Fizikaviy kattaliklarni o`lchash. O’lchash xatoliklarni hisoblash
O`lchash natijalarini grafik usulda tasvirlash
Download 1.2 Mb.
|
1-ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. Shtangensirkul va mikrometr orasidagi farq nimada
O`lchash natijalarini grafik usulda tasvirlash.
Tajribalarda o`lchangan fizik kattaliklar natijasini nazariy xulosalar bilan yoki orasidagi bog`lanishlarni solishtirish uchun grafikdan foydalanadilar. Grafik tuzishdan avval tajribada o`lchanadigan kattalikni har bir qiymati va unga mos keladigan 2- ni kattalik (argument) qiymatlarini jadvali tuziladi. Absissa o`qiga argumentni, ordinata o`qiga funksiyani qiymatlarini qo`yib, uni qanday birliklarda o`lchashni yozib qo`yiladi. Grafikni to`g`ri bo`lishi uchun mashstabni to`g`ri tanlab olish muhim ahamiyatga ega. Masshtab har bir o`q bo`ylab alohida tanlab olinishi ham mumkin. Uni shunday tanlab olish zarurki, har bir kattalik chegarasiz o`qlarida birday masshtabni (uzunlikni ) egallasin. Odatda masshtab birligi sifatida har bir o`q yo`nalishi uzunligi 2 sm–li bo`lakchalar olib to`g`risiga unga mos keladigan son yozib qo’yiladi. Masshtab tanlab olingandan so`ng har bir o`q masshtab bilan teng bo`laklara ajratiladi, ha`r bir bo`laklarga mos qiymatlar yozib qo`yiladi. Shundan so`ng tablitsa asosida nuqtalarning o`rni (koordinatalar) topiladi. Chiziq yordamida tutashtiriladi. Grafik chizish uchun odatda (mm–lik) qog`ozdan foydalaniladi. Tajriba natijasi ma'lum xatoga ega bo`lgani uchun grafik chizig`ini shunday o`tkazish kerakki, eksperimental nuqtalarning ko`pchiligini shu chiziq ustiga tushsin, qolgan qismi uning har ikki tomonida teng bo`lingan bo`lsin. Shu qoida asosida chizilgan grafik o`rtacha qiymatni xarakterlaydi. Oddiy o`lchov asboblarida o`lchash usulini o`rganish. Kerakli asboblar: shtangensirkul, mikrometr va o`lchanadigan jismlar (halqa, parallelopiped). Ishninig maqsadi: bevosita, bilvosita o`lchashdagi absolyut va nisbiy xatoliklarni hisoblashni, shtangensirkul va mikrometrdan to`g`ri foydalanishni o`rganish. Oddiy o`lchov asboblari haqida tushincha. Shtangensirkul – asosan bir uchida 1,3 oyoqchasi bo`lgan va eng kichik bo`lakchasini aniqlik darajasi bo`lgan asosiy shkala, u bo`ylab harakatlana oladigan 2,4 oyoqchaga ega bo`lgan 5 noniusdan tashkil topgan. Shtangensirkul yordamida jismlarni o`lchashni 0,1 mm-dan, 0,025 mm- gacha aniqlikda o`lchash mumkin. O`lchanishi kerak bo`lgan jism, 1-2 oyoqlar orasiga (1–rasm) 6 vint yordamida mahkamlanadi. 3-4 oyoqchalar esa, ichki chiziqli kattaliklar(truba diametrlari) ni, 7-chi chuqurliklarni o`lchashda qo`llaniladi. Hisoblash quyidagicha bajariladi: L= + – asosiy shkalani eng kichik bo`lakchasi qiymati mm hisobida. - asosiy shkaladagi bo`lakchalar soni. n - noniusdagi bo`lakchalarning umumiy soni. k - asosiy shkaladagi bo`lakchalar bilan ustma–ust tushgan nonius shkalasining raqami. Mikrometr- yordamida 0-25 mm chamasidagi jism 0,01 mm aniqlikda o`lchanadi. Mikrometrning asosiy qismi mikrovint bo`ylab harakatlanuvchi M–barabandan iborat. Mikrovintning qadamini qiymatiga qarab, baraban ma'lum bo`laklarga bo`lingan shkalaga ega. Bu shkala bo`limining qiymati 0,01 mm ga teng. O`lchanadigan jism mikrovintning a, oyoqchalari orasiga 2-chi rasmda ko`rsatilgandek mahkamlanadi. Hisob barabandagi shkalalar orqali quyidagicha hisoblanadi: L= + - barabanning qirrasigacha bo`lgan masofa. k- shkaladagi bo`laklar soni. -shkaladagi eng kichik bo`lakchaning qiymati mm hisobida. n-baraban shkalasining umumiy soni. 3-topshiriq. Ishning bajarilishi. 1.O`lchov asboblarini xarakteristikasi bilan tanishish. a) o`lchov asbobini 0-shkalasini tekshiring. v) o`lchov asbobini xarakteristikasini 1-jadvalga yozing. 1-jadval.
Hajmni o’lchash. a) halqa shklidagi plastinkani hajmini hisoblash V= (1). D- halqaning tashqi diametri. d-halqaning ichki diametri. h-plastinkaning qalinligi D, d va h lar shtangensirkul yordamida 0,01 mm gacha aniqliqda 3-5 marta o`lchanadi. 2-jadval.
Natija 2-jadvalga yozib boriladi. Tajribadan olingan qiymatlarni 1-formulaga qo`yib hajmini hisoblaymiz. Nisbiy xatolikni 2-formula bilan hisoblaymiz: (2). b) Parallelopiped shaklidagi plastinkani hajmini hisoblash. Vbdc (3). (3)-formuladagi: b – uzunligi, d –eni, c-balandligi. b, d, c-larni shtangensirkul yordamida yoki mikrometr yordamida 0,01 mm aniqlikda o`lchanib, natijani 3-jadvalga yozamiz. 3-jadval.
Tajribani natijalaridan foydalanib hajmni hisoblaymiz. Xatolikni quyidagicha hisoblaymiz: (4). Haqiqiy qiymat Vхак= shaklda ifodalanadi. Tajribadan olingan qiymatlarni 3-formulaga qo`yib hajmni hisoblaymiz. Nisbiy xatolikni 4- formula bilan hisoblaymiz. Sinov savollari. 1. Fizikaviy kattaliklarni o’lchahning qanday turlarini bilasiz? 2. Bevosita va bilvosita o’lchlarga misollar keltiring. 3. Xatolikni qanday turlarini bilasiz? Ular qanday sabablarga ko`ra vujudga keladi? 4. Absolyut va nisbiy xatoliklar qanday aniqlanadi? 5. Absolyut va nisbiy xatolik deb nimaga aytiladi? 6. Haqiqiy va o`rtacha qiymat orasidagi munosabat qanday? 7. Ko’p argument va funksiyalarning absolyut xatoligi qanday hisoblanadi? 8. Qanday hollarda natijani grafik usulida tasvirlash mumkin? 9. Shtangensirkul yoki mikrometrda o`lchashni tushuntirib bering? 10. Shtangensirkul va mikrometr orasidagi farq nimada?11. Hajm deb nimaga aytiladi va unung birliklarini yozing. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling