Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/48
Sana23.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1685867
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
Bog'liq
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari

3-LABORATORIYA ISHI 
Moddalarning tozalash usullari. Qattiq moddalarni qo‘shimchalardan tozalash, 
sublimatsiyalash, suyuqliklarni tozalash, gaz moddalarni tozalash. 
Moddalarni tozalash. 
Kimyo amaliyotida moddalar bilan ishlaganda ularning tozaligi katta ahamiyatga ega, chunki 
toza bо‘lmagan moddalar bilan ishlaganda notо‘g’ri xulosalarga olib keladi. Moddalarni tozalash 
usullari har xil bо‘lib, ular moddalarning xossalariga va ularni ishlatilishiga bog’liq. Moddalarni 
tozalash uchun laboratoriyalarda eng kо‘p tarqalgan usullarga: filtrlash, qayta kristallash, 
haydash va sublimatsiyalar kiradi. Gazlarni tozalash uchun asosiy moddadasi qо‘shimcha 
moddalarni turli kimyoviy reagentlarga yuttirish usuli qо‘llaniladi. Moddalarni tozalashda 
tajribaning aniqligi moddaning qay darajada tozalash kerak degan talabga muvofiq olib 
boriladi. Kimyoviymoddalar tozalik jihatdan T-"texnik" (qо‘shimchalar 2 10
-5 
dan 1,0% gacha), 
AUT-analiz uchun toza, KT-kimyoviy toza markalarga bо‘linadi. Bular taikibida 1 10
-6
dan 0,05 
% gacha qо‘shimchalar bо‘ladi. Moddaning tozalik darajasini aniqlashda fizik va kimyoviy 
tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Laboratoriya tajribalari uchun odatda, "KT" va «AUT" 
markali moddalar ishlatiladi. 
QATTIQ MODDALARNI QO’SHIMCHALARDAN TOZALASH 
Qattiq moddalarni tozalashda qayta kristallash va subli-matlash usullari keng qo‘llaniladi. 
Qayta kristallash uchun avval modda muvofiq erituvchida eritiladi, so‘ngra eritmadan kristallga 
tushiriladi. Erituvchi sifatida ko‘pincha suv ishlati-ladi. Suvda moddaning eruvchanligi 
temperatura o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Temperatura pasayganda eruvchanligi tez kamayadigan 
moddalar (masalan, K
2
Cr
2
O
7
, KNO
3
, CuSO
4
) qaynoq eritmani sovitish orqali qayta 


15 
kristallantirish mumkin. Agar moddaning eruvchanligi temperatura o‘zgarganida kam o‘zgarsa 
(masalan, NaCl), u holda eritma avval bug‘lantirilib, keyin sovitiladi. Qayta kristallab olingan 
moddada begona qo‘shimchalar miqdori dastlabki moddadagiga qaraganda ancha kamayib 
qoladi, chunki modda to‘yingan eritmasidan qayta kristalga tushiriladi va bu eritma begona 
qo‘shimchalarga nisbatan to‘yinmagan bo‘ladi. 
Agar temperatura sekinlik bilan pasaytirib borilsa yirik kristallar ajralib chiqadi, ammo 
bunda begona qo‘shilmasi bor eritma ozgina bo‘lsada kristalga «ilashib» qoladi. Agar eritma tez 
sovitilsa, mayda kristallar hosil bo‘ladi va ularda «begona qo‘shilma» deyarli bo‘lmaydi. 
Qayta kristallashga kirishishdan avval eruvchanlik jadvalidan foydalanib, berilgan 
miqdordagi tuzni qancha suvda eritish kerakligini hisoblab topish kerak. 
M i s o l. 50 g toza KN0
3
olish uchun toza bo‘lmagan qancha tuzga (kaliy nitratga) qancha 
suv qo‘shish kerak? Masalani yechishda qayta kristalash 20°C bilan, 80°C orasida amalga 
oshirilishi nazarda tutiladi. 
Yechish. Eruvchanlik jadvalidan foydalanib kaliy nitratning eruvchanliklari; 31,6 g (20°C 
da) va 168,8 g (80° C da) topiladi. 
Demak, 168,8 g kaliy nitratni 80°C da 100 g suvda eritish mumkin; natijada hosil qilingan 
eritma 80°C dan 20°C gacha sovitilsa, 168,8—31,6=137,2 g KN0

ajralib chiqadi. 
Shunga asoslanib, 50 g toza KN0
3
olish uchun dastlabki kaliy nitratdan qancha olish 
kerakligini hisoblash mumkin: 
168,8 g kaliy nitratdan 137,2 g KN0
3
x g » 
» 50 g KNO
3
tayyorlanadi: 
168,8
×
137,2
50
50*168,8*
137,2
61,5
×
Endi qancha suv kerakligini topamiz: 
168,8
×
61,5
100
×
61,5*100
168,8
36,43
Demak, 50 g toza KN0
3
olish uchun 61,5 g kaliy nitratni 36,43 g suvda eritish talab 
qilinadi. 
Tajribalar. 
1-tajriba. Kaliy bixromatni qayta kristallash. Dastlab 50 ml suvda 60° C da to‘yingan 
eritma hosil qilinadi, kerakli kaliy bixromat miqdori eruvchanlik jadvalidan foydalanib 
topiladi. Kaliy bixromatdan kerakli miqdorda tex-nik-ximiyaviy tarozida tortib olib, u 
hovonchada maydalanadi va ximiyaviy stakanga solib, ustiga 50 ml (o‘lchov silindirda 
o‘lchangan) suv quyiladi. Stakandagi eritma asbest to’r ustida gaz gorelka alangasida 


16 
qaynaguncha qizdiriladi, qizdirish vaqtida eritmani har doim shisha tayoqcha bilan aralashtirib 
turish lozim. 
Erimay qolgan moddalarni eritmadan ajratish uchun qaynoq eritma «issiq voronkaga» 
o‘rnatilgan burma filtr orqali boshqa stakanga filtrlab o‘tkaziladi. Eritmani uzluksiz ravishda 
aralashtirib turib, filtrat xona, temperaturasiga qadar sovitiladi, so‘ngra muz ichiga qo‘yib, 
eritma harorati 0° ga yetkaziladi Bunda eritmadan kristallar tusha boshlaydi. Tushgan kristall
Byuxner voronkasida filtrlab olinadi. Kristall ajralib chiqqan eritmada (qo‘r eritmada) qanday 
moddalar qolganligi tekshirib ko’riladi. Buning uchun ikki-uch millilitr qo‘r eritmaga 5—10 ml 
distillangan suv qo‘shib, ustiga bir ikki tomchi konsentrlangan xlorid kislota va bariy xlorid 
eritmasi tomiziladi, bunda BaSO
4
cho‘kmasi hosil bo‘ladi (agar kislota qo‘shilmasa, BaS0
4
emas, BaCr0
4
cho‘kadi). Ajratib olingan kaliy bixromat kristallari tarkibida ham kaliy sulfat 
bor yo‘qligi xuddi shu yo‘l bilan tekshirib ko‘riladi. 
Hosil qilingan kaliy bixromat kristallarini chinni kosachaga solib, quritish shkafida 
(100°C li) 30—40 minut quritiladi. So‘ngra sovitib texnik-ximiyaviy tarozida tortiladi, yana 
yarim soat quritish shkafiga qo‘yiladi va qaytadan tortiladi. Shunday qilib, modda massasi 
o‘zgarmay qolguncha quritish davom ettiriladi. Shundan keyin uning massasi quritish uchun 
olingan tuzning massasiga nisbatan necha foizni tashkil etishi aniqlanadi. Hosil qilingan toza 
bixromat kelgusi tajriba uchun saqlab qo‘yiladi. 
2-tajriba. Ammoniy xloridni tozalash. 50 ml suvga kerakligicha ammoniy xlorid solib
60°C da to‘yingan eritma tayyorlanadi (100 g suvda 60°C da 53,94 g NH
4
C1 eriydi yoki 
to‘yingan eritmada 35% NH
4
C1 bo‘ladi). Eritma deyarli qaynaguncha qizdirilgandan keyin 
issiq voronka orqali filtrlanadi; so‘ngra filtratni chinni kosachaga solib, eritmaning yarmi 
qolguncha suv hammomida bug‘lantiriladi (nima uchun shunday qilinadi?). 
Shundan keyin chinni kosacha ichiga muz solingan boshqa idishga botirib qo‘yiladi. 
Bunda eritmadan kristallar ajralib chiqa boshlaydi, ular eritmadan filtrlab ajratilgandan keyin 
og‘irligi o‘zgarmay qolguncha havoda quritiladi. Tajriba oxirida tozalangan ammoniy xlorid 
miqdori tozalash uchun olingan dast-labki tuzning necha foizini tashkil etishi hisoblab topiladi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling