Fizikaviy kimyo fanidan tashish sonlarini aniqlash mavzusida yozgan
Download 271.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Odilova Ozoda Fizikaviy kimyo kurs isshi
28 XULOSA Xulosa qilib aytganda Fizikaviy kimyo fani zamonaviy kimyoning nazariy asosini tashkil etadi. Juda ham jadallik bilan rivojlanayotgan ushbu soha kimyo va fizika o`rtasida chegaraviydir. Fizikaviy kimyo ikkala fanning nazariy va tajribaviy usullaridan hamda o`zining xususiy usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalar va ular bilan birgalikda boruvchi fizikaviy jarayonlar ustida ko`p qirrali tadqiqotlar o`tkazadi. Fizikaviy kimyo mustaqil fan bo`lib, u o`zining tadqiqot usullariga ega hamda kimyo-texnologik fanlarning nazariy bazasidir. Fizikaviy kimyoning ishlab chiqarishdagi ahamiyati kata, chunki biror kimyoviy jarayonni amalga oshirishda uning mexanizmini mukammal bilish lozim. Eritmalar “Fizikaviy kimyo” fani tomonidan o`rganiladigan eng asosiy sistemalardan biri hisoblanadi. Bu sistemalar hayotda va texnikada juda kata ahamiyatga ega, shu sababli ham, fizikaviy kimyo fan sifatida eritmalar nazariyasining yaratilishi natijasida vujudga kelgan. Fizik- kimyoviy nuqtai nazardan eritma deganda nima tushuniladi? Eritma kamida ikkita moddadan (komponentdan) iborat bo`ladi, denak, eritma bir necha moddaning aralashmasidir. Kimyo fani, ayniqsa uning muhim tarmog’i hisoblanuvchi fizikaviy kimyo xalq xo’jaligining hamma sohalaridа, ayniqsa qishloq xo’jaligida mo’l va sifatli mahsulotlarini yetkazishda muhim o’rin egallaydi. Oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida fizikaviy kimyo fani muhim ahamiyat kasb etadi, chunki deyarli hamma texnologik jarayonlar fizikaviy kimyo fani bilan chambarschas bog’liqdir. Kimyoviy ishlab chiqirish mutaxassislari, qishloq xo’jaligining malakali mutaxassislari, oziq – ovqat mahsulotlarini kimyoviy qayta ishlovchi mutaxassislari umumiy va noorganik kimyo, organik kimyo, agrokimyo hamda biokimyo bilan bir qatorda fizikaviy kimyoni ham chuqur bilishlari kerak, chunki bu fanlarni bilish kimyoviy texnologik jarayonlarda, o’simliklar organizmida va tuproq tarkibida sodir bo’lib turadigan turli jarayonlarni to’la tushunushga, oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida esa texnologik jarayonlarni boshqarish va mahsulot chiqish unumini oshirishga, hamda ularning sifatini yaxshilashga yordam beradi. 29 Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi zamonaviy fizikaviy asbob – uskunalarning yaratilishi hamda ulardan kimyoviy ishlab chiqirishda, qishloq xo’jalik hamda oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish mutaxassislarining fizikaviy kimyoni yaxshi o’rganishlarini taqoza etadi. Men o’z kurs ishimni tayyorlash jarayonida turli xil adabiyotlardan foydalandim va tashish soni tushunchasi bilan yanada yaqinroq tanishdim. Tashish sonini aniqlash, eksperimentlar o’tkazish bo’yicha amaliy tajribalar olish, tahlil qilish amaliyotda qo’llanilishini chuqurroq anglash kelajakdagi kasbiy faoliyatda foydali bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirdim. Download 271.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling