Fizikadan laboratoriya ishlari va namoyish tajribalari uzviyligini o’rganish”
III-bob. NAMOYISH TAJRIBALARI TEXNIKASI VA METODIKASI
Download 172 Kb.
|
Низомиддинова Gulnoza kurs ishi fao\'m.
III-bob. NAMOYISH TAJRIBALARI TEXNIKASI VA METODIKASI.
3.1 Namoyish tajribalarini tanlash va o’quvchilarni tajribani o’zlashtirishga tayyorlash. Namoyish tajribalarini o’qituvchi bajaradi va bir vaqtning o’zida butun sinf o’quvchilari tomonidan kuzatiladi. To’g’ri tashkil qilingan o’quv tajribasi shaxsda qo’yilgan maqsadlarga intilishdagi sobitlikni, aniq ma’lumotlar olishda puxtalikni, ishdagi aniqlikni, qaralayotgan hodisalarning asosiy sifatlarini va boshqalarni kuzatish hamda ajratib olish malakasini tarbiyalashda amaliy vosita bo’lib xizmat qiladi. Tajriba va kuzatishlarni tushuntirish o’quvchilarni tajriba metodining mohiyati, uning fizikadan ilmiy tadqiqotlardagi roli bilan tanishtirish, shuningdek, o’quvchilarni ba’zi bir ko’nikmalar bilan qurollantirish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Fizik tajriba asosida hodisalarni o’rganish o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga, fizik qonuniyatlarni yanada chuqurroq o’zlashtirishga yordam beradi, o’quvchilarning fanni o’rganishga bo’lgan qiziqishini orttiradi. Namoyish tajriba hodisa qonunlarni o’rganishda o’quvchilarning fikrlashiga o’qituvchining faol rahbarlik qilishi talab qilingan hollarda zarur bo’ladi. Tajribani namoyish qilish maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib, uning davomida o’qituvchi o’quvchilarning his-tuyg’ularini boshqaradi va ularda ma’lum tasavvur va tushunchalarni shakllantiradi. Namoyishli tajribaning o’qituvchi nutqi bilan qo’shilishi fizik tushunchalarni muvaffaqiyatli shakllantirishning muhim shartlaridan biridir. O’rta umumta’lim maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari fizika dasturlarida har bir mavzu bo’yicha namoyishli tajribalar ko’rsatilgan. Bu tajribalar laboratoriya ishlari bilan birgalikda fizik ta’limning tajribalar asosi bo’lib xizmat qiladi. Namoyish tajriba o’tkazishda quyidagilarga asoslanish mumkin: u yoki bu hodisani kuzatish, ilgari surilgan g’oyani tekshirish, fizik qonuniyatlarni aniqlash va ulardan kelib chiqadigan natijalarni tekshirish. Muhim fizik tushunchalarni shakllantiradigan, qonuniyatlarning, fizik g’oya va farazlarni mohiyatini ochib beradigan natijalar alohida o’rin egallashi kerak. Masalan, Ersted, Faradey va boshqalaring klassik tajribalari shular jumlasidandir. Namoyish tajribada tajriba qurilmalarini tanlash va tajribani o’tkazish bu o’qituvchining ishi, o’quvchilar esa ko’pincha tajriba natijalarini qayd qiluvchi va qayta ishlovchi kuzatuvchilardir. O’quvchining fizik qonuniyatlarni qanchalik chuqur o’rganishi o’qituvchining namoyish tajribasini tanlashiga ham bog’liq. Qabul qilingan metodikaga tayanib, shunday tajribalarni tanlash kerakki, ularni kuzatish o’quvchilarning o’quv materialini tushunib olish uchun ahamiyatli bo’lishi kerak. Namoyish tajribalarini tanlashda shunga intilish kerakki, o’rganilayotgan hamma hodisalar va ularning muhim qo’llanishlari o’quv materialini tushuntirilayotganda ko’rsatib o’tiladigan bo’lsin. Biroq bunda har bir darsda o’tkazilishi mumkin bo’lgan namoyishlar soni me’yorida bo’lishi kerak: namoyishlar juda ko’payib ketib, asosiy bosh masalani eslab qolishga xalaqit bermasin. Boshqa tomondan, namoyish tajribalarni kamaytirib yuborib, namoyishlar orasidagi bo’sh vaqtni materialni “quruq” gap bilan bayon qilish natijasida o’quvchilarning e’tiborini susaytirish ham yaramaydi. Ba’zida tajribani takrorlab ko’rsatish foydali bo’ladi. Ammo bitta variantdagi tajribaning o’zini faqat o’quv materialini yanada chuqurroq o’zlashtirishiga erishish mumkin bo’lgan taqdirdagina takrorlash tavsiya etiladi. Tajriba variantlaridan shundayini tanlash kerakki, o’rganilayotgan hodisa yoki uning qo’llanilishi aniq namoyon bo’ladigan bo’lsin. Ayinqsa, tanlangan tajribalar to’plami oddiy bir tajribalar to’plamidan iborat bo’lmay bir tajriba avvalgisining mantiqiy davomi va avvalgilariga bog’langan sistemani tashkil etish muhim ahamiyatga ega. O’quvchilar bu tajribalarning mantiqiy bog’lanishini sezishlari va tushunishlari kerak. Tajribani g’oyasi, uning borishi va olingan natijalar o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishi kerak. Shu sababli tajribani namoyish qilish chog’ida uning g’oyasini yaxshilab tushuntirish lozim, bunda odatda doskaga qurilmani sxemasini chizib ko’rsatiladi. O’quvchilar tajribaning g’oyasini namoyish qurilmaning sxemasini tushunib olganlaridan so’ng uni yig’ishga kirishish tavsiya etiladi. Kuzatishlarning ko’rsatishicha tayyor yig’ilgan qurilmalarda tajriba ko’rsatishining samaradorligi kam bo’lar ekan va shu sababli o’quvchilar dars paytida odatda, panelida sxemasi berilgan, montaji esa orqasida “yashiringan” tayyor shitlarda o’qituvchi namoyish qilgandagi harakatlarini takrorlaydilar. O’quvchilar namoyish qurilmaning qanday yig’ilishini ko’rishlari kerak, chunki yig’ish jarayonida ular sxema elementlarini real qurilmada taqqoslab boradilar, bu esa o’rganilayotgan hodisani chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari o’quvchi, o’qituvchining namoyish qurilmani yig’ishini kuzatib tajriba o’tkazishga o’rganishni nazarda tutish kerak. O’quvchilar laboratoriya ishlarini bajarishda va tajribani namoyish qilish davomida hamda darsda javob berayotganda o’qituvchining ko’rsatganlarini takrorlaydi. Namoyish tajribani yig’ib bo’lgandan so’ng o’quvchilarning diqqatini kuzatilayotgan hodisa sodir bo’layotgan elementga qaratish lozim. Faqat shundan keyingina tajriba o’tkazishga o’tish kerak. Tajriba o’tkazilgandan keyin uning natijalarini tushuntirish kerak. Download 172 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling