4 – mavzu: Pedagogik fanlarni oʻqitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Reja
Natijalarni baholash, nazorat qilish va tahlil etish
Download 357.38 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu 2 soat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimlarni oʻzlashtirish jarayonining tuzilishi
Natijalarni baholash, nazorat qilish va tahlil etish oʻquv harakatlarining
ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida talaba tomonidan oʻzini nazorat qilish, oʻzini baholash va oʻzini analiz qilishni amalga oshirish oʻqituvchining shunga oʻxshash oʻrgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida shakllanadi. Bu harakatlarni shakllantirish talabalarni oʻz tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, oʻzaro nazoratni tashkil etish, oʻrnatilgan mezonlar asosida oʻz faoliyati natijalarini oʻzaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi. Bilimlarni oʻzlashtirish jarayonining tuzilishi. Talabalar oʻquv idrok etish faoliyatlarini boshqarishga oʻrganib olish uchun bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni tuzilishini yaxshi tasavvur etish, talabalar tomonidan bilimlarning egallash bosqichlarini bilish zarur: idrok etish, oʻquv materialini anglab etish, mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qoʻllash. Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan ma’lumki, idrok etish aniq maqsadga yoʻnaltirilgan anglash jarayoni boʻlib, u tanlash xususiyatiga ega. SHuning uchun birinchi navbatda talabalarga mavzuni, ya’ni, ularning nimani oʻrganishlari (masalani qoʻyish)ni tushuntirib berish kerak. SHu asosida oʻquv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin boʻlgan tajribalarni oʻtkazishdan iborat boʻladi. Birinchi bosqich talaba qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni oʻrganish haqida etarlicha tasavvurga ega boʻlganida va oʻquv masalasini tushunib etganda yakunlanadi. Ikkinchi bosqich – oʻquv materialini anglab etish. U ma’lumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar toʻplamini oʻrganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar oʻrtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega. Unda talaba eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qoʻshimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib koʻrsatsin. Talaba oʻquv masalasini echish usulini tushunsa, bilimlar oʻrtasidagi tizimni anglab etsa, ushbu bosqich yakunlangan sanaladi. Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich oʻzlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati koʻproq mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar xususiyatiga ega boʻladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi. Oʻqituvchi talabalar topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Ular matnlarni mexanik koʻchirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab etmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida talabalar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani echish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda oʻquv malakalari va koʻnikmalari shakllantirilgan boʻladi. Toʻrtinchi bosqich bilim, koʻnikma va malakalarni amaliy faoliyatda qoʻllashdan iborat boʻladi. Bilimlarini qoʻllash oʻrganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va koʻrinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu oʻquv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab er maydonidagi ishlar boʻlishi mumkin. Bilimlarni egallab olish bosqichlari sxematik koʻrinishi quyidagichadir: Download 357.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling