Fizikadan masalalar 10 10-sinf masalalari va test savollari to`plami
I bobni yakunlash yuzasidan test savollari
Download 1.51 Mb.
|
10 sinf fizika masalalar yechimi
I bobni yakunlash yuzasidan test savollari
1. Motorli qayiqning daryo oqimi bo‘ylab suzgandagi qirg‘oqqa nisbatan tezligi 6 m/s, oqimga qarshi suzganda esa 4 m/s. Daryo oqimining tezligi (m/s) nimaga teng? A) 0,5; B) 1; C) 2,5; D) 5. 2. Jism 15 m/s tezlik bilan vertikal pastga qarab tashlandi. U 2 s o‘tgach qanday tezlikka erishadi (m/s)? A) 25; B) 35; C) 30; D) 45. 3. Jism qanday tezlik bilan vertikal otilsa, u 6 s dan so‘ng otilgan joyiga qaytib tushadi (m/s)? A) 20; B) 35; C) 30; D) 40. 4. Yuqoriga tik otilgan jismning tezligi 2 s o‘tgach, ikki marta kamaydi. U qanday tezlik bilan otilgan? A) 30; B) 40; C) 50; D) 60. 5. Massalari 100 g va 150 g bo‘lgan ikki metall sharcha bir xil tezlik bilan tik yuqoriga otildi. Ularning qaysi biri balandroq ko‘tariladi? Havoning qarshiligini hisobga olmang. A) massasi kichik bo‘lgan sharcha; B) massasi katta bo‘lga n sharcha; C) ikkalasi bir xil balandlikkacha ko‘tariladi; D) berilgan ma’lumotlar yetarli emas.6. Aylanma harakat 50 ta tishi bo‘lgan g‘ildirakdan 150 ta tishi bo‘lgan g‘ildirakka uzatilmoqda. Birinchi g‘idirak 2 s davomida bir marta to‘liq aylanib chiqsa, ikkinchi g‘ildirakning aylanish davri qancha? A) 3 s; B) 7,5 s; C) 5 s; D) 6 s. 7. Egri chiziqli tekis harakatda quyidagi kattaliklarning qaysi biri o‘zgarmaydi? A) oniy tezlik moduli; B) tezlanish moduli; C) o‘rtacha tezlik moduli; D) tezlanish vektori. 8. Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektorining yo‘nalishi qanday? A) trayektoriyaning egrilik radiusi bo‘yicha markazga; C) harakat trayektoriyasi bo‘yicha; D) egri chiziq radiusi bo‘yicha markazdan tashqariga. 9. 125 m balandlikdagi minoradan jism 30 m/s tezlik bilan gorizontal yo‘nalishda otildi. Jismning uchish uzoqligini aniqlang. A) 300 m; B) 120 m; C) 240 m; D) 150 m. 10. Jism yerdan gorizontga nisbatan 30° burchak ostida 20 m/s boshlang‘ich tezlik bilan otildi. Boshlang‘ich tezlik vektorining gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarini aniqlang (m/s). A) 10 va 14,1; B) 17,3 va 10; C) 14,1 va 10; D) 20 va 10.
2-mashq 1-masala
Uyning tomi gorizontga nisbatan 30o ni tashkil etadi. Tom ustida yurgan odam oyoq kiyimining tagcharmi bilan tom usti orasidagi ishqalanish koeffi tsiyenti qancha bo‘lganda, u sirpanmasdan yura oladi? (Javobi: 0,58).
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling