Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo


 –rasm. О‘lchov kolbalari


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/48
Sana23.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1685867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari

10 –rasm. О‘lchov kolbalari. 
 
Pipetkalar. Suyuqliklarning hajmini juda aniq qilib о‘lchab olish uchun pipetkalar 
ishlatiladi. Ular shishadan yasalgan silindr shaklida bо‘lib, yuqori va pastki qismi chizilgan 
bо‘ladi (11-rasm). Pipetkaning keng joyidan yuqorirog’ida belgisi bо‘ladi, suyuqliklar shu 
belgisigacha olinadi. Kо‘pchilik hollarda 5,10 va 20 ml li pipetkalardan foydalaniladi. Yuqorida 
tasvirlangandan tashqari, har xil hajmdagi suyuqliklarni о‘lchashda nay kо‘rinishdagi 
darajalangan о‘lchov pipetkalari ham ishlatiladi (11-rasm). 
Byuretkalar. Byuretkalar (12-rasm) har xil hajmli suyuqliklarni quyib olish uchun 
mо‘ljallangan. Ular uzun silindr nay shaklida bо‘lib, sirtqi tomoni darajalarga bо‘lingan. Odatda 
25-50 ml li va millilitrning о‘ndan bir qismigacha darajalangan byuretkalardan foydalaniladi. 
Byuretkaning pastki qismida suyuqliklarni quyib olish uchun kran yoki maxsus moslama 
о‘rnatilgan bо‘ladi. Byuretkalar asosan titrlashda ishlatiladi. 


11 
11-rasm. Pipetkalar. 
 
12-rasm. Byuretkalar 
О‘lchov silindrlari va menzurkalar. 
О‘lchov silindirlari va menzurkalari (13-rasm, a,b.) qalin shishadan yasalgan idishlar bо‘lib, 
uncha aniqlikda bо‘lmagan suyuqliklarni о‘lchash uchun ishlatiladi. О‘lchov silindrlari va 
menzurkalar har xil hajmda - 5, 10, 25, 50, 250, 500, 1000 ml va 2 l gacha bо‘ladi. 
13 a.b –rasm. 
Silindirlar. Menzurkalar  
Laboratoriyada gaz modda olish uchun Kipp apparatidan foydalaniladi (14-rasm.). Kipp 
apparati о‘rtasi tor sharsimon idish 1 va sharsimon voronka 2 dan iborat. Sharsimon idish 1 ga 
gaz hosil qiluvchi modda solinadi. Voronka 2 ga suyuqlik (kislota eritmasi) quyiladi, u idish 1 
ning pastki qismiga о‘tadi, sо‘ngra uning о‘rta qismiga kо‘tariladi. 


12 
14-rasm 
Qattiq modda bilan suyuqlik bir-biriga tegishi natijasida reaksiya boshlanadi. Reaksiyada 
ajralib chiqayotgan gaz apparatning jo’mrak 3 li gaz chiqarish nay orqali yig‘gichga о‘tadi. 
Jumrak berk turganda, ajralib chiqayotgan gazning bosimi suyuqlikni voronkaga siqib chiqaradi 
va reaksiya tо‘xtaydi. Ishlatilib bо‘lgan suyuqlik idish 1 ning pastki qismidagi tubus 4 dan 
chiqarib yuboriladi. 
Gazlarni saqlash uchun gazometrlar (15-rasm) ishlatiladi. Gazometr gaz saqlanadigan 
katta idish 1 va voronka 2 dan iborat. Gazometrga gaz tо‘ldirishdan oldin, 3 5 chi jo’mraklar 
ochiladi va voronka 2 orqali suv bilan tо‘ldiriladi. Sо‘ngi 2 ga jo’mrakni berkitib, tubus 4 dan 
probka olinadi va tubus gaz olinadigan asbobdaga gaz chiqaruvchi nay uchi tubusga kiritib 
qо‘yiladi. Suv tubus 4 dan biror idishga quyib olinadi. Gazometr gaz bilan tо‘lgandan 
keyin, tubus, teshigi 4 probka bilan berkitiladi va voronka 2 ga suv quyiladi. Gazometrda kerakli 
gaz olish uchun jumrak 5-batamom, jumrak 3 esa sal ochiladi. Suv voronkadan gazometr tufayli 
undagi gazni 5 jumrak orqali yig‘gichga siqib chiqaradi. Kerakli hajmdagi gaz olingandan keyin 
3 va 5 jumraklar berkitiladi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling