Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo


Laboratoriyada birinchi yordam ko’rsatish


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/48
Sana23.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1685867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari

Laboratoriyada birinchi yordam ko’rsatish 
1. Agarteriga (qо‘l, yuz va boshqa joylarga) kons. kislota (sulfat, nitrat, xlorid va boshqa) 
tekkanda, tezlik bilan 3-5 minut davomida kuygan joyni kuchli suv oqimi bilan yuviladi. Keyin 
taninning 3% li yoki kaliy permanganat eritmasi bilan hо‘llangan paxta boylami qо‘yiladi. 
2. Teri ishqor eritmasi bilan kuyganda, kuygan joy suv bilan to silliqlik yо‘qolguncha 
yuviladi, keyin taninning 3% li spirtli eritmasining yoki kaliy permanganat eritmasi bilan 
hо‘llangan paxta boylami qо‘yiladi. Birinchi holda ham, ikkinchi holda ham kuchli kuyganda, 
birinchi yordamdan keyin tezlik bilan vrachga murojaat qilinadi. 
3. Kо‘zga kislota yoki ishqor sachrasa, tezlik bilan uy temperaturasidagi kо‘p miqdor suv 
bilan yuviladi va darhol vrachga murojaat qilinadi. 
4. Agar teri issiq narsalar (shisha, metall va boshqalar) dan kuysa, avval taninning 3% li 
spirtli eritmasi yoki kaliy permanganat eritmasi bilan hо‘llangan paxta boylami qо‘yiladi, keyin 
yog’li surtma moy (kuyishga qarshi) boylami qо‘yiladi. 
5. Xlor, brom, vodorod sulfid, uglerod (II) oksid bilan zaharlanganda, jabirlangan kishi 
darhol toza havoga chiqariladi, keyin vrachga murojaat qilinadi. 
6. Fosfor ta’siridan kuygan joyga mis sulfatning 2% li eritmasi bilan hо‘llangan bog’lam 
qо‘yiladi. 
7. Mishyak va simob birikmalari hamda sianid tuzlari bilan zaharlanganda tezlik bilan 
vrachga murojaat qilinadi.
8. О‘qituvchining ruxsatisiz biron moddaning mazasini tatib kо‘rish yoki hidlash
shuningdek kimyoviy idishlardan suv ichish taqiqlanadi. Laboratoriyada ishlatiladigan hamma 
moddalar oz yoki kо‘p darajada zaharli ekanini talabalar esdan chiqarmasliklari lozim.
9. Ishni bajarishda biron tushunmovchilik tug’ilsa, ishni tо‘xtatish va о‘qituvchiga yoki 
laborantga murojaat qilib tushinib olgandan keyin davom ettirish lozim. 
10. Simob metali va uning bug’i kuchli ta’sir qiluvchi zahardir Shuning uchun
simobli asboblar, simobli termometrlar singanda tо‘kilgan simobni yaxshilab yig’ib olish 
shart. Simob tо‘kilganligi haqida о‘qituvchiga va laborantga albatta xabar berilishi kerak. 



11. Kislota, ishqor va ammiakning konsentrlangan eritmalarini hamda oson bug‘lanuvchan 
suyuqliklarni pipetkada og‘izda tortib olish mumkin emas. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling