Fizikadan tanlangan masalalar


Download 29.58 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi29.58 Kb.
#1592907
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yakuniy nazorat savollari 301-302-303-304


Namangan davlat universiteti Fizika fakulteti fizika yo’nalishi 3-kurs talabalari uchun “Fizikadan tanlangan masalalar” fanidan yakuniy nazorat savollari
Variant-

  1. Ikki jism bir to’g’ri chiziq bo’ylab bir-birga qarama-qarshi yo’nalishda, 10 va 20 m/s boshlang’ich tezlik va harakat yo’nalishlariga qarama-qarshi yo’nalgan 2 va 1 m/s2 tezlanish bilan harakatlana boshladi. Ular orasidagi masofa ko’pi bilan qanday bo’lganda ular hali harakatlanayotgan vaqtda uchrashishadi.

  2. Miltiqdan otilgan o’q, diametri 20 sm va 50ayl/s tezlik bilan aylanayotgan ingichka devorli silindirni teshib otdi. O’q silindirning diametri yo’nalishida uchib kirgan va undan chiqib ketishda kiruvchi teshik 1 sm ga siljigan bo’lsa, o’qning tezligini toping. π=3,14

  3. Suv solingan idishda silindir vertikal holatda suzmoqda. Idishga zichligi kichikroq bo’lgan 20sm balandlikdagi ikkinchi suyuqlik quyilganda, silindirning suvga botish chuqurligi 15sm ga kamaygan bo’lsa, quyilgan suyuqlikning zichligi nimaga teng? Suyuqlik quyilgan paytda silindir unga to’la botmaydi.

  4. Bir tomondan berkitilgan probirkadagi havo uzunligi 19sm bo'lgan simob bilan berkitilgan. Agar probirka ochiq uchi bilan pastga qaratilsa probirkadagi havo ustunining balandligi 10sm, agar probirka ochiq uchi bilan yuqoriga qaratilsa probikadagi havo ustunining balandligi 6sm ga teng bo'ldi. Atmosfera bosimi nimaga teng bo'lgan(mm sim.us.)?

  5. Massalari 6g bo'lgan ikkita bir xil metall sharchalar, uzunligi 13sm bo'lgan bir xil va ikkinchi uchlari bir nuqtaga ilingan iplarga osilgan. Sharlarning har biriga qanday zaryad berilganda(nC) ular bir-biridan 24sm masofaga qochadi? k=9·109 m/F , g=10m/s2.




Download 29.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling