Fizika Tomonlaridan har birining qarshiligi 8 Om bo’lgan teng tomonli uchburchakning ikki uchi orasidagi qarshilikni aniqlang


Download 45.55 Kb.
bet1/2
Sana06.02.2023
Hajmi45.55 Kb.
#1171204
  1   2
Bog'liq
Olimpiada fizika


Fizika
1. Tomonlaridan har birining qarshiligi 18 Om bo’lgan teng tomonli uchburchakning ikki uchi orasidagi qarshilikni aniqlang (Om)?
A) 12 B) 9 C) 36 D) 54
2. CuSO4 eritmasidan 5 min davomida 10 A tok o’tsa, katodda necha gramm mis ajralib chiqadi? Misning elektrokimyoviy ekvivalenti 3,3∙10-7 kg/C.
A) 0,1 B) 1 C) 10 D) 99
3. Yassi kondensator zaryadini o’zgartirmasdan, uning plastinkalari orasidagi masofa 2 marta oshirilsa, kondensator elektr maydoni energiyasi qanday o’zgaradi?
A) 2 marta kamayadi B) 4 marta ortadi
C) o’zgarmaydi D) 2 marta ortadi
4. Agar atom impulsi 9∙10-28 kg∙m/s bo’lgan fotonni yutsa, uning energiyasi qanchaga (J) ortadi?
A) 3,6∙10-19 B) 3∙10-19
C) 3,3∙10-19 D) 2,7∙10-19
5. Piyoda tezligi 4km/h. Undan 15 minut keyin yo’lga chiqqan velosipedchi piyodani 5 minutda quvib yetishi uchun qanday km/h tezlik bilan harakatlanishi kerak?
A) 12 B) 20 C) 8 D) 16
6. Tebranishlar konturi kondensatorning qoplamlari orasidagi masofa 4 marta kichiklashtirildi. Bunda konturdagi tebranishlar chastotasi qanday o’zgaradi?
A) 2 marta kamayadi B) 4 marta kamayadi
C) 4 marta ortadi D) 2 marta ortadi
7. Nuqsonsiz ko’zning eng yaxshi ko’rish masofasi 25 sm. Uzoqdan ko’ruvchi odam ko’zining eng yaxshi ko’rish masofasi 0,5 m bo’lsa, bu odam optik kuchi qanday (D) bo’lgan ko’zoynak taqishi kerak?
A) +4 B) +1 C) +3 D) +2
8. 20 m balandlikdan 30 m/s tezlik bilan gorizontal yo’nalishda kamondan o’q uzildi. O’q harakatining boshlang’ich va yerga tushish nuqtasi orasidagi masofani (m) aniqlang. Havoning qarshiligini hisobga olmang.
A) 63 B) 70 C) 78 D) 84
9. -40 va +60 nC nuqtaviy zaryadlar bir-biridan 80 sm masofada joylashgan. Birinchi zaryaddan 40 sm va ikkinchi zaryaddan 50 sm masofada turgan nuqtadagi maydon potensiali (V) topilsin. k=9∙109 m/F, φ( )=0
A) 210 B) 190 C) 180 D) 250
10. Har millimetrda 250 ta shtrixi bo’lgan difraksion panjaraga to’lqin uzunligi 500 nm bo’lgan monoxromatik yorug’lik tik tushmoqda. Nechanchi tartibli maksimum 30° burchak ostida kuzatiladi?
A) ikkinchi B) uchinchi
C) birinchi D) to’rtinchi
11. Asos yuzi 10 sm2 bo’lgan silindrik idishga 200 ml suv quyilgan. Suv idish devorining idish tubidan 2 sm masofadagi nuqtasiga qanday bosim ko’rsatadi?
A) 1200 B) 1800 C) 2500 D) 800
12. Doiraviy gorizontal stolcha 12 ayl/min chastota bilan aylanmoqda. U bilan aylanish o’qidan 0,5 m masofada yotgan 0,5 kg massali shayba ham aylanmoqda. Shayba va stolcha orasidagi ishqalanish koefitsenti 0,5 ga teng. Shaybani stolchada ushlab turuvchi ishqalanish kuchi (N) nimaga teng? π2=10 deb hisoblang.
A) 0,4 B) 2,5 C) 0,25 D) 4
13. Fokus masofasi 5sm bo’lgan sochuvchi linzadan 3 sm uzoqlikda buyumning kichiklashgan mavxum tasviri hosil bo’ldi. Buyum linzadan qanday (sm) masofada joylashgan?
A) 24 B) 12 C) 7,5 D) 17,5
14. Uzunligi 60 sm va ko’ndalang kesim yuzi 4 sm2 bo’lgan solenoidning induktivligi 4∙10-7 Gn ga teng. Solenoid ichida magnit maydon energiya zichligi 2∙10-3 bo’lishi uchun solenoiddan o’tayotgan tok kuchi qanday bo’lishi kerak (A)?
A) 1,55 B) 3 C) 4,75 D) 6
15. Tinchlikdagi zichligi 3g/sm3 bo’lgan jismning 0,99c tezlik bilan harakatlanayotganidagi zichligini (g/sm3) toping. c-yorug’likning bo’shliqdagi tezligi.
A) 52 B) 76 C) 151 D) 301
16. Chizmada uchta moddiy nuqtaning harakat grafiklari berilgan. Ularning tezliklari haqida nima deyish mumkin?

A) υ1 υ2 υ3 B) υ1 υ2 υ3
C) υ1 υ2 υ3 D) υ1 υ2 υ3
17. 0,3 kg massali yuk bikirligi 60 N/m bo’lgan purjinada 4 sm amplituda bilan tebranmoqda. Yukning to’liq mexanik energiyasini (J) aniqlang.
A) 0,024 B) 0,96 C) 0,012 D) 0,048
18. 400 K temperaturada 166 kPa bosim hosil qiluvchi 20 g argon qanday hajmni (l) egallaydi? Argonning nisbiy atom massasi 40. R =8,3 J/(mol∙K).
A) 15 B) 5 C) 10 D) 3,75
19. Oralaridagi masofa ga teng bo’lgan ikki parallel tokli o’tkazgichlardan I tok oqmoqda (rasmga q). A nuqtadagi magnit maydon induksiyasini toping?
A) 0
B)
C)
D)


20. Suv o’rgimchagi suvda havodan uycha yasamoqda, bunda u panjalari va qornida havo pufakchalarini eltib, ularni uchlari suv o’simliklariga tutashgan uyasi gumbazi ostiga joylaydi. Agar o’rgimchak har gal atmosfera bosimi ostida 5 mm3 havo olsa, 50 sm chuqurlikda hajmi 1 sm3 bo’lgan uycha yasashi uchun u necha marta qatnashi lozim?
A) 100 B) 250 C) 50 D) 210
21. Tebranish konturi sig’imi 200 pF bo’lgan kondensator va induktivligi 5 mH bo’lgan g’altakdan iborat. Agar kondensatordagi kuchlanish amplitudasi 210 V bo’lsa, tok kuchi amplitudasi qanday (mA)?
A) 48 B) 44 C) 42 D) 46

Download 45.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling