanishi, fotoeffekt, Kompton effekti, majburiy nurlanish va shu kabilar kiradi. Yorug‘lik energiyasining elektronlarning mexanik energiyasiga(fotoeffekt va Kompton effekti) yoki yorug‘likni yutayotgan butun sistemaning mexanik energiyasiga(yorug‘likning bosimi) aylanish jarayonlari, shuningdek, yorug‘likning turli kimyoviy ta‘sirlari(fotoximiya, fotografiya, fiziologik optika) kabi hodisalar yorug‘likning ana shu ―yangi‖ tabiatidan kelib chiqadigan hodisalar sirasiga kiradi. Fizika sohasidagi g‘oyat buyuk revolyutsiya XX asrning boshiga to‘gri keldi. Issiqlikdan nurlanish (qizdirilgan jismning elektromagnit nurlanishi ) spektrlarida energiyaning taqsimlanishi sohasida o‘tkazilgan tajribalarda kuzatiladigan qonuniyatlar to‘g‘ri bo‘lmay chiqdi. Maksvell elektromagnitizmining ko‘p marta ko‘rilgan qonunlarini moddaning qisqa elektromagnit to‘lqinlar chiqarishi muammosiga tatbiq etishga urinilganda to‘satdan to‘polon qilib qoldi. Maskvell elektrodinamikasi ma‘nosiz shunday xulosaga olib kelgan ediki, bu xulosaga ko‘ra, qizdirilgan jism elektromagnit to‘lqinlar nurlayotganda enetgiya yo‘qotib, absolyut nolgacha sovishi kerak. Klassik nazariyaga binoan 2 modda bilan nurlanish orasida issiqlik muvozanati bo‘lishi mumkin emas, ammo kundalik tajriba haqiqatda bunday emasligini ko‘rsatadi. Qizdirilgan jism elektromagnit to‘lqinlar chiqarishga o‘z energiyasining bir qisminigina sarf qiladi. Download 5.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling