Fizikaviy kimyo fanidan tashish sonlarini aniqlash mavzusida yozgan
Ionlarning harakatchanligi va tashish sonini aniqlash
Download 271.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Odilova Ozoda Fizikaviy kimyo kurs isshi
1.2. Ionlarning harakatchanligi va tashish sonini aniqlash
Elektrolit eritmalaridagi ionlarning harakatini ifodolovchi tushuncha ionlarning harakatchanligi deyiladi. Ionlarning harakatchanligi ularning haqiqiy tezligiga to’g’ri proporsionaldir. Ionning eritma ichida potensiallar ayirmasi santimetrga bir volt bo’lgandagi tezligi, ya‘ni ionning bir sekundda necha santimetr yo’l yurishini ko’rsatadigan son ion harakatining absolyut tezligi deyiladi. Masalan, ba‘zi bir ionlarning absolyut harakat tezligi quyidagicha, Н + ioniniki 3,242 10 -3 sm/sek ga ОН - ioniniki 1,802 10 -3 sm/sek ga, К+ ioniniki 0,665 10 -3 sm/sek ga Cl ioniniki 0,676 sm/sek ga teng. Eritmadagi ion harakati absolyut tezligining Faradey soni (F = 96500) ga ko’paytmasi ionning harakatchanligi deb ataladi. Ionning harakatchanligi ion turini, erituvchining tabiatiga va haroratga bog’liq. Harorat ortishi bilan ionlarning harakatchanligi oshadi. Elektroliz vaqtida ionlar turli tezlikda harakat qilishini Gittorf tekshirib aniqladi. HCl eritmasi elektroliz qilinganda H+ ionlari Cl- ionlariga qaraganda 5 marta tez harakat qiladi. Н+ va ОН- ionlarining harakatchanligi barcha ionlarnikidan yuqori. Agar elektrolit orqali 96500 Kulon elektr o’tsa, 12 – ekv. elektrolit parchalanadi; shunda 1 g – ekv. anion va 1 g – ekv. kation eritmaga chiqadi. Agar ionlarning harakatchanligi teng bo’lsa, anod fazodan katod fazoga o’tgan va katod fazodan anod fazoga o’tgan ionlarning grami 22 – ekvivalent miqdori bir – biriga teng bo’ladi. Ionlarning harakatchanligi, ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik va tashish sonini Debay-Xyukkel-Onzager nazariyasi asosida eritma tarkibiga bog’liqligini talqini. Eritmaning konsentratsiyasi ortishi bilan ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik kamayadi. Bu yuqorida keltirilgan sabablar ta’siridir. Lekin suyultirish bilan ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik ortishi chegarasiz bo‘lmaydi. Har qaysi elektrolit uchun ma’lum suyultirishdan (konsentratsiyadan) boshlab ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik o‘zgarmay qoladi. Bunday elektr o‘tkazuvchanlik cheksiz suyultirgandagi ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi hamda odatda bilan ishoralanadi. Buni quyidagi chizmadan ko‘rish mumkin. Download 271.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling