7. Bilimlarni oʻzlashtirishning 4-darajasi. 4-daraja (AIV). Agar vazifa
(masala)da faoliyatning maqsadi umumiy tarzdagina ma’lum boʻlsa, maqsadga
erishish uchun vaziyatni ham, harakatni ham ishlab topish talab etilsa, bu ijodiy
tipdagi mahsuldor faoliyatdir, buning natijasida faoliyatning ob’ektiv yangi moʻljal
asosi yaratiladi. Faoliyatni bajarish jarayonida ob’ektiv yangi axborot olinadi.
Bunda kishi oʻziga ilgaridan ma’lum boʻlgan sohada ―qoidasiz‖ harakat qiladi,
harakatning yangi qoidasini yaratadi, ya’ni ijodiy (tadqiqotchilik) faoliyatini
bajaradi. Tadqiqotchilik va yaratuvchanlikni taqozo qiladigan faoliyatlar bunga
misol boʻla oladi.
5. Ta’lim maqsadlarini oydinlashtirish. Jamiyatning ta’lim sohasisdagi
buyurtmasi (maqsadi) umumiy tarzda ―Ta’lim toʻgʻrisida‖gi Qonuni, Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi va boshqa me’yoriy hujjatlarda oʻz aksini topgan. Hatto
oʻquv dasturlarida koʻrsatilgan maqsadlar ham umumiy tarzda bir-ikkitadan
jumladan iborat boʻladi, ulardan aniq bir narsani anglash qiyin. Agar jamiyat –
davlat buyurtmasidan – ta’lim tizimining maqsad va vazifalariga, undan shu
oʻquv yurtining, oʻquv pred-metining, uning boʻlimlari, mavzulari, ayrim
oʻquv masalalarining maqsadi, vazifasiga qarab borilsa, oʻziga xos maqsadlar
tizimi (daraxti) hosil boʻladi.
Maqsadni ta’lim mazmuniga binoan belgilash. Oʻqituvchi odatda
mashgʻulotning maqsadini mashgʻulotning maqsadini ―Birinchi bobning
mazmunini oʻzlashtirish‖, ―Bobur lirikasini oʻrganish‖ kabi belgilaydi. Bunda
ta’lim maqsadi oʻrganilayotgan predmetning, bilimning mazmunini koʻrsatadi.
Maqsad bunday ifodalanganda ta’lim maqsadiga erishilganligini aniqlab
boʻlmaydi. Keltirilgan misollardagi ―maqsadlar‖ mavhum ulardan maqsadga
erishilganligini oʻlchab, aniqlab boʻlmaydi.
Ta’lim maqsadini oʻqituvchi faoliyati orqali aniqlash. ―Boburning badiiy-
pedagogik merosini oʻrgatish‖, ―10 ichida qoʻshish amaliga doir misollar
ishlatish‖. Maqsadni bunday qoʻyishda e’tibor oʻqituvchining faoliyatiga
qaratiladi. Bunda ham pedagog faoliyatining natijasini aniqlash qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |