3
Kirish
«Noorganik kimyo» fanidan laboratoriya amaliyoti, talabalarning ma’ruzalar tinglab olgan
bilimlarini yanada mustahkamlaydi.
Talabalar, laboratoriya amaliyotini
bajarishga kirishdan oldin, albatta, «Kimyoviy
laboratoriyada ishlaganda rioya qilinidigan texnika xavfsizligi qoidalari»
bilan tanishib
chiqishlari zarur va ular shundan keyingina amaliy ishlarga kirishishlari mumkin.
Har bir laboratoriya ishida o‘tkazilayotgan jarayon to’g‘risida,
laboratoriya qurilmasi
haqida va ishni olib borish tartibi to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar berilgan.
Har bir laboratoriya ishidagi jarayonlar haqida to‘liqroq ma’lumotlarni ish oxirida tavsiya
qilingan adabiyotlardan topish mumkin. Tajriba ishlarini tugatgandan so‘ng, talaba hisob kitob
ishlarini bajaradi va hisobot topshiradi.
Laboratoriyada ishlarni bajarish bo’yicha berilgan tavsiyalar
oz miqdordagi moddalar
bilan ishlashga mo’ljallangan. Moddalarning bunday tejamli sarflanishi vazifani bajarish uchun
ajratilgan
vaqtni tejaydi, shuningdek laboratoriyada ishlash xavfsizligini ta’minlaydi.
1-LABORATORIYA ISHI
Laboratoriyada ishlash qoidalari. Birinchi yordam ko‘rsatish. Texnika xavfsizligidan