Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” yo’nalishi 18. 10– guruh talabasi Tursunov Adhamjonning


Download 123.88 Kb.
bet2/11
Sana19.06.2023
Hajmi123.88 Kb.
#1619085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FIZIKA OQITISH METODIKASI KURS ISHI

K I R I S H


Fizika va astronomiya tabiatdagi hodisa va voqealarni hamda ularning qonuniyatlarini o ‘rgatuvchi fandir. Inson ham tabiatning bir bo‘lagi qatori, u bilan bevosita bog'lanishdadir. Tabiatdagi hodisalaming sirini bilish, ularning qonuniyatlarini aniqlash, asosan insonning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida olib boriladi. Bunday bo‘lmasa, fizika va astronomiyaning yutuqlaridan foydalanib, tabiatni tubdan o‘zgartirib yuborish mumkin edi. Tabiiy fanlarning ichida fizika va astronomiya alohida o‘rin egallagani uchun, uni barcha tabiiy fanlaming poydevorini tashkil qiladi deb aytiladi. Chunki, fizika barcha tabiiy fanlaming yutuqlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan va qo‘shib kelmoqda.
Bunga misol qilib, fizikaviy kimyo, kimyoviy fizika, biofizika, astrofizika, geofizika va boshqa fanlami ko'rsatish mumkin. Sir emas, hozirgi kunda tibbiyotda ham fizika va astronomiyaning o‘mi beqiyosdir, chunki uning hissasi dastlab rentgen nurlaridan boshlangan bo'lsa, hozirgi kunda ultratovush va lazerlaring qoMlanilishi, kompyuterli tomograflar orqali davom etmoqda.
Qolaversa, insoniyatni energetik inqirozdan qutqarishda ham, fizika
atom va yadro energiyalaridan foydalanish orqali o'zining munosib
hissasini qo‘shmoqda va qo'shadi.Ta’lim tizimida «fizika», «astronomiya», «fizika kursi»,«umumiy astronomiya kursi» yana «fizikaviy bilim» degan atamalar
uchraydi. Ularning mazmuni quyidagilami o‘z ichiga oladi. Fizika
insoniyat tarixida ilm qatori o‘z o ‘m iga ega. Uning yaratuvchilari
bo'lib, tabiatshunos olimlar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ham bu
sohada katta izlanishlar olib borilmoqda. Fizika va astronomiyaning
fan sifatida paydo bo‘lishi va rivojlanishiga buyuk mutafakkirlarimiz Roziy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo U lug'bek, Umar Hayyom va boshqalar o‘z vaqtida munosib hissa qo‘shishgan.

Har qanday fan kabi «Suyuqlik va gaz mexanikasi» fani ham ba’zi abstrakt tushunchalarga tayanadi, masalan, massa, tezlik, kuch, tezlanish, energiya va hokazo. Harakatlanayotgan moddiy jism uchun esa abstrakt modellar kiritiladi, bu modellar o‘z navbatida o‘rganilayotgan masala uchun tabiiy jismning juda muhim bo‘lgan xossalarini o‘zida ifodalaydi. Shuning uchun mexanikada asosan moddiy nuqta, absolyut qattiq jism (yoki moddiy nuqtalar sistemasi), tutash muhit kabi modellardan foydalaniladi:


1. Moddiy nuqta (o‘lchamlari hisobga olmaslik darajada kichik chekli massali jism) modelidan, masalan, jismning harakat traektoriyasini o‘rganishda foydalaniladi.
2. Absolyut qattiq jism (oralaridagi masofa o‘zgarmas holda joylashgan moddiy nuqtalar to‘plami) modelidan, masalan, jismning fazodagi holati, shakli va o‘lchami muhim bo‘lgan holatda foydalaniladi.
3. Tutash muhit modelidan esa jism tutashlik xossasiga ega, qo‘yilgan kuch ta’siridagi u deformatsiyalanuvchan va uning massasi fazo bo‘ylab notekis taqsimlangan holatda foydalaniladi. Endi bu modellar uchun muhim bo‘lgan ba’zi tushunchalarni keltirib o‘taylik. Moddiy sistema diskret deyiladi, agar u alohida joylashgan moddiy nuqtalardan iborat bo‘lsa, va aksincha u tutash deyiladi, agar unda moddalar, uning holatining fizik xarakteristikalari va fazodagi harakati uzluksiz taqsimlangan bo‘lsa. Ikkinchi holatda sistema tutash moddiy muhit yoki qisqacha tutash muhit deyiladi.
Tutashlik gipotezasi Dalamber tomonodan 1744 yilda kiritilgan. Masalan, qattiq jismlar, suyuqliklar (masalan, suv, yog‘, qorishma, eritma va hokazo), gazlar (masalan, gaz, bug‘, gaz aralashmalari va hokazo) tutash muhitga misol bo‘la oladi. O‘zgaruvchan tutash muhit mexanikada elastik va qovushoq hamda suyuq va gaz holatdagi jismlar deb o‘rganiladi.
4. Mexanikaning o‘zgaruvchan muhitlar harakatini o‘rganuvchi bo‘limi tutash muhitlar mexanikasi deyiladi, uning suyuq va gaz holatidagi muhitlarga aloqador bir qismi suyuqlik va gaz mexanikasi deyiladi. Tutash muhitning zarrachasi deb o‘lchamlari molekulyar masofalardan ko‘p marta katta bo‘lgan muhit hajmining juda kichik elementiga aytiladi. Suyuqlikning zarrachalarini taqriban nuqtaviy deb hisoblash mumkin. Suyuqlik deb ikkita alohida xususiyatga ega bo‘lgan fizik jismga aytiladi: yetarlicha kishik kuch ta’sirida ham o‘z hajmini keskin o‘zgartiruvchan va oquvchan, yengil qo‘zg‘aluvchan. Boshqacha aytganda, suyuqliklar – bu molekulalari betartib joylashgan, vaqti-vaqti bilan bir muvozanat holatdan boshqasiga sakrab o‘tib turadigan moddalar. Suyuqlikning eng muhim mexanik xarakteristikalari bu uning zichligi, solishtirma og‘irligi va qovushoqligi. Suyuqliklar ikki ko‘rinishda bo‘ladi: tomchili suyuqliklar; gazsimon suyuqliklar. Tomchili suyuqliklar odatdagi umumiy suyuqlik deb ataluvchi tushuncha bilan ifodalanuvchi suv, neft, kerosin, yog‘ va hokazo moddalar. Gazsimon suyuqliklar esa odatdagi gazsimon moddalar: havo, kislorod, azot, propan va hokazo. Suyuqlik va gaz mexanikasida «suyuqlik» tushunchasi kengroq ma’noda ishlatiladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tovush tezligiga yaqin, lekin undan pastroq tezliklarda gazlar o‘zini siqilmaydigan suyuqlikdek tutadi, tomchili suyuqliklar (masalan, suv) esa katta bosimlarda o‘zini siqiluvchan suyuqlikdek tutadi. Shuning uchun suyuqlik deganda kam siqiluvchan tomchili suyuqliklarni va osongina siqiluvchan suyuqliklar (gazlar)ni tuchunishga kelishib olingan. Ingliz tilidagi «Fluid» so‘zi ham suyuqlik, ham gaz ma’nosini anglatadi. Ideal gazlarning fizik-mexanik xarakteristikalarini gazlarning kinetik nazariyasi yordamida molekulyar darajada olish mumkin, ammo suyuqliklarning umumiy kinetik nazariyasi hozirgacha yaratilmagan. Texnologik maqsadlar uchun suyuqlik va gaz mexanikasini alohidaalohida ikkita bo‘lim sifatida rivojlantirish zarur, degan fikr hayolga keladi, aslida esa bunga hech qanday zarurat yo‘q. Haqiqatan ham, umumiy «fluid»ni bir jinsli substansiya yoki kontinium deb qarasak va ularga massaning, impulsning va energiyaning saqlanish qonunlarini tadbiq qilsak, juda ko‘p oqimlarning yuqori aniqlikda tavsifini berish mumkin. Suyuqlik va gazlarning, qattiq jismlardan farqli har xil asosiy belgilarini keltirish mumkin.

Fizikaviy bilim -tabiatdagi fizik hodisalami, qonuniyatlarni turmushdagi qo‘llanishlarim insonning ongida aks etishidir. 0 ‘quvchilam ing bilimini oshirishga ijobiy ta ’sir qiluvchi omillar quyidagilardir:


- o‘quvchilarning intellektual salohiyatining yuqori bo‘lishi,
boshqacha aytganda, ulam ing o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va unga
ijodiy yondashishi;
- o ‘qituvchilaming ilmiy salohiyatini va kasbiy mahoratini
yetarli darajada ekanligi;
- qo‘llanilayotgan o ‘quv dasturlari va o ‘quv kitoblarining
mazmunini didaktik talablarga to ‘liq javob berishi;
- o ‘qitish jarayonini axborot-kommunikativ va metodik jihatdan
to ‘la ta’minlanishi;
- o ‘qitishga kerak bolgan n moddiy-texnik bazaning mavjudligi;
- o ‘qitishni samarali uyushtirishga kerakli sanitar-gigiyenik
xavfsizlik, sotsial - psixologik shartlam ing mavjudligi, bilim
berishni yetarli darajada m oliyaviy ta ’minlanishi;
- o'qituvchilarning moddiy va m a’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirilishi;
- o ‘quvchilammg huquqini buzmaslik va majburiyatlarini
bajarishga insoniy muomalada bo‘lish;
- bilim berish jarayonini demokratik prinsipda amalga oshirish
va boshqalar.

Download 123.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling