Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo
Download 2,3 Mb. Pdf ko'rish
|
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
- Kerakli reaktiv va asboblar
Ishning borishi: Bitta probirkaga natriy tiosulfat eritmasidan 5 ml, ikkinchi probirkaga esa
sulfat kislota eritmasidan 5 ml quying. Probirkalarni suvli stakanga solib qo’ying. Har 5-7 minutda suv temperaturasini o’lchab borib, ikkala probirkadagi eritmani aralashtiring va loyqa hosil bo’lguncha o’tgan vaqtni (sekund hisobida) aniqlang. Boshqa ikkita probirka olib, ularning biriga natriy tiosulfat eritmasidan 5 ml, ikkinchisiga esa sulfat kislota eritmasidan 5 ml quying. Probirkalarni suvli stakanga tushiring. Suvning temperaturasini avvalgi tajribadagi temperaturadan 100 oshiring. Probirkalardagi eritmalarni aralashtiring. Loyqa hosil bo’lguncha o’tgan vaqtni hisoblang. Ishni quyidagi tartibda yozing. 43 Tajriba nomeri Tajriba o’tkazilgan harorat Loyqa hosil bo’lish vaqti Reaktsiyaning nisbiy tezligi 1 2 3 Abtsissalar o’qiga temperaturani va ordinatalar o’qiga reaktsiyaning nisbiy tezligini qo’yib, kuzatish natijalarini egri chiziq bilan ifodalang. Xulosa: Har bir talaba o’zi bajargan va kuzatgan laboratoriya ishi natijalarini, kimyoviy reaksiya tenglamalarini to’liq yozib,grafik tasvirini ifodalaydi va xulosa chiqaradi. 10.3. Reaktsiya tezligiga katalizatorning ta‘siri. Ishdan maqsad: Kimyoviy reaksiya tezligiga katalizatorlarni ta’sirini o’rganish. Kerakli reaktiv va asboblar: Vodorod peroksid eritmasi,MnO 2 ,cho’g’lanib turgan cho’p,distillangan suv; 2ta probirka,o’lchov silindri,analitik tarozi,aralashtirgich tayoqchasi va sekundomer. Ishning mazmuni:Kimyoviy reaktsiya tezligining o’zgarishida kataliz hodisasi ham katta rol o’ynaydi. Turli kimyoviy reaktsiyalar tezligining o’zgartiradigan moddalar ma‘lum. Bunday moddalar katalizatorlar deb ataladi. Reaktsiya tezligining oshiruvchi moddalar musbat, reaktsiya tezligini kamaytiruvchi moddalar esa manfiy katalizatorlar deb ataladi. Biz uchun zararli reaktsiyalar tezligini sekinlashtiruvchi moddalar hozirgi vaqtda keng tarqalgan. Masalan, metallar korroziyasini, oziq – ovqat moylavrining achishni, kauchuk va boshqa polimerlarning olksidlanishini kamaytiradigan moddalar ko’p ishlatiladi. ular reaktsiya davomida o’zgarmaydi. Bunday moddalar ingibatorlar deb ataladi. Ingibatorlarga quyidagilar misol bo’la oladi: 1) tetraetilen qo’rg’oshin Pb(C 2 H 5 ) 4 – ichki yonuv dvegatellarida yoqilg’ini detonatsiyadan saqlaydi. 2) alfanaftol – kreking benzini oksidlanishdan va smola hosil qilishidan saqlaydi. Download 2,3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling