Fizikadan qisq
Download 1.36 Mb.
|
Fizikadan qisqa savol va javoblar
FIZIKADAN QISQA SAVOL VA JAVOBLAR Tuzuvchi: Toshev Anvar Maratovich 1 Ushbu Fizikadan qisqa savol va javoblar imtihon oldida turgan abituriyentlarga so’nggi tayyorgarlik bosqichini o’tab berishiga ishonamiz. Savol-javoblarni tuzib chiqishda imkon boricha maksimal darajada fizika fanini maktab va o’rta-maxsus dasturlaridan chiqmaslikka harakat qilingan. Ayniqsa, yangi chiqqan 10- va 11-sinf darsliklarini barcha mavzulari qamrab olingan. M.H.O’lmasova avtorligidagi FIZIKAdan Akademik litseylar uchun o’quv qo’llanmasini barcha 3ta kitobi ham to’liq qamrab olingan. Barcha abituriyentlarga o’zlari hohlab topshirgan oliy o’quv yurtlariga kirib ketishlariga chin yurakdan tilakdoshmiz. Hurmat va ehtirom bilan Toshev Anvar Maratovich. Kanalimiz FIZIKA FINE. @Fiz_ BookXatirchi 2 1)Yarim yemirilish davri… Jism molekulalarining kimyoviy o’zgarishiga bog’liq emas. 2)Ikki yoqlama botiq shisha linza yordamida haqiqiy tasvir olish mumkinmi? Mumkin, agar linza sindirish ko’rsastkichi shishanikidan katta bo’lgan muhitda turgan bo’lsa. 3)Elektr tokining issiqlik ta’siri qaysi muhitdan o'tganda kuzatilmaydi? Vakuumdan. 4)Elektr tokining magnit ta’siri qaysi muhitdan o'tganda kuzatiladi? Istalgan muhitdan o’tganda. 5)Radioaktiv yemirilish natijasida yadro qanday o'zgaradi? Yadro umuman boshqa yadroga aylanadi. 6)Fotoelement- bu qanday asbob? Yorug’lik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi asbob. 7)Jism qanday hollarda tezlanishga ega bo'lmaydi? Tinch holatda va to’g’ri chiziqli tekis harakatda. 8)Moddaga tegishli bo'lgan kritik temperaturadan yuqori temperaturalarda u qanday agregat holatda bo'ladi? Gaz holatida bo’ladi. 9)Erkin proton va neytronlardan atom yadrosi hosil bo'lish jaroyonida energiya ajraladimi yoki yutiladimi? Ajraladi. 10)Mikroskopda qanday tasvir hosil bo’ladi? Mavhum,teskari,kattalashgan. 11)Qaysi asbob yordamida o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirish mumkin? Yarim o’tkazgichli diod,elektr lampali diod. 12)O’tkazgichlarning qaysilari ionli o’tkazuvchanlikka ega? Elektrolitlar va gazlar. 13)Kristall qattiq jismlarning o’zgarmas temperaturada erish jarayonida ichki energiyasi qanday o’zgaradi? O’zgarmaydi. 14)Mexanik to’lqinlarning quyidagi parametrlaridan qaysilari biror muhitdan boshqa muhitga o’tganda o’zgarmaydi? Chastotasi. 15) Tik yuqoriga otilgan jismning to’liq mexanik energiyasi qachon eng katta 3 bo’ladi? (havoning qarshiligi hisobga olinsin) Otilish boshida. 16)Dielektriklar elektrostatik maydonga kiritilsa, qanday hodisa yuz beradi? Dielektrik qutblanadi va tashqi maydonni susaytiradi. 17)Jismni gaz holatidan to’g’ridan-to’g’ri qattiq holatga o’tish jarayoni nima deyiladi? Depozitsiya. 18)Elektromagnit to’lqinlar to’lqinlarning qaysi turiga kiradi? Ko’ndalang. 19)To’g’rilagich qanday vazifani bajaradi? O’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantiradi. 20)0’zgarmas tok o’tayotgan o’tkazgichning atrofida qanday maydon bo’ladi? Elektr va magnit. 21)Qanday kuchlarning bajargan ishi traektoriyaning shakliga bog'liq emas? Tortishish kuchlari, elastik kuchlar va elektrostatik kuchlar. 22)Bo'ylama to’lqinda muhit zarrachalari qanday yo’nalishda tebranadi? Faqat to’lqin tarqalishi yo’nalishida. 23)Ko'ndalang to'lqinda muhit zarrachalari qanday yo’nalishda tebranadi? To’lqin tarqalishiga perpendikulyar yo’nalishda. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling