4 – mavzu: Pedagogik fanlarni oʻqitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Reja


Download 357.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana21.04.2023
Hajmi357.38 Kb.
#1371988
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu 2 soat

 
 


Bilimlarni egallash bosqichlari 
bilimlarini qoʻllash 
mustahkamlash 
anglab yetish 
idrok etish
 


Oʻquvchilarning bilim oʻzlashtirish darajalari. 1. Reproduktiv faoliyatda 
oʻzlashtirilgan (HMA) uning algoritmlari va qoidalari faqat har xil koʻrinishlarda 
qayta ishlab chiqiladi (ta’limda aynan qayta gapirib berishdan tortib, oʻxshash 
vaziyatlarda bir oz oʻzgartirib aytishgacha), oʻquv predmetida dastlab bilib olingan 
ma’lumotlarga talaba faoliyat davomida biror yangi axborot qoʻshmaydi. 
Algoritmik harakatlar, ya’ni yaxshi tanish sharoitlarda va aniq tasvirlangan 
qoidalarga binoan harakat qilish reproduktiv faoliyat uchun xarakterlidir. Masalan, 
talaba umumiy ta’lim, ixtisoslik predmetlari boʻyicha oʻquv qoʻllanmalarida 
barcha masalalar (vazifalar)ni ilgari oʻzlashtirilgan (bilingan) qoidalar va 
algoritmlarga binoan echadi, talabaning bunday faoliyati reproduktivlik doirasidagi 
harakatlardir. 
2. Mahsuldor faoliyat jarayonida oʻquvchi har doim oʻquv predmetidan 
oʻzlashtirib olinganiga nisbatan yangi harakat – (HMA) yaratadi, ya’ni oʻquv 
qoʻllanmasining mazmunidan farq qiladigan yangi axborotni yuzaga keltiradi. 
Yangi axborotni yaratish ham doimo izlanuvchanlik faoliyatida oldingi tajribaga 
tayanadi.
3. Reproduktiv va mahsuldor faoliyatlar oʻzaro bogʻlangan boʻlib, bilim 
egallashdagi ikki bosqichdir. Talaba ham reproduktiv, ham mahsuldor faoliyatga 
doir harakatni har bir masalani echish jarayonining elementi sifatida bajaradi. 
Psixologik-pedagogik fanlarda masala deganda ma’lum harakat yordamida bajarish 
mumkin boʻlgan ma’lum bir maqsad tushuniladi. SHunday qilib, maqsad vaziyat 
va harakat masalaning komponentlari hisoblanadi. Reproduktiv va mahsuldor 
faoliyatni qoʻllash komponentlari masalalarda koʻrsatilgan varinatlarga bogʻliq 
boʻladi. 
4. Bilimlarni oʻzlashtirishning 1-darajasi. 1-daraja (A1). Agar masalada 
uning echishning maыsadi, vaziyati va harakati koʻrsatilgan boʻlsa, talabadan bu 
uchala komponent masalaning tuzilishidagi barcha komponentlarga mos kelishi 
haqida xulosa chiqarishgina talab etiladi, bu bilish faoliyati hisoblanadi. Talaba uni 
ob’ektlar, jarayonlar yoki harakatlar haqidagi ilgari oʻzlashtirilgan axborotni qayta 
idrok qilgandagina bajara oladi. Bu tashqaridan algoritmik koʻrinishda berilgan 
algoritmik faoliyatdir. 
5. Bilimlarni oʻzlashtirishning 2-darajasi. 2-daraja (A II). Agar 
masala(vazifa)da maqsad va vaziyat berilgan boʻlsa, oʻquvchidan uni echish uchun 
oldin oʻzlashtirilgan (oʻrganilgan) harakatni qoʻllash talab etiladi, bu reproduktiv 
algoritmik harakat. Talaba uni – bu harakatni bajarishning oldin oʻzlashtirilgan 
moʻljali haqidagi axborotni mustaqil qayta tiklab va qoʻllab bajaradi. Buni tipik 
masala deyiladi.
6. Bilimlarni oʻzlashtirishning 3-darajasi. 3-daraja (AIII). Agar masala 
(vazifa)da maqsad berilgan boʻlib, lekin unga erishishning vaziyati noaniq boʻlsa, 
talabadan esa vaziyatni aniqlash (toʻldirish) hamda bu notipik masalani echish 
uchun oldin oʻzlashtirilgan harakatni qoʻllash talab etilsa, bu evristik tipdagi 
mahsuldor harakat hisoblanadi. Talaba bunday faoliyatni tipik harakatning 
ilgaridan ma’lum moʻljal asosini mustaqil oʻzgartirish jarayonida oʻzi uchun yangi 
axborotni topish va notipik masalani echish uchun sub’ektiv yangi (HMA)ni qurish 
jarayonida bajaradi. Bu evristik faoliyat boʻlib, tayyor algoritm yoki qoidaga 


binoan bajarilmaydi, balki harakatning oʻzi davomida yaratilgan yoki qayta 
oʻzgartirilgan algoritm yoki qoidaga binoan bajariladi.

Download 357.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling