Fizikaviy kattaliklarni o`lchash. O’lchash xatoliklarni hisoblash


Download 1.2 Mb.
bet1/3
Sana09.01.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1085403
  1   2   3
Bog'liq
1-ish


1- LABORATORIYA ISHI.

Fizikaviy kattaliklarni o`lchash. O’lchash xatoliklarni hisoblash.




Ishning maqsadi: Mikrometr va shtangensirkuldan to`g`ri foydalanishni, bilvosita va bevosita o`lchash usulida absolyut va nisbiy xatoliklarni hisoblashni o`rganish.
Kerakli asbob va qurilmalar: mikrometr,shtangensirkul,chizgich o`lchanadigan jismlar.
Fizikaviy kattaliklarni o’lchash.
Fizika fani bizni o`rab olgan moddiy dunyodagi hodisalar haqidagi ma'lumotlarni tajriba orqali yig’adi. Laboratoriya sharoitida muayyan hodisa u yoki bu faktorning ta'sirini o`rganish maqsadida fizikaviy tajriba o`tkaziladi.
Fizikaviy kattalik–biror sifatni miqdoriy xarakterlovchi kattalikdir. Fizikaviy kattaliklar yordamida har qanday jarayonni matematik ifodalash mumkin. Fizikaviy kattalikni o`lchash uni etalon qilib qabul qilingan bir jinsli miqdor bilan o`zaro solishtirish jarayonidan iboratdir. O`lchashlarni ikkiga bo`lish mumkin.
1) bevosita o`lchash.
2) bilvosita o`lchash.
Agar o`lchash asboblari yordamida aniqlash lozim bo`lgan o`lchamga erishsak, bunday o`lchash usuliga bevosita yoki to`gridan–to`gri o`lchash deyiladi. Masalan: vaqtni, uzunlikni, tok kuchini va shunga o’xshashlar. Bevosita o`lchangan kattaliklar ustidan biror matematik operatsiya (ko`paytirish, bo`lish, ildiz chiqarish, logarifmlash va h.k.) bajarib aniqlanishi lozim bo`lgan natijaga erishilsa, bilvosita (vositali) o`lchash deyiladi. Masalan: matematik mayatnik tebranish davri T2 hisoblash qonunida erkin tushish tezlanishi g42 orqali «g» ni hisoblash mumkin. Bu yerda va T lar bevosita o`lchanadigan kattaliklar bo’lib g esa bilvosita o`lchanadigan kattaliklar. Har qanday fizik kattaliklarni o`lchaganda turli sabablarga ko`ra xatoliklarga yo`l qo`yiladi. O`lchash usuli yoki asboblarni mukammallashmaganligi tufayli vujudga keladigan xatoga sistematik xato deyiladi. Bunday xatolik boshqa usul bilan o`lchab ko`rib amalga oshiriladi. Har xil sabablarga ko’ra vujudga keladigan xato tasodifiy xatolik deyiladi. Masalan: tashqi sharoitni keskin o`zgarishi va shunga o’xshashlar. Tasodifiy xatolikni kamaytirish faqat tajribani ko`p marta takrorlash natijasida hisobga olinishi mumkin.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling