Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/48
Sana23.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1685867
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
Bog'liq
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari

4-LABORATORIYA ISHI 
Metallarning ekvivalentini siqib chiqarish usuli bilan aniqlash. Molekulyar og‘irlikni 
aniqlash. 
Byuretkani rezina nay bilan ularni voronka orqali suvga tо‘ldiring. Byuretka va probirka 
shisha naylar о‘tkazilgan probirkalar bilan yaxshilab berkitiladi. Tajriba boshlashdan oldin 
asbobning germetikligini tekshirib kо‘ring. Buning uchun voronka 10-15 gm kо‘tarilib, 
mahkamlab qо‘yiladi, keyin 3-5 minut davomida byuretkadagi suv sathining holati kuzatiladi. 
Shu vaqt ichida suv sathi о‘zgarmasa, asbob yaxshi yig’ilgan bо‘ladi, ishni boshlash mumkin. 
Tarozida taxminan 0.03 g ga yaqin magniy bо‘lagidan yoki kukunidan tortib oling. Probirkadagi 
probkani chiqarib oling, voronkani yuqoriga yoki pastga surib byuretkadagi suv sathini 
nolda yoki undan pastroqda tо‘xtating. Suyultirilgan sulfat kislotadan 5-6 ml о‘lchab oling va uni 
kichkina voronka orqali probirkaga quying (nima uchun?). Probirkaning devoriga kislota 
tegmaydigan qilib magniy lentasini yopishtining. Probirkani probka bilan mahkam berkiting, 
bunda magniy lentasi kislotaga tegmasin. Sо‘ngra voronkani yuqoriga va pastga surib 


20 
byuretkadagi va voronkadagi suv sathilarini tenglashtiring (nima uchun?). Byuretkadagi suv 
sathini pastki mensk bо‘yicha 0.1 ml aniqlik bilan hisoblang va yozib qо‘ying. Probirkani 
silkitib metallni kislotaga tushiring.( nima sodir bо‘ladi?) Metallning hammasi erib bо‘lgach, 
probirkani uy tamperaturasigacha sovitib, byuryetkalardagi suvning sathini yozib qо‘ying. 
Tajriba vaqtidagi uy temperaturasini (I) va barometidagi (I) ni yozib qо‘ying.
Kuzatilgan hodisalarni yozish tartibi. 
1. Magniyning og’irligi - B,g 
2. Temperatura - I, °C 
3. Bosim - I,"mm. gim. ust. 
4. Byuretkadagi suvning reaksiyagacha bо‘lgan sathi - a, 
5. Byuretkadagi suvning reaksiyadan keyingi sathi – a.
Tajriba natijalarini ishlab chiqish. 
1. t-temperaturada va R-bosimda magniy siqib chiqargan vodorodning hajmini hisoblash: 
V-=a

– a
1
2. Topilgan hajmni quyidagi formula bо‘yicha normal sharoitga keltirish: 
V

= V (P - h) 273 
760 T 
bu yerda , T = t + 273 - absolyut temperatura:
h - shu temperaturadagi suv bug’ining bosimi (ilovadagi 2-jadvalga qarang). 
3. Normal sharoitda bir mol vodorod 22,4 l kelishini bilgan holda, siqib chiqarilgan 
vodorodning massasi f) ni hisoblab topiladi. 
4. E = V/D formula bо‘yicha magniyning ekvivalenti hisoblanadi, bu yerda V - tajriba uchun 
olingan magniyning massasi. D - ajralib chiqqan hajmdagi vodorodning massasi. 
5. Magniyning topilgan ekvivalentini uning nazariy ekvivalenti bilan solishtirib, necha foiz 
xato qilinganligini quyidagi-formula bо‘yicha topiladi: 
100 %
% xato
E naz
E
E naz
Elementlar bir-biri bilan о‘zlarining ekvivalentiga proporsional miqdorlarda birikadi. Shu 
qoidadan foydalanib, metall ekvivalentini bevosita aniqlash mumkin. Masalan magniy metali 
ekvivalentini bevosita aniqlash uchun ma’lum miqdor metall olib, uni oksidga aylantiriladi. 
Sо‘ngra hosil bо‘lgan oksiddagi metall bilan kislorod miqdorini aniqlab metallning ekvivalenti 
hisoblab topiladi.

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling