Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/48
Sana23.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1685867
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Bog'liq
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari

 
 
 
 
 


49 
14-LABORATORIYA ISHI 
Galogenlar. Galogenlarning vodorodli birikmalari. Galogenlarning kislorodli 
birikmalari. Xlorning olinishi va unda metallarning yonishi. Xlorning metallmaslar bilan 
reaksiyasi. 
Ishning maqsadi:Galogenlarning vodorod bilan hosil qilgan birikmalarini xossalari va 
reaksiyaga kirishish qobiliyatini o’rganish.
Kerakli reaktiv va asboblar:Kaliy permanganat,konsentirlangan xlorid kislota ,Vyurs 
kolbasi,MnO
2
,kaliy dixromat,kimyoviy stakanlar,probirkalar va probirkalar shtativi,shisha 
tayoqcha,indikator 
qog’ozi,lakmus.
Ishning mazmuni: Xlor- sang‘ish-yashil rangli zaharli gaz, oz miqdorda xlor bilan nafas 
olinganda yo‘tal bo‘ladi. Ko‘p miqdordagisi nafas yo‘llarini kuchli darajada yallig‘lantiradi va 
yomon oqibatlarga olib keladi. Xlor bilan hamma tajribalar mo‘rili shkafda o‘qituvchi ishtirokida 
bajariladi. Xlor bilan zaharlanganda quyidagi yordam ko‘rsatiladi: tezlik bilan toza havoga-olib 
chiqariladi, kuchsiz ammiakning eritmasi yoki etil spirt hidlatiladi va ko‘krak hamda tamoqqa 
sovuq kompress qo‘yiladi. Agar zaharlanish jiddiy bo‘lsa tez yordam chaqiriladi.
Ishning borishi:  Bitta pibirkaga toza vodorod, ikkinchi probirkaga ega xlor to‘ldiring. Vodorod 
to‘ldirilgan probirkaning og‘zini pastga qilib, xlor to‘ldirilgan probirka og‘ziga tuting va 
probirkalarni bir necha marta to‘nkanish bilan gazlarni aralashtiring. Keyin har ikkala probirka 
og‘zini alangaga tuting. Nimani kuzatdingiz? Har ikkala probirkaga ozgina suv quyib chayqang 
va hosil bo‘lgan eritmani lakmus bilan sinab ko‘ring. Reaksiya tenglamasini yozing. Eritma 
muhiti qanday? 
Turli oksidlovchilarga xlorid kislota ta’sir ettirib xlor olish. 
a) Uchta probirka olib, ularga quyidagi oksidlovchilarning 2-3 ta kristallaridan soling: 
birinchisiga kaliy permargarat, ikkinchisiga MnO
2
uchinchisiga K
2
Cr
2
O
7
va ularning 
har biriga 1 ml dan konsentrlangan (r= 1,19 g/gm3) xlorid kislota quying. Probirkalardan xlor 
ajralib chiqishini uning hididan va rangidan bilib oling. Agar reaksiya yetarlicha tez bormasa
probirkalarni ozgina qizdiring. 
Eslatma: Har bir tajribadan so‘ng xlor ajralib chiqayotgan probirkaga bir necha tomchi natriy 
tiosulfat eritmasidan tomizing va darhol probirkani yuvib tozalang. 
Reaksiya tenglamalarini yozing. 
1) Marganes va qo‘rg‘oshinning (II) valentli holatga, xromning (III) valentlikka o‘tishini 
hisobga olib, xlor olish reaksiyalarini: 
2) Suvni hisobga olib va reaksiya mahsulotlari sifatida oltingugurt, xlorid kislota, natriy 
sulfat hosil bo‘lishini nazarda tutib, xlorning tiosulfat bilan o‘zaro ta’sirini va bu reaksiyalarda 
oksidlovchi va qaytaruvchilarni ko‘rsating: Elektronlarning o‘tish sxemasini tuzing. 
b) 4-rasmga qarab xlor olish asbobini yig‘ing. Vyurs kolbasiga (1) marganets (IV) oksididan 
5g solib, uning ustiga tomizgich voronkadan (2) konsertilangan xlorid kislotadan ( r=1,19 
g/gm3) tomizing. Ajralib chiqayotgan xlorning hajmi 50-100 ml li silndrga (bankachalardan ham 
foydalanish mumkin) (3) yig‘ing va ular gazga tulgandan keyin shisha plastrnka bilan berkitib, 
keyingi tajribalar uchun saqlab qo‘ying. Hamma idishlar xlor bilan to‘ldirilgandan keyin asbobri 
mo‘rilishkafda qismlarga ajrating va yuvib qo‘ying. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling