Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo


Filtrlash usuli bilan tozalash


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/48
Sana23.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1685867
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
Bog'liq
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari

 Filtrlash usuli bilan tozalash. 
Suyuqliklarni ulardagi mayda qattiq erimaydigan zarrachalardan tozalashda filtrlash
usulidan foydalaniladi. Filtr suyuqlikni о‘tkazib yuboradi uning ichidagi qattiq zarrachalarni esa 
tutib qoladi. Kimyoviy stakanga yoki kolbaga 0,5 l ifloslangan suv quying. Voronkaga mos 
keladigan burama filtr tayyorlang (filtr qog’ozining qirrasi voronka chetidan 5-6 mm pastda 
tursin). Voronkani shtativ xalqasiga о‘rnating. Voronka ostiga stakan qо‘ying va 30-rasmda
kо‘rsatilgan filtrlash texnikasi asosida filtrlang Filtrlash uchun ketgan vaqtni belgilang va ish 
daftariga qayd qiling. Xuddi shunday ishni bir xil hajmdagi bir xil modda eritmasi bilan oddiy 
filtrlash usuli bilan ham bajaring va har ikkala usul uchun ketgan vaqtlarni taqqoslang. Nima 
uchun 1 usulda kam vaqt sarf bо‘ladi?. 


19 
30-rasm а) Vakumda: 1) Bunzen kolbasi, 2) Byuxner voronkasi; 
Qayta kristallash. 
Qattiq moddalarni tozalashda qayta kristallash usulidan keng foydalaniladi. 
Kaliy bixromatni tozalash. 60 
0
C da 50 ml suv uchun kaliy bixromatning tо‘yingan eritmasini 
tayyorlash kerak bо‘lgan tuzning miqdorini hisoblang. Texno kimyoviy tarozida, havonchada 
maydalangan kaliy bixromat tuzidan hisoblangan miqdorini tortib oling.
Tuzning о‘lchangan 
miqdorini kimyoviy stakanga soling va unga о‘lchov silindirda о‘lchangan 50 ml distillangan 
suv quying. Stakani ichidagi moddani asbest tо‘ri о‘rnatilgan shtativga quying va gaz 
gorelkasida shisha tayoqcha bilan aralashtirib turib, deyarli qaynaguncha qizdiring. Nima uchun 
eritma qariyib qaynaguncha qizdiriladi va keyin filtrlanadi? (Xuddi shunday usul bilan kaliy 
nitrat, kaliy va natriy sulfatni, alyumo-kaliyli achchiqtoshlarni qо‘shimchalardan tozalash uchun, 
eritma burama filtrda issiq filtrlash voronkasi orqali boshqa stakanga filtrlanadi. Buning uchun 2-
3 ml kо‘p eritma 5-10 ml distillangan suvda suyultiriladi va 1-2 tomchi konsentrlangan xlorid 
kislotasi hamda bariy xlorid eritmasi tomiziladi. Shunday usul bilan ham ajratib olingan 
qattiq kaliy bixromatda kaliy sulfat aralashmasi bor yoki yо‘qligi aniqlanadi. Olingan natijalar 
solishtiriladi. Kaliy bixromat chinni kosachaga solinadi va 30-40 min. quritish shkafida 
(100°C) quritiladi. Sovutilgandan keyin texno-kimyoviy tarozida tortiladi. Dastlabki ulishga 
nisbatan olingan mahsulotni foizlarda ifodalanadi.

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling