Analogli zanjirlar, raqamli zanjirlari - Analogli signallarni qabul qiluvchi, qayta ishlovchi, uzatuvchi elementlardan iborat elektr zanjiriga analogli zanjir yoki analogli elektron zanjir deyiladi.
- Raqamli elektronika rivojlanishi natijasida elektr zanjirlarda turli raqamli komponentlar, integral mikrosxemalar ko’p qo’llanila boshlandi va to’la raqamli elementlardan iborat raqamli zanjirlar shakllandi. Shunday qilib, elektron zanjirlar qabul qiladigan va qayta ishlaydigan signal turiga qarab zanjirlar analogli yoki raqamli zanjirlarga bo’linadi.
- Analogli signal deb turli vaqt momentlarida cheklan-magan qiymatlarni qabul qiluvchi uzluksiz funksiya-dan iborat signalga aytiladi. Eng ko’p duch kelinadigan analogli signal bu ovozli tovushlar bo’lib ularning amplitudalarining vaqtga bog’liqlik grafigi uzluksiz shalga ega bo’ladi. Odatda analogli signallar o’zlari tavsiflayotgan fizik jarayon qonuniyati bo’yicha o’zgaradi.
Raqamli signallar. - Raqamli signal deb turli aniq vaqt momentlarida cheklangan qiymatlarni qabul qiluvchi uzlukli funksiyadan iborat signalga aytiladi. Raqamli signallarni diskret qiymatlar ketma-ketligi sifatida tasavvur qilish mumkin. Hozirgi kunda ikkilik raqamli signallar sodda kodlash usuli, ikkilik elektronikada qo’lla-nilishi bilan keng tarqalish oldi.
- Raqamli signallarni analogli kanallar orqali uzatish uchun turli manipulyatsiyalar (modulyatsiya) dan foydalaniladi.
Analogli va raqamli signallar. Chiziqli zanjir - Faqat chiziqli elementlardan iborat bo’lib, to’k kuchi kuchlanishga Om qonuniga ko’ra to’g’ri proportsional bo’lgan zanjirga – chiziqli zanjir deyiladi. Bunday zanjirlar faqat chiziqli elementlardan tashkil topadi va qarshilik doimiy hamda tashqi berilgan kuchlanishga bog’liq bo’lmaydi.
- Barcha chiziqli elementlarni chiziqli algebraik va differensial tenglamalar bilan tavsiflash mumkin. Chiziqli elektr zanjirlarini hisoblash uchun turli murakkab hisoblash usullaridan foydalaniladi, bular: Kirxgof qonunlari, kontur toklar qonuni, tugun potensiallar usuli, ekvivalent generator usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |