Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/48
Sana23.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1685867
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Bog'liq
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari

hodisasi deyiladi. Erituvchi molekulalari, yuqori kontsentratsiyali eritmaga o’tishida unga 
qandaydir bosim bilan ta‘sir qiladi. Ana shu bosim osmotik bosim deyiladi. Issiq havo ta‘sirida 
so’liy boshlagan o’simlik bargiga suv purkalganda uning qaytadan «tirilishi» ham osmos 
hodisasiga asoslangan. Bunda o’simlikning barg hujayrasi sirtidagi qobiq parda hujayradagi 
moddalarni tashqariga chiqarmaydi, lekin tashqaridan suv molekulalarini hujayra ichiga 
o’tkazadi, natijada hujayra shishib, yana o’zining avvalgi holiga keladi. O’simliklardagi osmos 
hodisasini dastlab nemis olimi V.Pfeffer kashf etgan va o’rgangan. U o’zi yasagan osmometr 


31 
yordamida osmotik bosimning haroratga va eritmaning kontsentratsiyasiga bog’liqligini 
aniqlagan. 
Tajribalarning kœrsatishicha, juda suyultirilgan eritmalarda osmotik bosim π erigan 
moddaning konsentratsiyasiga (C) va mutlaq haroratga (T) to’g’ri proporsional bo’ladi. 
π = СRT (1) 
bunda, R – universal gaz doimiysi. 
 TAJRIBALAR 
1-tajriba. Osmotik bosimni o’lchash. 
Osmotik bosimni o’lchash uchun yuqorida keltirilgan asbobdan ham oddiyroq osmometr 
tayyorlash mumkin ( 6.1-rasmga qarang). 
Voronka shaklidagi idish 1 ni pastki qismini hayvon qovug’i yoki kollodiy pardasi bilan 
yopib, uni ranglangan (masalan, qizil kongo yoki lakmus bilan) 20% li shakar eritmasi bilan 
to’ldiriladi, Idish yuqoridan tiqin 2 bilan shunday bekitiladiki, bunda butun idish hajmi eritma 
bilan to’lgan bo’lsin. Tiqinga ikki marta egilgan (uzunligi taxminan 1,5 m gacha) shisha nay 3 
o’rnatiladi. 
Voronka shaklidagi idish suvli katta idish 4 ga tushiriladi va nay orqali eritmaning 
ko’tarilishi kuzatiladi. 
Bir necha vaqtdan so’ng naydan eritmaning ko’tarilishi to’xtaydi. Bu lahzada osmotik bosim 
muvozanati eritma ustunining gidrostatik bosimiga teng bo’ladi va u quyidagi formula bo’yicha 
hisoblanadi. 
6.1 – rasm. Osmometr sxemasi. 


32 
Р
осм
= hd (2) 
bu yerda h – naydagi suyuqlikning ko’tarilish balandligi. 
d - eritmaning zichligi (u areometr yordamida aniqlanadi). 
Osmotik bosim qiymatini aniqlangandan so’ng, idish 1 dagi eritmani to’kib, shu osmometrga 
10% li shakar eritmasi quyiladi va yana osmotik bosim o’sha usul bilan hisoblanadi. Olingan 
tajriba ma‘lumotlarini Vant-Goff formulasi yuzasidan chiqarilgan nazariy ma‘lumotlar bilan 
solishtiriladi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling