Fizikani o’qitish metodikasidan” kurs ishi mavzu: mexanika boʻlimlarini oʻqitish metodikasi t oshkent 2022 mundarija


Download 0.79 Mb.
bet4/11
Sana14.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1002710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi guli

Oniy tezlik. Oniy tezlik tushunchasini kiritishning qiyin-chiligi shundaki, bunda o‘quvchilarga mavzutik tushunchalardan ham ma’lum bo‘lmagan chegaraviy o‘tishdan foydalanish kerakligi bilan bog‘liqligidir. Shuning uchun o‘rtacha tezlik topilishi kerak bo‘lgan vaqt oralig‘ining cheksiz kamaytirilishi haqida gapirish o‘rniga, ya’ni benihoya kichik kattalik o‘rnida juda kichik, lekin cheklangan vaqt oralig‘i-fizik kichik kattalik kiritiladi. Misol tariqasida qiya tekislikdan dumalayotgan sharchaning stroboskopik suratlaridan foydalanib ikki jism orasidagi o‘rtacha tezlik bir-biri bilan farq qilgani holda, bir qismda sharchaning har 0,002 sekunddan keyingi vaziyatlari tahlil qilinadi. Bu holda o‘rtacha tezliklar orasidagi farq deyarli yo‘qligini ko‘rsatish mumkin.
Kinematikani o‘rganish mexanik harakat tushunchasidan boshlanadi. Bunday harakat bir jismning boshqa jismga nisbatan vaziyatning o‘zgarishi bilan aniqlanadi. Mexanik harakat, tekis harakat, notekis harakat, trayektoriya kabi tushunchalarni o‘rga-nishdagi metodika shunday bo‘lishi kerakki, darsda va sinfdan tashqari ishlarda kuzatishlarga imkoniyat yaratish juda muhim. O‘quvchilarda kuzatishlarga, solishtirishlarga va xulosalarga qiziqishlar paydo bo‘la boshlashi ular tajribalarda fizik hodisalarni topa bilishga o‘rganishlari va aniq fizik tasavvurlarga tayangan holda mexanika tushunchalaridan foydalanishlari muhimdir.
Mexanik harakatning universialligi shundan iboratki, zarralardan tashkil topgan barcha moddiy jismlar harakat qiladi. Jismlarni tashkil etgan barcha zarralar doimiy harakatda bo‘ladi. Mexanik harakat materiya harakatining tarkibiy qismi bo‘lishi bilan birga eng murakkab shakli hisoblanadi. Nisbiylik muammosi hozirgi zamon fizikasining asosiy g‘oyalaridan biridir. Nisbiylik tushunchasining shakllanishi mexanik harakatning nisbiyligidan boshlanadi. Chunki mexanikada harakatning tarektoriyasi, yo‘li, tinch yoki harakat holatini baholaganda biror sanoq boshiga nisbatan baholanadi. Jismning harakati turli sanoq sistemasiga nisbatan turlicha bo‘ladi. Demak, har qanday harakat har qanday tinchlik nisbiy ekan.
Kinematika bo‘limini o‘rganishni tugatgach, o‘tilgan mavzular bo‘yicha bilimlarni umumlashtirish maqsadga muvofiqdir. Umumlashtirish uchun jadval to‘zib, jadvalda to‘g‘ri chiziqli harakat, tekis va tekis tezlanuvchan harakatda tezlik, tezlanish, ko‘chish va koordinatalarning vaqtga bog‘liqligini ham analitik ham grafik usulda keltiriladi. Bilimlarni umumlashtirishda tekis va tekis tezlanuvchan harakatni taqqoslashda bunday grafiklar ustida ishlash o‘quvchilar bilimini mustahkamlash nuqtai nazaridan juda foydalidir. O‘rganilgan o‘quv materialini jadvallar yordamida umumlashtirish bilimlarni takrorlash va chuqurlashtirishdan tashqari taqqoslash va sistemalashtirish kabi fikrlash jarayonlariga o‘rganish borasida ham afzalliklarga ega.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling