Fizika va kimyo” fakulteti “ilmiy va metadologik kimyo” kafedrasi
I. Eritmalar haqida umumiy tushuncha
Download 54.58 Kb.
|
N kon, charos
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foiz konsentratsiya.
I. Eritmalar haqida umumiy tushuncha
1.2. Eritmalar kontsentratsiyasini ifodalash usullari. Eritmaning biror hajmi yoki massasi birligida erigan modda miqdorini ko`rsatuvchi kattalik eritmaning konsentratsiyasi deyiladi va C - harfi bilan belgilanadi. Eritma konsetratsiyasini ifodalashning quyidagi turlari mavjud: a) erigan moddaning massa ulushi (ω ) yoki foiz konsentratsiya (C %) b) molyar konsentratsiya (CM, mol/l) v) normal yoki ekvivalent konsentratsiyasi (Cn; N, g-ekv/l) g) Titr (T, g/ml) d) molyal konsentratsiyasi (Cm, mol/1000 g) e) molyar qism (N, mol) Har bir konsentratsiyasi turini alohida qarab chiqamiz. Foiz konsentratsiya. Har qanday eritmaning 100 gramida erigan moddaning gramm miqdorini ko`rsatuvchi qiymat foiz konsentratsiya deyiladi. Foiz konsentratsiya quyidagi formula yordamida hisoblanadi: . Ko`pchilik hollarda bu konsentratsiyani "massa ulushi" holida: ifodalanadi. Uning ma`nosi eritma umumiy og`irligining qanchasi erigan modda hissasiga to`g`ri kelishini bildiradi. Ma`lumki, eritmalar suyuq holda bo`lgani uchun uning miqdori hajm birligida (V, ml, sm3, litr) ifodalanadi. Bunday hollarda eritma massasi bilan hajmi o`rtasidagi bog`lanish m=V*ρ holida yoziladi. Bu erda d – 1 eritmaning zichligi, ya`ni 1 ml (sm3) hajmdagi eritmaning og`irligi deyiladi va g/ml, g/sm3, kg/m3 birlikda o`lchanadi. Masalan, 98% li H2SO4 eritmasining zichligi 1,84 g/sm3 ga teng deganda shu eritmaning 1 sm3 yoki 1 millilitri 1,84 g. massaga ega, deb tushunish kerak. Yuqoridagilarni e`tiborga olsak, eritmaning foiz konsentratsiyasi: Faraz qilaylik, osh tuzi eritmasining konsentratsiyasi 15% (0,15) li bo`lsin. Buning ma`nosi, osh tuzi eritmasining 100 gramida 15 g. NaCl moddasi 85 g. H2O da erigan. Boshqacha aytganda, shu eritmaning 1 og`irlik qismi (g.) da 0,15 og`irlik qism (g.) NaCl va 0,85 og`irlik qism (g.) H2O dan iborat. Download 54.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling