TEST SAVOLLARI
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari nimalar kiradi:
-
Tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o’stirish, savod o’rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo’yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka hamda ko’nikma sistemasini egallab olish.
-
Har bir bolani ijodiy qobiliyatlari, xohish va qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib borish va uning yanada rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish.
-
Ijodiy va qoidali o’yinlar, bolalarning mustaqil faoliyati, ularning o’z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish, o’z-o’ziga xizmat qilish, sayrlar, gigienik tadbirlarni amalga oshirish.
-
Bolalarning hamma faoliyat turlari bilan shug’ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
2. Kun davomida bolalar hayotini tashkil etishga quyiladigan talablardan biri:
-
Bolalarni yosh guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.
-
Har bir bolani ijodiy qobiliyatlari, xohish va qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib borish va uning yanada rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish.
-
Ta’lim jarayonini tashkil etishda didaktik o’yinlardan, interfaol usullardan foydalanish mahorati bo’lishi.
-
Bolalarlami real hayotiy munosabatlarga, ijtimoiy foydali faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotida kun tartibi necha qismdan iborat?
-
5
-
4
-
3
-
2
4. Haftaning qaysi kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi?
-
Haftaning birinchi va oxirgi kunida.
-
Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida.
-
Haftaning juma va shanba kunlarida.
-
Haftaning barcha kunlarida.
5. Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan olib boradigan jamoaviy ish shakllaridan biri:
-
oilaga tashrif buyurish;
-
pedagogik topshiriq;
-
pedagogik maslahat;
-
ochiq eshiklar kuni.
6. Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan olib boradigan individual ish shakllaridan biri:
-
pedagogik ma’ruzalar;
-
pedagogik ta’lim universitetlari;
-
pedagogik maslahat
-
ota-onalar yig’ilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |