Fizikadan qisq


Download 1.36 Mb.
bet9/14
Sana23.09.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1686764
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Fizikadan qisqa savol va javoblar

301)Popovga parallel ravishda kim radio ixtiro qilgan? Markoni.
Juda kam qaytadi,

Italyan mihandisi


302)Tovush tebranishlarini elektr tebranishlariga aylantiruvchi asbob nima? Mikrofon.

303)Past chastotali elektr tebranishlarni yuqori chastotali elektr tebranishlarga qo’shib (“mindirib”) yuborishga … deyiladi. Modulyatsiya.

304)Yuqori chastotali tebranishlardan past chastotalisini ajratib olish … deyiladi. Detektorlash.

305)Elektr tebranishlarni tovush tebranishlariga aylantiruvchi asbob nima? Telefon.

306)Ilk televizion apparat “Telefot”ni kim yasagan? Hamyurtlarimiz Boris Pavlovich Grabovskiy va Belyanskiy.

307)Ikonoskop qanday asbob? Narsalarni tasvirini elektr signallariga aylantiruvchi asbob.

308)Kineskop qanday asbob? Elektr signallarni ko’rinadigan tasvirga aylantiruvchi asbob.

309)Toshkent teleminorasi necha km gacha teleko’rsatuvlarni uzata oladi? 100km gacha.

310)Vakuumda dispersiya kuzatiladimi? Yo’q, chunki vakuumda barcha nurlar bir xil tezlikda tarqaladi.

311)Hozirgi rangli televizorlar va kompyuterlar qaysi ranglardan istalgan ranglarni hosil qiladi? Qizil, yashil, zangori.

312)Qanday moddalar tutash (uzluksiz) spektr beradi? Qattiq, suyuq holatdagi va juda kuchli siqilgan gazlar.

313)Qanday moddalar yo’l-yo’l spektr beradi? Molekulyar holdagi gazlar.

314)Qanday moddalar chiziqli spektr beradi? Atomar holdagi gazlar.

22

315)”Seziy” so’zi ma’nosi nima? Samoviy-havorang

316)”Quyoshga oid”ma’nosini beruvchi element qaysi? Geliy.

317)Elektr maydon kuchlanganligi Eni tebranishlari yotadigan tekislik qanday tekislik? Tebranishlar tekisligi.

318) Magnit maydon kuchlanganligi hni yotadigan tekisligi qanday tekislik? Qutblanish tekisligi.

319)Qutblangan yorug’lik nima? E va H tebranishlari biror tarzda tartiblangan yorug’lik.

320) Yassi (to’g’ri chiziqli) qutblangan yorug’lk nima? E vektori tebranishlari hamma vaqt bitta tekislikda sodir bo’ladigan yorug’lik.

321) Qutblagichlar qanday moddalardan tayyorlanadi? Turmalin yoki island shpati.

322)Tabiiy yorug’likni qutblab beruvchi asbob nima? Qutblagich (polyarizator).

323)Yorug’likning qutblanish darajasini, qutblanish tekisligining vaziyatini aniqlash uchun ishlatiluvchi asbob nima? Analizator. Aslida bu ham qutblagich. Faqat shu vazifani bajargani uchun shunday nom olgan.

324)Qutblangan yorug’lik qayerlarda ishlatiladi? Sifatli rasmlar olish, eritmalardagi qand va oqsillarni konsentratsiyasini aniqlashda.

325)Rentgen nurlari qanday hosil bo’ladi? Tezlashtirilgan zaryadli zarralarning keskin tormozlanishida.


326)Yorug’lik oqimi birligi nima?

327)Yorug’lik kuchi birligi nima?
Lyumen (lm).

Kandela( cd).


328)Yoritilganlik birligi nima? Lyuks (lx).

329)Ravshanlik birligi nima? Nit (cd/m2) Qavs ichidagi asosiy birligi. Qavsdan tashqaridagi sistemaga kirmaydigan birligi.

330)Relyativistik so’zi ma’nosi nima? Inglizcha- nisbiylik.

23

331)Plank doimiysini tajribada kim aniqlagan? Milliken.

332)Quyosh batareyasi asosini nima tashkil qiladi? n-tipdagi kremniy plastinkasi.

333)Atom tuzilishiga doir birinchi model kimga tegishli? Tomsonga (tomchi modeli).

334)Qaysi holatdagi vodorod atomini ionlashtirish uchun eng ko’p energiya kerak? Asosiy holatdagi (n=1).

335)Birinchi lazer qurilmalarini kimlar ixtiro qilgan? Basov, Proxorov, Tauns.

336)Grekcha “birinchi” ma’nosini beruvchi zarra nima? Proton.

337) Lotincha “u ham emas, bu ham emas” ma’nosini beruvchi zarra nima? Neytron.


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling