4 – mavzu: Pedagogik fanlarni oʻqitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Reja


-shakl. Bilimning amaliyot davomidagi yuksalishi


Download 357.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana21.04.2023
Hajmi357.38 Kb.
#1371988
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu 2 soat

2-shakl. Bilimning amaliyot davomidagi yuksalishi. 
Bilish jarayonida bilim hosil boʻladi. Bilim - odamlarning ijtimoiy tarixiy 
amaliyot jarayonida toʻplagan umumlashgan tajribasidir. Bilim obektiv borliqni 
toʻgʻri aks ettiradi. Eng toʻgʻri va mukammal bilim-lar ham oʻz navbatida doimiy 
emas, balki ijtimoiy taraqqiyot jarayonida oʻzgarib boradi. 
Bilimlar asosida ta'lim oluvchilarning kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira singari 
bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e'tiqod hosil boʻladi, ilmiy dunyoqarshni 
shakllantiruvchi gʻoyalar tizimi tarkib topadi. 
Yuqorida aytib oʻtilgandek, bilim, koʻnikma va malakalar ta'lim jarayonida 
tarkib topadi. Ta'lim - dialektik tarzda taraqqiy etib bora-digan ichki ziddiyatli 
jarayon boʻlib, unda ikki tomon - ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchi ishtirok etadi. 
Ta'lim berish ta'lim oluvchilarga bilimlar berish, ularda koʻnikma va malakalarni 
hosil qilish, yangi haqiqatlarni ochishga yoʻnaltirilgan ijodiy, mantiqiy tafakkurni 
tar-biyalashdir. 
Oʻqitish tushunchasi — insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish 
va faoliyat koʻrsatish uchun zarur bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindisini 
oʻzlashtirishga qaratilgan ongli faoliyat ifodasidir. 
U ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shaklga aylantirish maqsadida ta'lim oluvchilar 
bilan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkiliy va amaliy 


ishlarga undovchi faoliyatdir. Oʻqitish ta'lim oluvchilarni tarbiyalash va 
rivojlantirishning barcha bosqichlarida samarali vosita sanaladi. 
Pedagogik ta'lim mazmun-mohiyatini baholash va uning sifati hamda 
samaradorligini oshirish ta'lim jarayoniga tegishli boʻlgan har bir komponent (jihat, 
omil, koʻrsatkich)larga uzviy ravishda bogʻliq boʻladi va shu sababli ham 
pedagogik ta'lim tizimini yagona dinamik tizim deb qaraladi. Shu ma'noda oʻquv 
jarayonining tashkil etuvchilarini quyidagicha ifodalash mumkin (3-shaklga 
qarang): Ta'lim jarayonini olib borishning sifati va samaradorligi koʻp jihatdan 
ularni tashkil etuvchilarning oʻzaro nechogʻlik aloqadorlikda faoliyat yuritishiga 
bogʻliq. Bunda, albatta, ta'limning sifat nazoratini ilmiy asosda toʻgʻri tashkil etish 
mexanizmlarini ishlab chiqish lozim boʻladi va ta'lim sifatini belgilovchi omillarni 
hamda ulardan foydalanishning mantiqiy ketma-ketligini algoritmik tarzda 
asoslashni taqozo qiladi. 

Download 357.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling