41
10-LABORATORIYA ISHI
Kimyoviy reaksiya tezligi. Reaksiya tezligining konsentratsiyaga, temperaturaga, katalizatorga
bog‘liqligi. Avtokataliz.
Ishdan maqsad: Kimyoviy reaksiya tezligiga reaksiyaga
kirishuvchi moddalar
konsentrasiyasini ta’sirini o’rganish.
Kerakli reaktiv va asboblar:
Sulfat kislota eritmasi, natriy tiosulfat,distillangan suv; 3ta
probirka,o’lchov
silindri,analitik tarozi,3ta stakan,aralashtirgich tayoqchasi va sekundomer.
Ishning mazmuni: Kimyoviy reaktsiyalar tezligi kimyoviy kinetika bo’limida o’rganiladi.
Reaktsiyaga kirishaytgan moddalarning kontsentratsiyasi qancha yuqori bo’lsa,
molekulalarning o’zaro to’qnashish soni ham shuncha ko’p bo’ladi. to’qnashganda har qanday
molekulalar ham o’zaro ta‘sir etavermay, balki «aktiv» energiyaga ega bo’lgan molekulalargina
o’zaro ta‘sir etadi.
Massalar ta‘siri qonuni quyidagicha ta‘riflanadi: Kimyoviy reaktsiya tezligi
reaktsiyaga
kirishayotgan moddalarning kontsentratsiyalari ko’paytmasiga to’g’ri proportsionaldir.
Agar reaktsiyada qattiq moddalar ishtirok etsa, reaktsiya tezligini
hisoblashda faqat gaz
holatidagi va erigan moddalarnigina kontsentratsiyasi olinadi. Qattiq moddalar reaktsiyaga faqat
yuzasi bilan ishtirok etadi, shu sababli qattiq moddaning maydalanish
darajasi ham kimyoviy
reaktsiya tezligiga ta‘sir etadi: qattiq modda qancha mayda bo’lsa, kimyoviy reaktsiya tezligi
shuncha yuqori bo’ladi.
Sulfat kislota bilan natriy tiosulfat o’zaro reaktsiyaga kirishi natijasida oltingugurt ajralib
chiqib, loyqa hosil qiladi:
Na
2
S
2
O
3
+ H
2
SO
4
= Na
2
SO
4
+ H
2
O + SO
2
↑ + S↓
Reaksiya boshlangandan loyqa hosil bo’lguncha o’tgan vaqt
shu reaktsiyaning tezligi
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: