Fizikadan qisq
Download 1.36 Mb.
|
Fizikadan qisqa savol va javoblar
181) SGS sistemasining asosiy birliklarini nechta va ular qaysi? 3ta. Bular: uzunlik(sm), massa(g), vaqt(s). SGS (santimetr, gramm, sekung) qisqartma so’zdir.
182) SGS sistemasi kim tomonidan taklif etilgan? Nemis olimi K.Gauss. 183)Atom tushunchasini fanga kim kiritgan va bu so’zning ma’nosi nima? Qadimgi yunon olimi Demokrit. Yunoncha “bo’linmas”. 184)Molekula so’zining ma’nosi? Lotincha “moles” kichik massa, parcha demakdir. 185)Protonning massasi elektron massasidan necha marta katta? 1836 marta. 186)Neytronning zaryadi qancha? Nolga teng.Ya’ni zaryadsiz. 187)Qachon suyuqlik o’zi quyilgan idish shaklini olmaydi? Vaznsizlikda. 188)Elektromagnit induksiya hodisasini kim kashf etgan? Maykl Faradey. 189)Induksion tok qachon hosil bo’ladi? Magnit oqimi o’zgarsa. 190)Zaryad magnit maydonda aylana bo’ylab harakat qiladi, agar … U magnit maydonga tik ravishda uchib kirsa. 14 191)Zaryad magnit maydonda vintsimon harakat qiladi, agar … U magnit maydonga o’tkir yoki o’tmas burchak ostida uchib kirsa. 193) Zaryad magnit maydonda to’g’ri chiziq bo’ylab harakat qiladi, agar … U magnit maydoniga parallel uchib kirsa. 194) Konturdagi tok o’zgarishini kompensatsiyalovchi “inertlik” nima? Induktivlik. 195)Rezonans so’zining ma’nosi? Aks-sado. 196)Radiouzatkichda sodir bo’ladigan jarayonlar? Tebranish konturini sozlash, modulyatsiya. 197)Radiopriyomnikda sodir bo’ladigan jarayonlar? Detektorlash, tebranish konturini sozlash. 198)Sog’lom kishi uchun eng yaxshi ko’rish masofasi qancha? 25sm. 199)Yorug’likning ko’ndalang to’lqinligini tasdiqlovchi asosiy hodisa nima? Yorug’lik qutblanishi. 200)Atomning asosiy massasi qayerda to’plangan? Yadroda. 201)Vodorod atomini elektron tark etishi uchun unga beriladigan minimal energiya miqdori? -13,55eV. 202)Yadro reaktorida yadro yoqilg’isi-… Uran va plutoniy. 203)Neytronlarni yutuvchi moddalar-… Kadmiy va bor. 204)Sekinlatkich moddalar-… Grafit va og’ir suv. 205)Issiqlik tashuvchi moddalar-… Suyuq natriy va oddiy suv. 206)Elementar zarralardan tinchlikdagi massasi nolga teng bo’lgani qaysi? Foton. 207)Jism ilgarilanma harakat qilishi uchun … Ta’sir etayotgan kuch yoki uning davomi jismning og’irlik markazidan o’tishi kerak. 208)Gravitatsion ta’sir qanday zarralar orqali amalga oshadi? Gravitonlar. 15 209)Elektromagnit ta’sir qanday zarralar orqali amalga oshadi? Fotonlar. 210)Kuchli (yadroviy) o’zaro ta’sir qanday zarralar orqali amalga oshadi? Glyuonlar. 211)Kuchsiz o’zaro ta’sir qanday zarralar orqali amalga oshadi? Vektorli bazonlar. 212) Gravitatsion ta’sir qanday zarralar orasida paydo bo’ladi? Barcha zarralar. 213) Elektromagnit ta’sir qanday zarralar orasida paydo bo’ladi? Zaryadli zarralar. 214) Kuchli (yadroviy) o’zaro ta’sir qanday zarralar orasida paydo bo’ladi? Nuklonlar. 215) Kuchsiz o’zaro ta’sir qanday zarralar orasida paydo bo’ladi? Kvarklar. 216)Hozirgi zamon nazariyalariga ko’ra tabiatdagi barcha elementlarning eng fundamental,eng kichik,hech qanday zarralarga bo’linmaydigan,barcha jismlar asosi bo’lib xizmat qiluvchi zarra qaysi? Kvarklar. 217)Ultratovush to’lqini hosil qiluvchi hodisalar? Teskari pezoelektrik effekt va magnitostriksiya. 218)Gaz molekulalarini tarqalish tezligini tajribada 1-bo’lib aniqlagan olim? Shtern. 219)Qanday holda gazlarni suyultirish mumkin? Temperatura kritik temperaturadan past,bosim kritik bosimdan yuqori bo’lgan holda. 220)Suyuqlik qanday temperaturadan boshlab bug’lana boshlaydi? T>0 bo’lgan har qanday temperaturadan boshlab. 221)Amorf jismlarda erish jarayonida harorati qanday o’zgaradi? Ortadi. 222)Ko’zning akkomadatsiya chegarasi necha sm? 20sm. 223)Lupaning maksimal kattalashtirishi qancha? 25ga teng. 16 224)Qachon intrerferension manzara oq-qora chiziqlardan qoladi? Agar interferensiya hodisasi monoxromatik nurlardan bo’lsa. iborat bo’lib hosil bo’lgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling