13
17-rasm. Tubi yassi idishlar:
a-tubi yassi kolba; b-konussimon kolba
(Erlenmeyer kolbasi) d-Bunzen kolbasi; e-
stakan
17-rasm
18-rasm 19-rasm
Quruq moddalar saqlanadigan Voronkalar
idishlar: a-konussimon voronka;
a-po’kak tiqinli idish; b-tomizgich voronka;
b-plastmassa qopqoqli idish; d-ajratish voronkasi.
d-uchuvchan
moddalar saq-
lanadigan qalpoqli idish.
20-rasm
Chinni idishlar: 21-rasm
a-chinni tigel; b-chinni kosacha;
O’lchov idishlari:
d-chinni xovoncha dastasi bilan. a-o’lchov silindri; b-o’lchov kolbasi;
d- darajalangan stakan; e-menzurka;
f-pipetka; g-byuretka.
14
IDISHLARNI YUVISH
Tajribalar uchunishlatiladigan idishlar toza bо‘lishi kerak. Tajriba
bajarilishidan oldin
kimyoviy idishlar yaxshilab yuviladi. Bu idishlar oldin maxsus chо‘tkalar (yorish) yordamida
suv bilan yuviladi, sо‘ngra distillangan suv bilan bir necha marta chayiladi.
Idishlarni hech
qachon qum bilan yuvish yaramaydi, chunki qum bilan yuvilgan idishlar tirnaladi va ularning
mustahkamligi yо‘qoladi. Agar idish juda iflos bо‘lsa
va mexanik usulda tozalash
imkonibо‘lmasa kimyoviy usul qо‘llaniladi. Buning uchun xromli aralashmadan foydalaniladi.
Xromli aralashma shishani yaxshi hо‘llashini ta’minlaydi. (Xromli aralashma katta chinni
havonchada tayyorlanadi, 10 g atrofida kaliy bixromat mayda kukun holigacha eziladi 3-5 ml
suvbilan hо‘llaniladi va unga aralashtirib turib 100 ml konsentrlangan (96%li)
sulfat kislotasi
quyiladi. Tindirilgan eritma qalin shliflangan shisha idishda saqlanadi. Idish xromli aralashma
bilan yuvilgandan keyin, aralashma yana о‘z idishiga quyiladi (vodoprovod rakovinasiga quyish
mumkin emas) va vodoprovod suvida yaxshilab yuviladi, sо‘ngra
distillangan suv bilan
chayiladi. Ayrim hollarda idishlarni yuvish uchun ishqorning spirtdagi eritmasi ishlatiladi
(Ishqorning spirtdagi eritmalarni - 5-10 g о‘yuvchi natriyni 100 ml etil spirtida eritib
tayyorlanadi). Yuvilgan kimyoviy idishlarning ichki tomoni
hech qachon sochiq bilan
artilmaydi, agar quritish kerak bо‘lsa, quritish shkafida quritiladi. О‘lchov idishlarni hech
qachon qizdirish yо‘li bilan quritish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: