Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo
sinov. Reaktivlardan foydalanish va ishlash qoidalari
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kislota, asos, tuzlar bilan ishlash qoidalari.
sinov.
Reaktivlardan foydalanish va ishlash qoidalari Eritmalar va quruq reaktivlar jips berkitilgan shisha tiqin (shliflangan), rezina yoki yog‘och probka bilan berkitilgan shisha idishlarda saqlanishi kerak. Reaktiv solingan har bir idishga reaktivning nomi, sifati (markasi) va konsentratsiyasi (eritmalar uchun) yozilgan etiketka yopishtirib qо‘yilishi kerak. Reaktivlardan foydalanilganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak. 1.Reaktivlardan keragidan ortiq miqdorda sarflash yaramaydi. Bajariladigan tajriba uchun reaktivdan qancha olish kerakligi aytilmagan bо‘lsa, ulardan mumkin qadar kamroq oling. 2. Ishlatilmay ortib qolgan reaktivni shu reaktiv olingan idishga qaytarib solmang, laborant kо‘rsatgan boshqa idishga solib qо‘yish kerak. 3. Tajriba о‘tkazish uchun reaktivdan kerakli miqdorda olingandan keyin berkitib, о‘z joyiga qо‘yish kerak. 4. Quruq reaktivlarni chinni yoki metall qoshiqchalarda yoxud shpatellar bilan oling. Ular har doim toza va quruq bо‘lishi kerak. 5. Suyuq reaktivni pipetka bilan olsangiz, pipetkani yuvmasdan unda yana boshqa idishdan reaktiv olmang. Umumiy foydalanish uchun qо‘yilgan reaktivlarni har kim о‘zi ishlatayotgan shpatel yoki pipetka bilan olishi yaramaydi. 4 6. Umumiy foydalanish uchun qо‘yilgan asbob va reaktivlarni о‘z ish joyingizga olib ketmang, aksincha ularning о‘z joyini о‘zgartirmang, chunki u boshqalar uchun ham kerak bо‘ladi. Kislota, asos, tuzlar bilan ishlash qoidalari. Mashg’ulotning birinchi kunidanoq har bir talaba kimyo laboratoriyasida ishlashning xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqishlari zarur va laboratoriyadagi texnika xavfsizligi jurnalida bu narsa qayd qilinishi lozim. Har bir talaba, pala-partish ishlash, e’tiborsizlik, asboblarni, moddalarning xossalarini va xavfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi bilmasligi baxtsiz xodisalarga sabab bо‘lishi mumkinligini chuqur anglab olishlari lozim. Har bir ishni bajarishdan oldin, ishni bajarilishi bilan yaxshilab tanishib olish va о‘qituvchidan ayni ishni bajarishning xavfsizlik texnikasiga oid ko’rsatma olishi lozim. Laboratoriyada ishlayotganda quyidagi extiyot choralariga rioya qilish zarur: 1. Zaharli va qо‘lansa hidli moddalar bilan qilinadigan tajribalarning hammasini mо‘rili shkafda о‘tkazing. 2. Ajralib chiqayotgan gazni idishga yaqin engashib hidlamang. Gazni hidlash zarur bо‘lsa, ehtiyot bо‘lib, havoni qо‘lingiz bilan idish og‘zidan о‘zingiz tomon yelpib ma’lum masofada hidlang. 3. Konsentrlangan kislotalarni, ayniqsa sulfat kislotani suv bilan suyultirishda suvni kislotaga qо‘ymay, kislotani suvga jildiratib aralashtirib turib qо‘yish kerak. 4. Reaktivlarni quyishda ularni о‘zingizga yoki kiyimingizga sachramasligi uchun hech vaqt idishning tepasiga engashmang. 5. Suyuqlikni qizdirayotganda probirka og’zini о‘zingizdan va yaqin turgan kishilardan chetga qaratib tuting. 6. Suyuqlikni qizdirayotganda idish ustiga engashib qaramang, chunki suyuqlik qaynaganda sachrashi mumkin. 7. Ishlaganda reaktivlarning (ayniqsa kislota va ishqorlarning) yuzga, qо‘l va ust-boshga tegmasligini doimo kuzatib boring. Yuzingizga yoki qо‘lingizga suyuqlik sachrasa, suv bilan darhol yuvib tashlang. Kuchli kislota sachrasa, avval kо‘p miqdor suv bilan, sо‘ngra esa ichimlik sodaning suyultirilgan eritmasi bilan yuving. Teriga ishqor sachraganda uni suv bilan to silliqlik yо‘qolguncha yuvish kerak. 8. Oson о‘t oluvchi, uchuvchan moddalar bilan qilinadigan tajribalarni о‘tdan uzoqroqda va imkoni boricha mо‘rili shkafda о‘tkazish lozim. 9. Benzin, spirt, efir о‘t olib ketsa, alanga ustiga qum sepib о‘chiring. Issiq asbob yoki idish stoldagi maxsus "taglik" ustiga qо‘yilishi lozim: 5 10. Biror yeringiz gaz gorelkasi alangasidan yoki qizdirilgan narsalardan kuyib qolsa, kuygan joyingizga kaliy permanganatning kuchli eritmasi bilan, kuygan joy to qо‘ngir rangga kelguncha hо‘llanadi yoki kuyganda ishlatiladigan suyuqlik (aptechkadan olinadi) bilan hо‘llangan paxta kuygan joyga qо‘yiladi. 11. Zaharlanib qolganda va qattiq kuyganda darhol vrachga murojaat qilinadi. 12. Mashg’ulot dasturida kо‘rsatilmagan tajribalarni о‘tkazish qat’iyan ta’qiqlanadi. 13. Laboratoriyadan ketayotganingizda о‘z ish joyingizni tartibga keltiring, gaz gorelkalarini, vodoprovod jumraklarining ochiq-yopiqligini, elektr asboblarining о‘chirilganligini tekshirib kо‘ring. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling