4 – mavzu: Pedagogik fanlarni oʻqitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Reja


Download 357.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana21.04.2023
Hajmi357.38 Kb.
#1371988
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu 2 soat



4 – mavzu: Pedagogik fanlarni oʻqitish jarayoni yaxlit tizim sifatida 
Reja: 
1. Pedagogika fanlari oʻqitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari. 
2. Ta’lim jarayoninig tuzilishi. 
3. Oʻqitish va oʻqish jarayonlari tavsifi va ularning oʻzaro bogʻliqligi. 
4. Oʻquvchilarning bilish faoliyati uning tuzilishi. 
Tayanch soʻz va iboralar: tizim, bilish, sezish, idrok, bilish faoliyati, ta’lim 
jarayoni. 
Pedagogika fanlarini oʻqitish jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi
Pedagogik fanlarini oʻqitish jarayonining ―yaxlitligi‖ ―tizimliligi‖ va 
―majmuaviyligi‖ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, pedagogik fanlarni
oʻqitish jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bogʻliq. 
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) oʻzaro bogʻlangan koʻplab elementlar 
(tarkibiy qismlar) oʻrtasidagi mustahkam birlik va oʻzaro yaxlitlikdir. Demak, 
pedagogik fanlarni oʻqitish yaxlit tizim sifatida koʻplab oʻzaro bogʻliq quyidagi 
elementlarni oʻz ichiga oladi: ta’lim maqsadi, oʻquv axborotlari, oʻqituvchi va 
talabalarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, 
shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari. 
Pedagogik fanlarini oʻqitish jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha 
namoyon boʻladi (1-chizma): 
 
 
 
 
 
Barcha tarkibiy qismlarning oʻzaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon 
boʻluvchi pedagogik fanlarni oʻqitish jarayonining negizini oʻqituvchi va 
talabalarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi. 
Ta'lim berish gʻoyatda murakkab va mas'uliyatli ish. Buning dalili sifatida 
shuni aytish mumkinki, pedagogning ta'lim jarayonidagi rahbarlik rolini 
нат
ижа
М.Ф. ўқитиш-
нинг ташки-
лий шакллари 
М.Ф. мазмуни 
М.Ф. ўқитиш
методлари 
М.Ф. ўқитиш
воситалари 
М.Ф. 
ўқитиш 
мақсади 
ўкитувчи 
фаолияти 
талаба 
фаолияти 
1
-чизма. 
Педагогик фанларини ўқитиш жараёни тузилишининг 
андозаси (модели) 


ta'minlashga urinishi va harakatlarini saqlashga intilishi oʻrtasidagi ta'limga xos 
dialektik ziddiyat aslida yuksalishning manbayidir. 
Ta'lim maqsad, mazmun, oʻqituvchining shaxsi, talabalardagi dastlabki 
bilimlarning xarakteri, oʻqitishning moddiy-texnik bazasi va boshqa omillar bilan 
belgilanadi. Bunda oʻqituvchi talabalar ishining borishini kuzatish va ular erishgan 
natijalarni baholash asosida oʻzining koʻrsatmalari, yoʻnaltiruvchi savollari, 
tegishli tushuntirish-lari va hokazolar bilan ularning oʻquv faoliyati jarayoniga 
tuzatish-lar kiritadi. Shunga koʻra ta'lim birinchidan, oʻqitish, ikkinchidan, 
oʻqish, shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini oʻz ichiga 
oladi. 
«Ta'lim ma'lum qonuniyatlarga boʻysinadi va umumfalsafiy metodologiyaga 
muvofiq, bu qonunlar ta'lim jarayoni bilan ancha kengroq ijtimoiy jarayonlar 
oʻrtasidagi umumiy, muhim, zarur, barqa-ror aloqalardan, shuningdek, ta'limning 
alohida komponentlari, ya'ni uning maqsadi, mazmuni, shakli, usuliari va uslublari 
oʻrtasidagi ichki bog`lanishlardan iborat. Aniqlangan didaktik qonuniyatlardan 
qator asosiy talablar kelib chiqadi, ularga rioya qilish oʻqituvchining sifatli va 
samarali amalga oshiruvini ta'minlaydi». 
Ta'lim jarayoni oʻzaro bogʻliq boigan tashkil etuvchi (koʻrsatkich)larning 
oʻzaro uzviy bogʻliqligi asosida tuzilgan yagona dinamik tizimni tashkil etadi. 
«Dinamik tizim» deyishiga sabab, ta'limni va ta'lim jarayonining tashkil etuvchilari 
jamiyat taraqqiyotiga mos holda muntazam rivojlanishda boʻlib, takomillashtirilib 
boriladi. 

Download 357.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling