Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Gazlarni tozalash
Sublimatlash
3-tajriba. Yodni sublimatlash orqali tozalash. Qattiq moddaning suyuq holatga o‘tmasdan birdaniga gaz holatiga o‘tish protsessi sublimatlanish deyiladi. Texnik-ximiyaviy tarozida 0,5 g kalsiy oksid, 0,1 g kaliy yodid va 1 g yod tortib olinadi (yodda qo‘shimcha holda JC1, JBr va hokazolar bo‘lishi mumkin). Tortib olingan moddalarni bitta ximiyaviy stakanga solib, stakan og‘zi tubi yumaloq sovuq suvli kolbacha bilan berkitiladi (27-rasm). Stakanni asbest to‘r ustiga qo‘yib, gaz gorelkasining kichik alangasida ehtiyotkorlik bilan qizdiriladi. Sovuq suvli kolba devorlarida sublimatlangan yod kristallari hosil bo‘ladi, ularni yig‘ib olib texnik- kimyoviy tarozida tortiladi va necha foiz yod sublimatlanganligi hisoblab topiladi. 27 – rasm. Yodni sublimatlash yo’li bilan tozalash. 28 – rasm. Suyuqliklarni haydash uchun shisha asbob. 17 4-tajriba. D i s t i l l a n g a n s u v t a y y o r l a sh. Yuqorida ko’rsatilgan rasmda tasvirlangan asbob yig‘iladi. Kolba 1 ga mis kuporosi eritmasi solib, uning ichiga bir necha uzun, ingichka shisha kapillyar (suyuqlik bir tekisda qaynashi uchun) tashlanadi. Sovitgich 2 vodopro- vod jo‘mragiga ulanadi (suv sovitgichning pastki qismidan kirib, yuqori qismidan chiqib ketishi kerak). Yig‘gich kolba 4 probkasiga allonj 3 va natrom ohakli yoki kalsiy xloridli naycha o‘rnatiladi. Kolba og‘zi termometr o‘rnatilgan probka bilan berkitiladi. Bu kolbaning tagidan gorelka bilan qizdi-rib, eritma qaynatiladi; 10—15 ml suv haydalib yig‘gichga o‘tgach, uning tozaligi, tarkibida mis sulfat bor-yo‘qligi tekshirib ko‘riladi. 3. Gazlarni tozalash 5-tajriba. Uglerod (IV)- oksid n i tozalash. Uglerod (IV )-oksid Kipp apparatida hosil qilinadi (22- rasm). Kipp apparat i uchta sharsimon rezervuardan iborat. Ustki idish uzun nayi sharsimon voronka bo‘lib, u o‘rtancha idish 2 ga shlif orqali o‘rnatiladi. Ustki idish og‘ziga ehtiyot voronka 3 qo‘yiladi. O‘rtancha idish tubus 4 ga ega; uning teshigi orqali o‘rtancha idishga qattiq modda joylash mumkin; 29 – rasm. Uglerod(IV) – oksidining molekulyar massasini aniqlash uchun asbob: 18 qattiq modda solib bo‘lingandan keyin tubusni gaz yuradigan jo‘mrakli naycha 6 o‘rnatilgan rezina probka bilan berkitiladi; bu jo‘mrak yordamida gazning ko‘p-kam chiqishini boshqarib turish mumkin. Pastki idish 3 da ham tubus 5 bo‘lib, uning og‘zi shliflangan shisha probka'bilan berkitiladi. Bu tubusdan ishdan chiqqan kislo-tani to‘kib tashlash uchun foydalaniladi. U chala idish bir-biri bilan birlashtiriladi, o‘rtancha idish uchinchi pastki idish bilan nay 7 orqali birlashadi. Uglerod (IV)-oksid olish uchun o‘rtancha idishga tubus 4 orqali kalsiy karbonat bo‘laklari tashlanadi. Uni naychali probka bilan berkitilganidan keyin ustki idishga suyultirilgan 20%li (1:4) xlorid kislota solinadi. Agar jo‘mrak 6 ochiq bo‘lsa, kislota eritmasi pastki idish 3 ga va o‘rtancha idish 2 ga o‘tadi. U yerda kalsiy karbonat bilan xlorid kislota orasida quyidagi reaksiya sodir bo‘ladi: CaCO 3 +2HCl = CaCl 2 +CO 2 +H 2 O Hosil bo‘ladigan CO 2 vodorod xlorid va suv bug‘lari bilan ifloslanadi. SO 2 ni suv bug‘i va HCl dan tozalash uchun u ikkita Tishchenko yoki Dreksel shisha idishlaridan o‘tkaziladi; bularning biriga natriy bikarbonatning to‘yingan eritmasi (yoki toza suv), ikkinchi-siga konsentrlangan sulfat kislota solingan bo‘ladi. Bu ikki idishdan o’tib tozalangan uglerod (IV)-oksid kolbaga yig‘iladi. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling