Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo


-Tajriba: Metallarning aktivligini tekshirish


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/48
Sana23.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1685867
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
Bog'liq
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari

1-Tajriba: Metallarning aktivligini tekshirish. 
Misni birikmasi tarkibidan tеmir yordamida siqib chiqarish.  
Prоbirkaga 3-4 ml mis sulfat eritmasidan quying. Unga yuzasi zangdan tоzalangan tеmir 
plastinkasi tushiring. Tеmir plastinkani yuqоri qismi suyuqlikka bоtmasin. 2-3 minutdan so’ng 
plastinkani eritmadan оling. Suv bilan yuving va plastinkani ustida erkin hоlda mis ajralib 
chiqqanligini kuzating. Rеaksiyaning umumiy va elеktrоn tеnglamasini tuzing. Оksidlоvchini va 
qaytaruvchini ko’rsating.
Ishning bajarilishi  
Тajriba № 2. Kaliy yodid eritmasining elektrolizi.  
Elektrolizyor xajmining 3/4 qismiga kaliy yodid eritmasidan solib, eritmaning ichiga grafit 
elektrodlarini tushuring va ularni o‘zgarmas tok manbai bilan ulang. Katodda vodorod 
pufakchalarini, anodda yod ajralib chiqishini kuzating. So‘ngra tok berishni to‘xtatib, katodga, 
ya‘ni vodorod ajralib chiqayotgan tomonga 1-2 tomchi fenolftalein, anodga, ya‘ni yod ajralib 
chiqayotgan tomonga tayyorlangan kraxmal eritmasidan 1-2 tomchi tomizing. Nima kuzatiladi? 
Katod va anod atrofida eritmaning rangini o‘zgarish sababini tushuntiring. Reaksiya 
tenglamasini yozing. Katod va anodda qanday jarayon borishini tushuntiring.
Тajriba № 3. Natriy sulqfat eritmasining elektrolizi. 
Bitta kichik 50 ml li stakanda natriy sulqfat eritmasi bilan neytral lakmus eritmasini aralashtirib, 
elektrolizyorga soling. Eritmaga elektrodlarni tushirib, o‘zgarmas tok manbaiga ulang. Katod va 
anodda ajralib chiqayotgan moddalarni kuzating. Eritma rangining o‘zgarish sababini 
tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing.


47 
Тajriba № 4. Kalay (II)-xlorid eritmasining elektrolizi.  
Elektrolizyorning 3/4 qismiga kalay ikki xlorid eritmasidan soling. Eritmaga grafit elektrodlarni 
tushirib o‘zgarmas tok manbaiga ulang. Katodda yaltiroq kalay metalini yitsilishini kuzating. 
Katodda qalay oksidlanadimi yoki qaytariladimi? Anodda qanday jarayon boradi? Reaksiya 
tenglamasini yozing.

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling